"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.77K photos
1.15K videos
3 files
2.43K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#yoshlar_uchrashuv

“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🎓⚡️Bugun, 14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Energetika vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_uchrashuv

Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

—————


Состоялся очередной открытый диалог министра энергетики с молодежью

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Bexzot Raxmatullayevich Narmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Указом Президента Республики Узбекистан Нарматов Бехзот Рахматуллаевич назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по топливно-энергетическим вопросам.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_haftaligi

Xitoyning “Sinosure” korporatsiyasi bilan energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston energetika haftaligi—2026” doirasida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda Xitoyning “Sinosure” korporatsiyasi prezidenti Shen Hitay boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi ishlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, gidroenergetika loyihalari hamda “Sinoma”, “Goldwind” va “Gotion” kabi yirik Xitoy kompaniyalarining qayta tiklanuvchi energiya va boshqa yo‘nalishlardagi uskunalarni mahalliylashtirish loyihalarida faol ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

—————
#энергетическая_неделя

Обсуждены вопросы сотрудничества в энергетической сфере с китайской корпорацией «Sinosure»

В рамках «Энергетической недели Узбекистана – 2026» состоялась встреча министра энергетики Журабека Мирзамахмудова с делегацией во главе с президентом китайской корпорации «Sinosure» Шэнь Хитай.

В ходе диалога были обсуждены совместные проекты, реализуемые в энергетической сфере, включая развитие возобновляемых источников энергии, а также планы на будущее.

Также состоялся обмен мнениями по гидроэнергетическим проектам и активному участию крупных китайских компаний — «Sinoma», «Goldwind» и «Gotion» — в проектах по локализации оборудования в сфере возобновляемой энергетики и других направлениях.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_haftaligi

“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida energetika sohasi yoshlari va mutaxassislarini birlashtirgan “Business Quiz” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 15-may kuni Mirzo Ulug’bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug’bek tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Jasorat” MFY Bog’ishamol ko’chasi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#19_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi soni taqdim etilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
15-may – Xalqaro oila kuni

🕊Oila – qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlab qoluvchi va avlodlarga yetkazuvchi eng muhim maskandir. Har bir inson hayotining tayanch nuqtasi, jamiyatning mustahkam poydevori aynan oiladan boshlanadi.

💐 “Hududgazta’minot” AJ jamoasi Xalqaro oila kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan muborakbod etadi! Har bir xonadonda tinchlik, birdamlik va baxt-muruvvat doimo barqaror bo‘lsin. Farzandlarimiz ezgu orzular sari intilib, maʼnaviy yetuk, barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetsin.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from MINENERGY.UZ
#qonunchilikdagi_yangiliklar

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi


Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.

III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.

Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.

Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.

Tabiiy gaz bo‘yicha barcha iste’molchilar uchun (alohida toifalardan tashqari) 1 kub metr gaz narxi 2 ming so‘m etib belgilandi. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun tarif 1 kub metr uchun 2 ming 750 so‘mni tashkil etadi.

Aholi uchun tabiiy gaz tariflari ham tabaqalashtirilgan tartibda saqlanib, isitish mavsumida oyiga 500 kub metrgacha, boshqa mavsumlarda esa 100 kub metrgacha iste’mol uchun 1 kub metr gaz 1 ming 100 so‘mdan hisoblanadi.

Qaror bilan energiya resurslarini yetkazib berishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar ham belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Forwarded from MINENERGY.UZ
#новости_законодательства

С 1 июня вводятся новые тарифы на электроэнергию и природный газ


Соответствующее постановление правительства (№243, от 15.05.2026 г.) утвердило новые тарифы на электроэнергию и природный газ с 1 июня 2026 года.

Согласно постановлению, для потребителей I и II групп цена за 1 кВт·ч электроэнергии установлена в размере 1100 сумов. Для потребителей IV группы также установлена цена 1100 сумов за 1 кВт·ч электроэнергии.

Для III группы, включая население, сохранены дифференцированные тарифы.

В частности, для населения, проживающего в многоквартирных домах и общежитиях, оборудованных централизованными электроплитами для приготовления пищи:
до 200 кВт·ч в месяц — 325 сумов;
от 201 до 500 кВт·ч в месяц — 450 сумов;
от 501 до 1000 кВт·ч в месяц — 550 сумов.

Для остальных бытовых потребителей:
до 200 кВт·ч в месяц — 650 сумов;
от 201 до 500 кВт·ч в месяц — 900 сумов;
от 501 до 1000 кВт·ч в месяц — 1100 сумов.

Для потребления больших объемов сохраняются тарифы с повышающим коэффициентом.

Для всех потребителей природного газа (за исключением отдельных категорий) цена за 1 кубический метр газа установлена в размере 2000 сумов. Для компрессорных станций заправки автомобилей газом тариф составляет 2750 сумов за 1 кубический метр.

Тарифы на природный газ для населения также сохраняются в дифференцированном порядке: в отопительный сезон до 500 кубометров в месяц, в другие сезоны — до 100 кубометров в месяц цена за 1 кубометр газа составляет 1100 сумов.

Постановлением также определены дополнительные задачи по сокращению потерь при поставке энергоресурсов, повышению энергоэффективности и улучшению качества услуг.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#sport

“Hududgaz Poytaxt” GTFda ishchi-xodimlar oʻrtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa jamoada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, hamjihatlik va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi. Bahslar davomida ishtirokchilar yuqori kayfiyat, sportga boʻlgan qiziqish va haqiqiy jamoaviy birdamlik namunasini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida gʻolib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati