"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.88K subscribers
6.18K photos
1.23K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Tabiiy gaz taʼminoti tizimida raqamli boshqaruv texnologiyalar yoʻnalishida mutaxassislarning malakasi oshirilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz taʼminlash, sohada zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda xizmatlar sifatini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda respublika miqyosida isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy tizimlar yaratilmoqda.

Xususan, yuqori bosimli gaz obyektlarida zamonaviy telemetriya tizimlarini joriy etish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tizimlar orqali gaz bosimi, sarfi, uskunalarning texnik holati kabi muhim koʻrsatkichlarni masofadan turib kuzatish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Telemetriya texnologiyalaridan foydalanish avariyaviy holatlarni erta aniqlash, tezkor choralar koʻrish va gaz taʼminoti obyektlarining xavfsiz ishlashini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli raqamlashtirish jarayonlari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishni talab etmoqda. Shu munosabat bilan gaz taʼminoti korxonalari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telemetriya tizimlaridan foydalanish, zamonaviy nazorat va boshqaruv usullari boʻyicha malaka oshirish ishlari tashkil etildi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida mutaxassislarga yangi raqamli platformalar bilan ishlash, zamonaviy oʻlchov vositalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan samarali foydalanish boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlar berilmoqda. Bu esa xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ish jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni qoʻllash va gaz taʼminoti tizimi samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 10-iyul kuni Sergeli, Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani Sofdil MFY.
soat 11:00 dan 16-00 gacha.

Yangihayot tumani “Chortoq” MFY.
soat 11:00 dan 16-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
📹 “O‘zbekiston 24” telekanali ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda “Hududgaz Poytaxt” GTF hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi hamda tasvirga olindi.

Tayyorlanayotgan lavhada 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar keng yoritiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#26_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya samaradorligini oshirish va gazni tejash borasidagi chora-tadbirlar

Olmazor tumanida tabiiy gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida so‘z bordi.
Tabiiy gaz taʼminoti tizimida raqamli boshqaruv texnologiyalar yoʻnalishidagi mutaxassislarning malakasi oshirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tabiiy gaz taʼminoti tizimida zamonaviy raqamli boshqaruv texnologiyalarini samarali qoʻllash, telemetriya tizimlaridan foydalanish boʻyicha mutaxassislarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etidi.

Oʻquv dasturi davomida mutaxassislar telemetriya tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari, yangi raqamli platformalar hamda zamonaviy oʻlchov uskunalaridan samarali foydalanish boʻyicha nazariy bilimlarni egallash bilan birga, ularni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini ham mustahkamladilar.

Malaka oshirish kurslarining yakuniy bosqichida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi zamonaviy gaz taqsimlash obyektlarida amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Unda telemetriya tizimlarining ishlash prinsipi, gaz taʼminoti obyektlarini masofadan monitoring qilish, real vaqt rejimida maʼlumotlarni kuzatish va tahlil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish jarayonlari mutaxassislarga amaliy tarzda namoyish etildi.

Bunday oʻquv mashgʻulotlari raqamli boshqaruv texnologiyalaridan samarali foydalanish, gaz taʼminoti tizimining ishonchliligi va xavfsizligini yanada oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan muhandis va mutaxassislarning zamonaviy texnologiyalar boʻyicha malakasini muntazam oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlari davom ettiriladi.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz