"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.88K subscribers
6.18K photos
1.23K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
📹 “O‘zbekiston 24” telekanali ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda “Hududgaz Poytaxt” GTF hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda tasvirga olindi.

Tayyorlanayotgan lavhada 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar keng yoritiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#26_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya samaradorligini oshirish va gazni tejash borasidagi chora-tadbirlar

Olmazor tumanida tabiiy gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida so‘z bordi.
Tabiiy gaz taʼminoti tizimida raqamli boshqaruv texnologiyalar yoʻnalishidagi mutaxassislarning malakasi oshirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tabiiy gaz taʼminoti tizimida zamonaviy raqamli boshqaruv texnologiyalarini samarali qoʻllash, telemetriya tizimlaridan foydalanish boʻyicha mutaxassislarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etidi.

Oʻquv dasturi davomida mutaxassislar telemetriya tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari, yangi raqamli platformalar hamda zamonaviy oʻlchov uskunalaridan samarali foydalanish boʻyicha nazariy bilimlarni egallash bilan birga, ularni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini ham mustahkamladilar.

Malaka oshirish kurslarining yakuniy bosqichida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi zamonaviy gaz taqsimlash obyektlarida amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Unda telemetriya tizimlarining ishlash prinsipi, gaz taʼminoti obyektlarini masofadan monitoring qilish, real vaqt rejimida maʼlumotlarni kuzatish va tahlil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish jarayonlari mutaxassislarga amaliy tarzda namoyish etildi.

Bunday oʻquv mashgʻulotlari raqamli boshqaruv texnologiyalaridan samarali foydalanish, gaz taʼminoti tizimining ishonchliligi va xavfsizligini yanada oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan muhandis va mutaxassislarning zamonaviy texnologiyalar boʻyicha malakasini muntazam oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlari davom ettiriladi.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 14-iyul kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani "Nomdanak", "Keng Makon", "Izzatli" va "Sadoqat" MFYlari.
soat 10:00 dan 16-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#kitobxonlik_haftaligi #Mustaqillik_35 #yoshlar_kuni

📚 “Hududgaz Poytaxt” GTFda Kitobxonlik haftaligi boshlandi

“Hududgaz Poytaxt” GTFda xodimlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda mutolaa orqali ularning bilim va dunyoqarashini boyitish maqsadida Kitobxonlik haftaligi tashkil etildi.

Haftalik doirasida nufuzli nashriyot ishtirokida kitoblar yarmarkasi o‘tkazilib, badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlari taqdim etildi.

Shuningdek, yosh mutaxassislarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa odatini shakllantirish maqsadida filialda “Kitob burchagi” tashkil etildi. Endilikda xodimlar ushbu burchakdagi kitoblardan erkin foydalanishlari mumkin.

Kitob mutolaasi insonning ma’naviy kamoloti, kasbiy salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois filialda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati