"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.88K subscribers
6.18K photos
1.22K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Tabiiy gaz taʼminoti tizimida raqamli boshqaruv texnologiyalar yoʻnalishidagi mutaxassislarning malakasi oshirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tabiiy gaz taʼminoti tizimida zamonaviy raqamli boshqaruv texnologiyalarini samarali qoʻllash, telemetriya tizimlaridan foydalanish boʻyicha mutaxassislarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etidi.

Oʻquv dasturi davomida mutaxassislar telemetriya tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari, yangi raqamli platformalar hamda zamonaviy oʻlchov uskunalaridan samarali foydalanish boʻyicha nazariy bilimlarni egallash bilan birga, ularni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini ham mustahkamladilar.

Malaka oshirish kurslarining yakuniy bosqichida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi zamonaviy gaz taqsimlash obyektlarida amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Unda telemetriya tizimlarining ishlash prinsipi, gaz taʼminoti obyektlarini masofadan monitoring qilish, real vaqt rejimida maʼlumotlarni kuzatish va tahlil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish jarayonlari mutaxassislarga amaliy tarzda namoyish etildi.

Bunday oʻquv mashgʻulotlari raqamli boshqaruv texnologiyalaridan samarali foydalanish, gaz taʼminoti tizimining ishonchliligi va xavfsizligini yanada oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan muhandis va mutaxassislarning zamonaviy texnologiyalar boʻyicha malakasini muntazam oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlari davom ettiriladi.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 14-iyul kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani "Nomdanak", "Keng Makon", "Izzatli" va "Sadoqat" MFYlari.
soat 10:00 dan 16-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#kitobxonlik_haftaligi #Mustaqillik_35 #yoshlar_kuni

📚 “Hududgaz Poytaxt” GTFda Kitobxonlik haftaligi boshlandi

“Hududgaz Poytaxt” GTFda xodimlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda mutolaa orqali ularning bilim va dunyoqarashini boyitish maqsadida Kitobxonlik haftaligi tashkil etildi.

Haftalik doirasida nufuzli nashriyot ishtirokida kitoblar yarmarkasi o‘tkazilib, badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlari taqdim etildi.

Shuningdek, yosh mutaxassislarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa odatini shakllantirish maqsadida filialda “Kitob burchagi” tashkil etildi. Endilikda xodimlar ushbu burchakdagi kitoblardan erkin foydalanishlari mumkin.

Kitob mutolaasi insonning ma’naviy kamoloti, kasbiy salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois filialda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 15-iyul kuni Mirzo Ulug’bek va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug’bek tumani “Yuzrobod” MFY.
soat 10:00 dan 17-00 gacha.

Bektemir tumani “Zilola” MFY.
soat 10:00 dan 18:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#rasmiy_xabar

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Texnopark hududidan oʻtgan oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Natijada Bobur koʻchasidagi 5 ta koʻp qavatli uy va 45 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoqilg‘i quyish shoхobchalari uchun yangi хavfsizlik talablari joriy etilmoqda

Issiq ob-havo sharoitida benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etgan holda, kuchaytirilgan nazorat asosida tashkil qilindi.

Shuningdek, yong‘in va portlash xavfini kamaytirish maqsadida havo harorati yuqori bo‘lgan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini vaqtincha to‘xtatib turish belgilangan.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz