"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.82K subscribers
6.03K photos
1.2K videos
3 files
2.51K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
🔥 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan gaz tarmoqlari va inshootlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, iste’molchilarga tabiiy gazni xavfsiz, uzluksiz va bir me’yorda yetkazib berishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli mavsumiy ishlar olib borilmoqda. Profilaktik ta’mirlash, texnik ko‘rik va modernizatsiya ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 26-iyun kuni Mirzo Ulug'bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug'bek tumani “Sho'rtepa” MFY.
soat 10:00 dan 17-00 gacha.

Yashnobod tumani “Olmos” MFY.
soat 10:00 dan 18-00 gacha.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida Italiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar-24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
🏃‍♂️ Sport – sog‘lom hayot garovi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan davlat tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan “Sport kuni” doirasida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqda.

Jismoniy faollik nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki jamoada hamjihatlikni, mehnat unumdorligini va yuksak kayfiyatni oshirishga xizmat qiladi.

Sog‘lom turmush tarzi – samarali mehnat va farovon kelajak garovi!

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati