"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
2.1K subscribers
6.38K photos
1.25K videos
3 files
2.6K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
“Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida sayyor qabul o‘tkazildi

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamkorligida aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i B.B. Nigmatov boshchiligida o‘tkazildi. Unda fuqarolarning tabiiy gaz ta’minoti, gaz tarmoqlarini ta’mirlash, gaz hisoblagichlari, ulanish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaliy yechim talab etgan murojaatlar bo‘yicha mutaxassislar manzilga chiqib, mavjud muammolarni joyida bartaraf etdilar. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga olinib, ularni belgilangan muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish, tizimdagi muammolarni tezkor bartaraf etish hamda iste’molchilar bilan ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 27-iyul kuni Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani "Beltepa", "Yangi Beltepa", "Ibn Sino", "Shodlik", "Ming Terak", "O'zbekiston", “Katta Jarariq”, “Yangi Jarariq”, “Eski Jarariq”, "Ipakchi" va "Zafarobod" MFYlari.
soat 10:00 dan 18-00 gacha.

Uchtepa tumani “Foziltepa” MFY.
soat 11:00 dan 17:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
📚 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat” tashkil etildi.

Mazkur siyosiy-ma’rifiy soat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dolzarb masalalar hamda haftaning eng muhim voqea-hodisalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda kasbiy mas’uliyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan mavzular yoritildi.

“Siyosiy-ma’rifiy soat” xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, siyosiy faolligini oshirish va jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Газни энди сунъий интеллект бошқаради: Тошкентда SMART GTP тизими жорий этилмоқда

Қишда газ истеъмоли кескин ошганда ёки ёзда талаб камайганда газ босимини барқарор ушлаб туриш газ таъминоти тизимининг энг муҳим вазифаларидан бири ҳисобланади. Тошкент шаҳрида бу жараённи автоматлаштириш мақсадида сунъий интеллект асосида ишловчи SMART GTP тизимлари босқичма-босқич жорий этилмоқда. Янги технология газ босимини реал вақт режимида назорат қилиш, муаммоларни олдиндан аниқлаш ва тизимни масофадан бошқариш имконини беради.

👉 https://kun.uz/kr/47016678

Kun.uz расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛽️ Yunusobodda zamonaviy gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda

⛽️Yunusobod tumanida eskirgan gaz taqsimlash punkti o‘rniga Italiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskuna o‘rnatilmoqda.

⛽️ Yangi gaz taqsimlash punkti soatiga 122 ming kub metr tabiiy gaz uzatish quvvatiga ega. U -20°C dan +60°C gacha bo‘lgan haroratda barqaror ishlaydi, gaz ta’minoti jarayonlari onlayn monitoring qilinadi va masofadan boshqariladi.

⛽️ Bu esa kuz-qish mavsumida iste’molchilarni uzluksiz, xavfsiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyatini yanada oshiradi.

➡️Jarayonlar videoda



⛽️ В Юнусабадском районе устанавливается современный газораспределительный пункт

⛽️В Юнусабадском районе вместо устаревшего газораспределительного пункта устанавливается современное оборудование, произведённое на основе итальянских технологий.

⛽️Пропускная способность нового объекта составляет до 122 тысяч кубометров природного газа в час. Оборудование рассчитано на стабильную работу при температуре от −20 до +60 °C. Все процессы газоснабжения будут отслеживаться в режиме онлайн с возможностью дистанционного управления.

⛽️Реализация проекта позволит повысить надёжность системы и обеспечить потребителей безопасным, стабильным и бесперебойным газоснабжением в осенне-зимний период.

➡️Ход работ — в видеоролике.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 27-iyul kuni “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b. A.G. Eshnazarov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamkorligida aholining tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish va iste’molchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida tumanning “Marhamat” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglanib, aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Qabul davomida jami 8 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash uchun mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Murojaatlarni amaldagi tartibda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.

Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.

Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.

So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.

“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!

– dedi Prezidentimiz.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak,

– dedi davlatimiz rahbari.

Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan.

So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezidentimiz har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.

Tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.

Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori.

ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.

Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz