"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.8K photos
1.16K videos
3 files
2.44K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
😊😊😊😊😊

👩‍👩‍👦 Oila — jamiyat tayanchi va mehr-muhabbat maskani


15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida xodimlar va ularning farzandlari uchun “Quvnoq bolalik — baxtli kelajak” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 🎈

🎭 Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, shou dasturlar, kuy-qo‘shiqlar hamda turli tanlovlar uyushtirilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. 😊🎶

🏢 Ayniqsa, bolalar uchun Jamiyat markaziy apparati bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Unda ular ota-onalarining mehnat faoliyati, ish jarayonlari hamda sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa farzandlarda ota-onalari kasbiga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada oshirdi.

🤝 Mazkur tadbir oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xodimlar farzandlariga quvonch ulashish hamda jamoadagi mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabiiy_gaz #murojaatlar

1104 — Call-markazlar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda

Gaz taʻminoti masalalari boʻyicha isteʼmolchilarning murojaatlarini tezkor qabul qilishni taʼminlash maqsadida 1104 qisqa raqamli Call-markazlar 24/7 ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Iste’molchilar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilyapti.

Murojaatlarni qabul qilish qamrovini kengaytirish va xizmat sifatini oshirish maqsadida operatorlar soni bosqichma-bosqich koʻpaytirilib, ayni vaqtda Call-markazlarda 100 nafarga yaqin operator faoliyat olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 18-may kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Junariq" MFY.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid barcha turdagi ariza, taklif va murojaatlaringizni “Hududgaztaʼminot” AJga qarashli quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

📞 1104 – Koll markaz
🚨 104 – avariya dispetcherlik xizmati
📱 (71) 202 11 04 – ishonch telefoni
hududgaz.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
👉 Telegram bot – @hgtmurojaat_bot
💬 Facebookʼdagi maxsus guruh

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha murojaatlar koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda javob qaytariladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Favqulodda holatlarda xonadongizdagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, 104 qisqa raqamiga telefon qilib, avariyaviy dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman bo‘limlarining “Avariyaviy dispetcherlik” xizmati siz uchun 24/7 kun xizmat qilmoqda.

Quyida gaz ta’minoti filiali va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari bilan bog‘lanish uchun hududlar kesimida telefon raqamlarini keltirib o‘tamiz. Shuningdek, gaz ta’minoti bo‘limlarining Telegram guruhlari orqali ham murojaat qoldirishingiz mumkin — quyida ushbu guruhlar havolalari keltirilgan.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali:
☎️ +998 (55) 503-90-12
🌐 @HToshGaz

“Chilonzortumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 278-09-99
🌐 @chilonzortumangazgtb

“Mirobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 254-15-61
🌐 @MIROBODTUMANGAZ_GTB

“Yakkasaroytumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 255-49-59
🌐 @yakkasaroytumangazgtb

“Bektemirtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 295-14-43
🌐 @BEKTEMIRTUMANGAZGTB

“Olmazortumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 248-35-48
🌐 @OlmazortumangazGTB

“Shayxontohurtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 242-38-39
🌐 @SHAYXONTOHURTUMANGAZGTB

“Sergelitumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 258-84-33
🌐 @SERGELITUMANGAZGTB

“Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (55) 503-04-98
🌐 @yangihayottumangaz

“Yunusobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 212-25-52
🌐 @YUNUSOBODTUMANGAZGTB

“Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (99) 028-24-02
🌐 @mirzoulugbektumangazgtb

“Uchtepatumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 274-44-34
🌐 @Uchtepatumangazgtb

“Yashnobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi:
☎️ +998 (71) 296-39-61
🌐 @Yashnobodtumangaz_GTB

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
#uchrashuv

Yoshlar — jamiyatning ertangi kuni, yurt taraqqiyotining tayanchi hisoblanadi. Ularning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini tinglash hamda yechim topish maqsadida Yunusobod tuman gaz ta’minoti bo‘limida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarning kasbiy rivojlanishi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari, taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning soha rivojidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda kelgusidagi samarali faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Toshkent shahrida 2,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining topshirigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura ishchi guruhi, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etildi.

Tumanning Qoratosh koʻchasida joylashgan, fuqaro G.Sh. ga tegishli umumiy ovqatlanish maskani va novvoyxonada xatlov oʻtkazilganda isteʼmolchi muqaddam gaz tarmogʻidan ajratilganiga qaramay, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgani maʼlum boʻldi. Shu bilan birga, binoga oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasi nosoz holatda ekani va undagi bir martalik tamgʻaga tashqi taʼsir oʻtkazilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 463 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 19-may kuni Yangihayot, Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani (soat 11-00 dan 19-00 gacha) — “Binokor”, “Xo’ja Uchqun”, “Jaloir” va “Gulzor” MFYlar.

Mirzo ulug'bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Katta Qorasuv” MFY.

Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 15:30 gacha) — "Fidoiylar", "Alimkent", "Mag'zuniy" va “Besh bola" MFYlar.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Keng Makon" MFY.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Olmazor tumani Nurafshon va Beruniy koʻchalari kesishmasidagi yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Olmazor tumani "Guzarboshi", "Sebzor", "Yuqori Sebzor" MFYlari

Shayxontohur tumani "Kox ota" MFY

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati