"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.83K subscribers
6.12K photos
1.22K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
 #hamkorlik

Xitoyning Kerui kompaniyasi bilan hamkorlik hujjatlari imzolandi

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M.Yakubov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning neft-gaz sanoatidagi yetakchi kompaniyalaridan biri – Kerui Group ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi.

Xizmat safari davomida delegatsiya aʼzolari korxonadagi yuqori texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, avtomatlashtirilgan sexlar va zamonaviy texnologik uskunalarni koʻzdan kechirdi.

Yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi hamda pilot loyihani amalga oshirish bo‘yicha grant bitimi imzolandi. Mazkur hujjatlar tabiiy va suyultirilgan gaz sohasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Kerui kompaniyasining yetakchi xitoylik mutaxassislari O‘zbekistonga jalb etiladi. Ular mahalliy muhandislar bilan birgalikda pilot loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etib, ilg‘or tajriba almashish va gaz taqsimlash tizimiga zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga ko‘maklashadi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, yirik sanoat va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#anons_Teletahlil
🗓7️⃣- Iyul Seshanba
Teletahlil
Soat 21:00
📺"Toshkent" telekanalida

Facebook🌐InstagramTelegram📹Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 2025-yil va 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
ma’lumot.

🤩Texnik shartlarni rasmiylashtirish jarayonlari raqamlashtirildi va onlayn nazorat tizimi joriy etildi.

🤩Texnik shartlarni inson omilisiz rasmiylashtirish uchun sun’iy intellekt asosidagi tizim ishga tushirildi.

🤩Gaz ta’minoti bo‘yicha hisob-raqam ochish va ariza topshirish xizmatlari to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi.

🤩Gazlashtirish jarayonlarida firibgarlikning oldini olishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlari kuchaytirildi.

🤩Qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayonlari raqamlashtirilib, qog‘oz hujjat aylanishidan voz kechildi.

🤩Nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish maqsadida xodimlarni bodi-kameralar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

🤩Eski gaz hisoblagichlarini almashtirish jarayonlarini foto va video orqali nazorat qilish tizimi joriy etildi.

🤩Suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatishda Face ID texnologiyasi joriy etildi.

🤩Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha hisob-raqam ochish va ariza topshirish xizmatlari raqamlashtirildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoqilg‘i quyish shoхobchalari uchun yangi хavfsizlik talablari joriy etilmoqda


Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi “Yoqilg‘i quyish shoхobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida noхush hodisalarning oldini olish  va inson hayotiga хavf soluvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 315-son qarori qabul qilindi
 
Hujjat bilan Avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoхobchalariga quyidagi qoidalarga rioya etish bo‘yicha minimal talablar tasdiqlandi:

• yong‘in va sanoat хavfsizligi;
• ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
• shuningdek, teхnologik jarayonlar va uskunalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar.
 
2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalari va gaz quyish inshootlarida, shu jumladan o‘z ehtiyojlari uchun yoqilg‘idan foydalanadigan obyektlarda ortiqcha bosim ostida ishlaydigan, хizmat muddati o‘tgan yoki ishlab chiqarilgan sanasi noma’lum bo‘lgan uskunalardan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda.
 
Shuningdek, Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoхobchalarida U-Gas” dasturiy-apparat kompleksini joriy etish, undan foydalanish va teхnik хizmat koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
 
Yoqilg‘i quyish shoхobchalarida gaz sotish faoliyatini amalga oshirish uchun U-Gas” dasturini joriy etish majburiy shart hisoblanadi. U-Gas” ma’lumotlari esa tabiiy gaz savdosi sohasidagi talablarga rioya etilishi toʻgʻrisidagi rasmiy ma’lumot hisoblanib, tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’muriy choralar qoʻllash uchun asos sifatida tan olinadi. 
 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2026-yildan kuchga kirdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmogʻida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan axborot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с докладом о ходе подготовки нефтегазовой отрасли к предстоящему осенне-зимнему сезону.

#Mirziyoyev #axborot #neftgaz #kuzqish

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” GTF: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Ushbu mavzu yuzasidan “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida so‘z yuritildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Hurmatli isteʼmolchilar!

Toshkent shahar Yunusobod tumani 10-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida taʼmirlash ishlari olib borilishi natijasida 8-iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Yunusobod tumanining quyidagi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari:
Yunusobod 2–19-dahalaridagi koʻp qavatli uylar;
“Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqoʻrgʻon”, “Yoʻlariq”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Oqtepa”, “Obod”, “Posira”, “Otchopar 1”, “Otchopar 2” MFYlaridagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar;
Registon, Mirzaahmedova, Moyqoʻrgʻon, Binkat va Bogʻishamol koʻchasidagi koʻp qavatli uylar hamda yerli xonadonlar.

Ulgurji isteʼmolchilar:
8 ta AGTKSH, tumandagi yirik isteʼmolchilar hamda kichik va oʻrta biznes korxonalari

Shuningdek, tumanning quyidagi hududlaridagi isteʼmolchilar gaz bosimida pasayish kuzatilishi mumkin:
“Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulugʻbek”, “Buyuk Turon”, “Boʻzsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Toʻraqoʻrgʻon”, “Yangiariq” va “Usta Shirin” MFYlari.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по внедрению единой интегрированной цифровой платформы государственного управления, развитию экосистемы стартапов и улучшению бизнес-среды в сфере телекоммуникаций.

#Mirziyoyev #taqdimot #raqamlashtirish #telekommunikatsiyalar

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz