"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.09K subscribers
6.33K photos
1.25K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tayinlangan rahbarlar oldiga sohada yangicha ish uslubini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida sayyor qabul o‘tkazildi

“Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b. R.T. Joltoyev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Sergelitumangaz” GTB hamkorligida tumanning “Xontepa” MFYda aholining tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda iste’molchilar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglanib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida jami 7 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ul xodimlarga yo‘naltirildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident topshiriqlari ijrosida energetika tizimi oldidagi ustuvor vazifalar

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida energetika sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlar belgilab berildi.

Endilikda ish “tumanbay” va “mahallabay” tamoyili asosida tashkil etiladi. Har bir hududning elektr va tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji, mavjud infratuzilmaning holati hamda istiqboldagi yuklamalar to‘liq tahlil qilinib, aniq energiya balansi shakllantiriladi.

Shu asosda qaysi mahallada elektr tarmog‘ini, transformatorlarni yoki gaz taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish zarurligi aniq belgilanadi. Avariyalar sonini kamaytirish, energiya yo‘qotishlarini qisqartirish, hisoblagichlarni yagona raqamli tizimga to‘liq ulash va debitor qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqiladi.

Yana bir muhim yo‘nalish — boshqaruvga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etishdir. Bu ishlab chiqarishdan tortib iste’molchigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tahlil qilish, yo‘qotishlar va muammolarni erta aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish imkonini beradi.

Eng muhimi, endilikda tarmoq rahbarlari va mas’ul xodimlar faoliyati aniq natija ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Bunda avariyalar va uzilishlar soni, energiya yo‘qotishlari, zaxira quvvatlari, ta’mirlash dasturlarining bajarilishi hamda ijro intizomi asosiy mezon sifatida belgilangan.

Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi — energetika tizimida boshqaruv sifatini yangi bosqichga olib chiqish, har bir hududda muammolarni manzilli hal etish va aholi hamda tadbirkorlarni ishonchli elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlashdir.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Energetika: boshqaruv va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari D.Maksudov “Studiya 24” tok-shousida ishtirok etdi. Dasturda Prezidentimiz raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi, gaz va elektr ta’minoti tizimini barqarorlashtirish, yo‘qotishlarni kamaytirish, tarmoqni raqamlashtirish hamda sohada boshqaruv va mas’uliyatni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 2026-yil 29-iyul kuni Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY, Sh. Rustavelli ko’chasi hududidagi iste’molchilar uchun tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan iste’molchilar:
• Aholi iste’molchilari — 290 ta xonadon;
• Ulgurji iste’molchilar — 9 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli isteʼmolchilar!

Toshkent shahar Yunusobod tumani 10-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli 29-iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Yunusobod tumanining quyidagi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari:
Yunusobod 6–19-dahalaridagi koʻp qavatli uylar;
“Kulolqoʻrgʻon”, “Yoʻlariq”, “Hasanboy”, “Islomobod”, “Bobodehqon”, “Obod” MFYlaridagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar;
Baraka, Katta soy va Yuqori Qoraqamish koʻchasidagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar.

Ulgurji isteʼmolchilar:
Mazkur hududlardagi yirik isteʼmolchilar hamda kichik va oʻrta biznes korxonalari

Shuningdek, tumanning quyidagi hududlaridagi isteʼmolchilar gaz bosimida pasayish kuzatilishi mumkin:
“Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulugʻbek”, “Buyuk Turon”, “Boʻzsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Turkqoʻrgʻon”, “Yangiariq”, “Usta Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFYlari.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari:

📌 O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi;

📌 Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida;

📌Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab;

📌 Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi;

📌 Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda;

📌 Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda;

📌 Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur;

📌 Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust;

📌 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda;

📌 Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi;

📌 Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi;

📌 Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi;

📌 Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

Soha oldidagi asosiy vazifa — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, shuningdek, tabiiy gazni aholi va tadbirkorlarga bir me’yorda yekazib berish.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi qozonxonani kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по модернизации котельной города Нукуса на основе когенерационных технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #Nukus #kogeneratsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ustuvor vazifalar belgilab olindi

Prezidentimiz raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqqa muvofiq, “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayevga Fargʻona viloyati biriktirildi. Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Boshqaruv raisi rahbarligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Fargʻona viloyatida tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti holati, gaz tarmoqlaridagi tafovutlar va yoʻqotishlarni qisqartirish, muammoli gaz hisoblagichlari, debitor qarzdorlikni undirish, suyultirilgan gazni xavfsiz va oʻz vaqtida yetkazib berish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda gaz taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan hududiy filiallar hamda shahar va tuman gaz taʼminoti boʻlimlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz