"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.81K subscribers
5.8K photos
1.16K videos
3 files
2.44K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid barcha turdagi ariza, taklif va murojaatlaringizni “Hududgaztaʼminot” AJga qarashli quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

📞 1104 – Koll markaz
🚨 104 – avariya dispetcherlik xizmati
📱 (71) 202 11 04 – ishonch telefoni
hududgaz.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
👉 Telegram bot – @hgtmurojaat_bot
💬 Facebookʼdagi maxsus guruh

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha murojaatlar koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda javob qaytariladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Favqulodda holatlarda xonadongizdagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, 104 qisqa raqamiga telefon qilib, avariyaviy dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman bo‘limlarining “Avariyaviy dispetcherlik” xizmati siz uchun 24/7 kun xizmat qilmoqda.

Quyida gaz ta’minoti filiali va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari bilan bog‘lanish uchun hududlar kesimida telefon raqamlarini keltirib o‘tamiz. Shuningdek, gaz ta’minoti bo‘limlarining Telegram guruhlari orqali ham murojaat qoldirishingiz mumkin — quyida ushbu guruhlar havolalari keltirilgan.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali:
☎️ +998 (55) 503-90-12
🌐 @HToshGaz

“Chilonzortumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 278-09-99
🌐 @chilonzortumangazgtb

“Mirobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 254-15-61
🌐 @MIROBODTUMANGAZ_GTB

“Yakkasaroytumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 255-49-59
🌐 @yakkasaroytumangazgtb

“Bektemirtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 295-14-43
🌐 @BEKTEMIRTUMANGAZGTB

“Olmazortumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 248-35-48
🌐 @OlmazortumangazGTB

“Shayxontohurtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 242-38-39
🌐 @SHAYXONTOHURTUMANGAZGTB

“Sergelitumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 258-84-33
🌐 @SERGELITUMANGAZGTB

“Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (55) 503-04-98
🌐 @yangihayottumangaz

“Yunusobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 212-25-52
🌐 @YUNUSOBODTUMANGAZGTB

“Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (99) 028-24-02
🌐 @mirzoulugbektumangazgtb

“Uchtepatumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 274-44-34
🌐 @Uchtepatumangazgtb

“Yashnobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 296-39-61
🌐 @Yashnobodtumangaz_GTB

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
#uchrashuv

Yoshlar — jamiyatning ertangi kuni, yurt taraqqiyotining tayanchi hisoblanadi. Ularning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini tinglash hamda yechim topish maqsadida Yunusobod tuman gaz ta’minoti bo‘limida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarning kasbiy rivojlanishi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari, taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning soha rivojidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda kelgusidagi samarali faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Toshkent shahrida 2,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining topshirigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura ishchi guruhi, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etildi.

Tumanning Qoratosh koʻchasida joylashgan, fuqaro G.Sh. ga tegishli umumiy ovqatlanish maskani va novvoyxonada xatlov oʻtkazilganda isteʼmolchi muqaddam gaz tarmogʻidan ajratilganiga qaramay, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgani maʼlum boʻldi. Shu bilan birga, binoga oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasi nosoz holatda ekani va undagi bir martalik tamgʻaga tashqi taʼsir oʻtkazilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 463 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 19-may kuni Yangihayot, Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani (soat 11-00 dan 19-00 gacha) — “Binokor”, “Xo’ja Uchqun”, “Jaloir” va “Gulzor” MFYlar.

Mirzo ulug'bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Katta Qorasuv” MFY.

Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 15:30 gacha) — "Fidoiylar", "Alimkent", "Mag'zuniy" va “Besh bola" MFYlar.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Keng Makon" MFY.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Olmazor tumani Nurafshon va Beruniy koʻchalari kesishmasidagi yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Olmazor tumani "Guzarboshi", "Sebzor", "Yuqori Sebzor" MFYlari

Shayxontohur tumani "Kox ota" MFY

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” yakunlari: investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va strategik hamkorlik maydoni bo‘ldi

“O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” tadbirida 34 ta davlatdan 1877 nafar delegat hamda qariyb 18 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilar qatnashdi. Ko‘rgazma doirasida 580 dan ortiq kompaniya energetika, neft-gaz va elektrotexnika sohalaridagi zamonaviy texnologiya va yechimlarini namoyish etdi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida raqamlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi va ekologik xavfsizlik mavzularida muloqotlar tashkil etildi.

Haftalik doirasida xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va yetakchi energetika kompaniyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, “AMEA Power”, “SOCAR”, “bp”, “Huawei”, “CNNC”, “Voltalia”, “CEEC”, MOL Group va boshqa yirik kompaniyalar bilan energetika, neft-gaz, qayta tiklanuvchi energiya hamda energiya saqlash tizimlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Shuningdek, qator anglashuv memorandumlari va investitsiya bitimlari imzolanib, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur haftalik O‘zbekiston energetika sohasining xalqaro hamkorlik va investitsiyalar uchun ochiq platformaga aylanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Tadbir doirasida erishilgan kelishuvlar energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
❗️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.

“Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin:

☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)

📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz

📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz

📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hududgazpoytaxt #obodmahalla

“Hududgaz Poytaxt” GTF Olmazor tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan “Qichqiriq” MFYda “Obod mahalla” dasturi doirasida gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish hamda tabiiy gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur mahallada jami 1426 ta tabiiy gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, shundan 1418 tasi aholi, 8 tasi ulgurji iste’molchilardan iborat. Iste’molchilar 1 ta gaz taqsimlash punkti hamda 4,7 km gaz tarmog‘i orqali tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda.

Mazkur ishlar natijasida yiliga hududdagi aholi va ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta'minoti yanada yaxshilanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Sergeli gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan “O‘zgarish” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i R.Sh. Isakbayev ishtirok etib, yoshlarning murojaat, taklif va savollarini tingladi hamda ularga batafsil javoblar berdi.

Tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va sohaga oid qiziqishlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati