"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.88K subscribers
6.13K photos
1.22K videos
3 files
2.55K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Sergeli tumani “Sadoqat” MFY Xonobod ko‘chasidagi past bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Natijada hududdagi 50 ta xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 2-iyul kuni Yashnobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani “Go'zal” MFY.
soat 10:00 dan 18-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tizimida texnik jihatdan eskirgan gaz taqsimlash punktlari bosqichma-bosqich xorijiy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan almashtirilmoqda.

Ushbu mavzu yuzasidan “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida so‘z yuritildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Davlat gerbi yurtimiz suvereniteti, milliy qadriyatlari, boy tarixi va xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. Unda aks etgan har bir timsol Vatanimizning tinchligi, farovonligi va taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi.

“Hududgazta’minot” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, davlatimiz ramzlari doimo yuksak ehtiromda bo‘lsin!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiiy gaz — shunchaki resurs emas, balki katta mashaqqat evaziga yetib keladigan neʼmat

Undan oqilona va tejamkor foydalanish har birimizning burchimiz hamda kelajak avlod oldidagi masʼuliyatimizdir.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” oʻyinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в Тбилиси. В международном аэропорту имени Шоты Руставели главу нашего государства встретили заместитель Премьер-министра, министр иностранных дел Грузии Мака Бочоришвили и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Gruziya

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 06-iyul kuni Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani “Majnuntol”, “Mirishkor” va “Rohat” MFYlari. soat 10:00 dan 17-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#anons_Teletahlil
🗓7️⃣- Iyul Seshanba
Teletahlil
Soat 21:00
📺"Toshkent" telekanalida

Facebook🌐InstagramTelegram📹Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gruziya poytaxtida Alisher Navoiy haykali ochildi.

В столице Грузии открылся памятник Алишеру Навои.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishadi.

Shuningdek, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сергелийский район города Ташкента, где ознакомится с проводимой созидательной работой и реализованными проектами.

Также предусмотрено обсуждение приоритетных задач по социально-экономическому развитию города Ташкента и созданию безопасной среды в махаллях.

Facebook
|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Gaz ta’minotida sifat, samaradorlik va raqamlashtirish

Tabiiy gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida so‘z bordi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Oʻzgarish mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari mahallada tashkil etilgan zamonaviy kogeneratsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Qayd etilganidek, ushbu markaz kuz-qish mavsumida mahallaning issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti barqarorligiga xizmat qiladi. Kogeneratsiya texnologiyasi orqali tabiiy gazdan avval elektr energiyasi olinadi, soʻng ajralgan issiqlik suv va xonadonlarni isitishga yoʻnaltiriladi. Bu energiya samaradorligini oshirib, isrofgarchilikni kamaytiradi.

Loyihaning umumiy qiymati 5,8 million dollarni tashkil etadi. Bu yerga Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy gaz-porshenli qurilmalar va qozonlar oʻrnatilgan. Markaz yiliga 18,4 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 80 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega.

Loyiha doirasida 2 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr liniyasi qurilib, umumiy tarmoqqa ulandi. Natijada tuman markaziy elektr tarmogʻidagi yuklama 3 foizga kamaydi. Markaz ishga tushishi bilan 10 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился с созидательной работой в махалле Узгариш Сергелийского района.

Глава государства нашего ознакомился с деятельностью созданного в махалле современного центра когенерации.

Этот центр будет способствовать стабильному тепло- и электроснабжению махалли в осенне-зимний период. Когенерационная технология позволяет сначала вырабатывать из природного газа электроэнергию, а затем использовать образующееся тепло для нагрева воды и отопления домов. Это повышает энергоэффективность и сокращает потери.

Общая стоимость проекта составила 5,8 миллиона долларов. Центр оснащен современными газопоршневыми установками и котлами немецкого производства. Его производственная мощность составляет 18,4 миллиона киловатт-часов электроэнергии и 80 тысяч гигакалорий тепловой энергии в год.

В рамках проекта построена двухкилометровая высоковольтная линия электропередачи, подключенная к общей сети. В результате нагрузка на центральную электросеть района снизилась на 3 процента. С вводом центра в эксплуатацию создано 10 постоянных рабочих мест.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz