"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.38K photos
1.25K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:

Axadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Исокжонов Ахадхон Икромжонович назначен на должность начальника Инспекции по контролю за использованием электрической энергии, нефтепродуктов и газа при Кабинете Министров Республики Узбекистан;

Исакулов Дадажон Айнакулович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности начальника Инспекции по контролю за использованием электрической энергии, нефтепродуктов и газа при Кабинете Министров Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Sh.Xodjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;

Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.

Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:

Ходжаев Шерзод Хикматуллаевич назначен на должность министра энергетики Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по развитию и регулированию рынка энергетики Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура Ш.Ходжаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса;

Мирзамахмудов Журабек Турсунпулатович освобожден от должности министра энергетики Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 28-iyul kuni Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yakkasaroy tumani “To’qimachi” MFY, Safdosh va Sh. Rustaveli ko‘chalarida joylashgan iste’molchilar uchun tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan iste’molchilar:

Aholi iste’molchilari600 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar8 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 2026-yil 28-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani “Oliy Himmat” MFY hududidagi iste’molchilar uchun tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan iste’molchilar:
• Aholi iste’molchilari — 109 ta xonadon;
• Ulgurji iste’molchilar — 3 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное приоритетным задачам топливно-энергетической отрасли.

#Mirziyoyev #videoselektor #energetika #tahlil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Gaz xavfi: Orzuingiz sarobga aylanishiga yo‘l qo‘ymang!
Forwarded from MINENERGY.UZ
Yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlarining yangi rahbarlari jamoaga tanishtirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov ishtirokida yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlariga tayinlangan yangi rahbarlarni jamoaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isaqulov hamda “O‘zenergoinspeksiya” rahbari lavozimiga tayinlangan Axad Isoqjonov jamoaga tanishtirildi. Unda yoqilg‘i-energetika tizimidagi barcha tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bugun davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan bajarish, sohada ijro intizomini yanada mustahkamlash, yuklatilgan vazifalar ijrosiga befarqlik yoki xiyonatga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi. Bu borada har bir rahbar va mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligi yuqori ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p ekani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarni yutuq sifatida emas, balki har bir rahbar va mas’ul xodimning o‘z xizmat vazifasini vijdonan va sidqidildan bajarishining tabiiy natijasi sifatida baholash zarurligi qayd etildi. Barcha kuch va sa’y-harakatlar belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilishi lozimligi alohida uqtirildi.

Yig‘ilish yakunida yoqilg‘i-energetika tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va jamoalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni birgalikda, fidoyilik, yuksak mas’uliyat va qat’iy intizom asosida amalga oshirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tayinlangan rahbarlar oldiga sohada yangicha ish uslubini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida sayyor qabul o‘tkazildi

“Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b. R.T. Joltoyev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Sergelitumangaz” GTB hamkorligida tumanning “Xontepa” MFYda aholining tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda iste’molchilar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglanib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida jami 7 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ul xodimlarga yo‘naltirildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati