"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.8K photos
1.16K videos
3 files
2.44K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальном саммите Организации тюркских государств на тему «Искусственный интеллект и цифровое развитие».

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#kompensatsiya

Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovlari davom ettiriladi

🖋 Xabaringiz bor, Prezidentimizning  qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga har oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya to‘lovlari to‘lab borilmoqda.

💵 Kompensatsiya miqdori:
- Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yor (200 kVt·soat) oshgan qismdan keyin 150 kVt·soatgacha;

Tabiiy gaz uchun — qish oylarida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa 150 kub metrgacha bo‘lgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

❗️ Shuningdek, Hukumatning 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz yangi tariflari joriy etilishi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar uchun ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari ham oshiriladi.

↗️ Yangi tartibga muvofiq:
- Elektr energiyasi uchun bazaviy me’yordan oshgan 150 kVt·soatgacha beriladigan kompensatsiya 30 ming so‘mdan 37,5 ming so‘mga;

- Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha kompensatsiya 200 ming so‘mdan 225 ming so‘mga;

- Boshqa mavsumlarda bazaviy me’yordan oshgan 150 kub metrga kompensatsiya 120 ming so‘mdan 135 ming so‘mga oshiriladi.

🧠 Kompensatsiya olish uchun mahallangizdagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning “1140” call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
😊😊😊😊😊

👩‍👩‍👦 Oila — jamiyat tayanchi va mehr-muhabbat maskani


15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida xodimlar va ularning farzandlari uchun “Quvnoq bolalik — baxtli kelajak” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 🎈

🎭 Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, shou dasturlar, kuy-qo‘shiqlar hamda turli tanlovlar uyushtirilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. 😊🎶

🏢 Ayniqsa, bolalar uchun Jamiyat markaziy apparati bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Unda ular ota-onalarining mehnat faoliyati, ish jarayonlari hamda sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa farzandlarda ota-onalari kasbiga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada oshirdi.

🤝 Mazkur tadbir oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xodimlar farzandlariga quvonch ulashish hamda jamoadagi mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabiiy_gaz #murojaatlar

1104 — Call-markazlar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda

Gaz taʻminoti masalalari boʻyicha isteʼmolchilarning murojaatlarini tezkor qabul qilishni taʼminlash maqsadida 1104 qisqa raqamli Call-markazlar 24/7 ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Iste’molchilar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilyapti.

Murojaatlarni qabul qilish qamrovini kengaytirish va xizmat sifatini oshirish maqsadida operatorlar soni bosqichma-bosqich koʻpaytirilib, ayni vaqtda Call-markazlarda 100 nafarga yaqin operator faoliyat olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 18-may kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Junariq" MFY.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati