"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.88K subscribers
6.13K photos
1.22K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” oʻyinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в Тбилиси. В международном аэропорту имени Шоты Руставели главу нашего государства встретили заместитель Премьер-министра, министр иностранных дел Грузии Мака Бочоришвили и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 06-iyul kuni Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani “Majnuntol”, “Mirishkor” va “Rohat” MFYlari. soat 10:00 dan 17-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#anons_Teletahlil
🗓7️⃣- Iyul Seshanba
Teletahlil
Soat 21:00
📺"Toshkent" telekanalida

Facebook🌐InstagramTelegram📹Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gruziya poytaxtida Alisher Navoiy haykali ochildi.

В столице Грузии открылся памятник Алишеру Навои.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishadi.

Shuningdek, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сергелийский район города Ташкента, где ознакомится с проводимой созидательной работой и реализованными проектами.

Также предусмотрено обсуждение приоритетных задач по социально-экономическому развитию города Ташкента и созданию безопасной среды в махаллях.

Facebook
|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Gaz ta’minotida sifat, samaradorlik va raqamlashtirish

Tabiiy gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida so‘z bordi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Oʻzgarish mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari mahallada tashkil etilgan zamonaviy kogeneratsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Qayd etilganidek, ushbu markaz kuz-qish mavsumida mahallaning issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti barqarorligiga xizmat qiladi. Kogeneratsiya texnologiyasi orqali tabiiy gazdan avval elektr energiyasi olinadi, soʻng ajralgan issiqlik suv va xonadonlarni isitishga yoʻnaltiriladi. Bu energiya samaradorligini oshirib, isrofgarchilikni kamaytiradi.

Loyihaning umumiy qiymati 5,8 million dollarni tashkil etadi. Bu yerga Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy gaz-porshenli qurilmalar va qozonlar oʻrnatilgan. Markaz yiliga 18,4 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 80 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega.

Loyiha doirasida 2 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr liniyasi qurilib, umumiy tarmoqqa ulandi. Natijada tuman markaziy elektr tarmogʻidagi yuklama 3 foizga kamaydi. Markaz ishga tushishi bilan 10 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился с созидательной работой в махалле Узгариш Сергелийского района.

Глава государства нашего ознакомился с деятельностью созданного в махалле современного центра когенерации.

Этот центр будет способствовать стабильному тепло- и электроснабжению махалли в осенне-зимний период. Когенерационная технология позволяет сначала вырабатывать из природного газа электроэнергию, а затем использовать образующееся тепло для нагрева воды и отопления домов. Это повышает энергоэффективность и сокращает потери.

Общая стоимость проекта составила 5,8 миллиона долларов. Центр оснащен современными газопоршневыми установками и котлами немецкого производства. Его производственная мощность составляет 18,4 миллиона киловатт-часов электроэнергии и 80 тысяч гигакалорий тепловой энергии в год.

В рамках проекта построена двухкилометровая высоковольтная линия электропередачи, подключенная к общей сети. В результате нагрузка на центральную электросеть района снизилась на 3 процента. С вводом центра в эксплуатацию создано 10 постоянных рабочих мест.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Energetika vazirligida sohadagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Energetika vazirligida yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, energiya ta’minoti barqarorligi, debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh prokuratura, qator vazirlik va idoralar, yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklar rahbariyati ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yuqori havo harorati sharoitida elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, joriy yozda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan elektr tarmoqlari va podstansiyalar ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda brigadalarning doimiy shay holatda bo‘lishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Xususan, Toshkent shahrida kuzatilgan avariyaviy uzilishlar yuzasidan maxsus komissiya ish boshlagani qayd etildi. Komissiya avariya sabablari, uskunalarning texnik holati, rekonstruksiya ishlari sifati hamda avariyaga qarshi himoya tizimlari samaradorligini o‘rganadi.

Aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, call-markazlar faoliyatini kuchaytirish hamda avariyaviy holatlar bo‘yicha aholini o‘z vaqtida xabardor qilish zarurligi ta’kidlandi.

Energiya samaradorligi masalasi ham muhokama qilindi. Elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash rejalari tahlil qilinib, ayrim yirik korxonalarda energiya resurslaridan samarasiz foydalanish holatlari keskin tanqid qilindi. Mas’ullarga energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, eski uskunalarni yangilash va tejash ko‘rsatkichlarini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, debitor va kreditor qarzdorliklar tanqidiy muhokama qilindi. Qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha qarorlar ijrosini ta’minlamayotgan rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, aniq choralar ko‘rish vazifasi belgilandi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari keskin tanqid qilinib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz yondashuv talab etildi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiya uchun sudlangan barcha xodimlar ishdan bo‘shatiladi. Shuningdek, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi tizim korxonalari rahbarlarini to‘liq attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qiluvchi maxsus Kengash tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr va gaz infratuzilmasini ta’mirlash, avariyaviy zaxiralarni shakllantirish hamda aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida barcha tizim rahbarlari qat’iy ogohlantirildi. Keyingi yig‘ilishlarda, avvalo, berilgan topshiriqlar ijrosi, shaxsiy mas’uliyat hamda rahbarlarning javobgarligi ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt