#energetika_haftaligi
O‘zbekiston energetika haftaligi: Energetika vazirligi va Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Muloqot davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning bugungi holati, ularni jadallashtirish hamda mavjud masalalarni tezkor hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Buxoro viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi hamda 100 MVt/200 MVt•soat energiya saqlash tizimini qurish loyihasi, shuningdek, Toshkent viloyatida quvvati 200 MVt/800 MVt•soat energiya saqlash tizimini barpo etish loyihasining amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi. Tomonlar Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tegishli bitimni imzolash masalasiga ham alohida to‘xtaldilar.
Shuningdek, Toshkent viloyatida quvvati 500 kVt bo‘lgan agrovoltaika quyosh elektr stansiyasini joriy yil iyul oyida ishga tushirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
—————
#энергетическая_неделя
«Энергетическая неделя Узбекистана»: состоялась встреча между руководством Министерства энергетики и французской компании «Voltalia»
В ходе диалога стороны обменялись мнениями о текущем состоянии совместных проектов, реализуемых в энергетической сфере, вопросах ускорения их реализации, а также оперативного решения имеющихся вопросов.
В частности, обсуждены ход реализации проекта строительства ветряной электростанции мощностью 100 МВт и системы хранения энергии мощностью 100 МВт/200 МВт·ч в Бухарской области, а также проекта строительства системы хранения энергии мощностью 200 МВт/800 МВт·ч в Ташкентской области. Стороны также отдельно остановились на вопросе подписания соответствующего соглашения в рамках Ташкентского международного инвестиционного форума.
Кроме того, была рассмотрена работа по запуску в июле текущего года в Ташкентской области агровольтаической солнечной электростанции мощностью 500 кВт.
По итогам встречи достигнута договоренность о дальнейшем укреплении сотрудничества в целях своевременной и эффективной реализации проектов.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

#Energetika_haftaligi #WomenInEnergy
O‘zbekiston Energetika haftaligi doirasida “Energetika sohasida ayollar: yetakchilikka yo‘l” mavzusida muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda energetika tarmog‘ida xotin-qizlarning o‘rni, ularning professional va yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, inklyuziv korporativ muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Sessiyada Energetika vazirligi bosh mutaxassisi Dilshoda Rustamova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
—————
#Энергетическая_неделя #WomenInEnergy
В рамках Энергетической недели Узбекистана состоялась панельная сессия на тему «Женщины в энергетике: путь к лидерству».
В ходе мероприятия были обсуждены роль женщин в энергетической отрасли, вопросы развития их профессионального и лидерского потенциала, а также формирования инклюзивной корпоративной среды.
В сессии с докладом приняла участие главный специалист Министерства энергетики Дильшода Рустамова.

U o‘z chiqishida Energetika vazirligining gender strategiyasini taqdim etib, unda xodimlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, energetika sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar siyosatida gender muvozanatini rivojlantirish, shuningdek, gender belgisi bo‘yicha kamsitish va biryoqlama munosabatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.
Muhokamalar davomida yuqori texnologiyali sohalarda ayollarning karyera rivoji, madaniy va institutsional to‘siqlarni yengib o‘tish, hissiy intellekt va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash, STEM ta’limini rivojlantirish hamda qizlarning fan va texnologiyalarga qiziqishini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida energetika sohasida xotin-qizlar salohiyatini kengaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.
—————
#Энергетическая_неделя #WomenInEnergy
В рамках Энергетической недели Узбекистана состоялась панельная сессия на тему «Женщины в энергетике: путь к лидерству».
В ходе мероприятия были обсуждены роль женщин в энергетической отрасли, вопросы развития их профессионального и лидерского потенциала, а также формирования инклюзивной корпоративной среды.
В сессии с докладом приняла участие главный специалист Министерства энергетики Дильшода Рустамова.
На пленарной сессии она представила гендерную стратегию Министерства энергетики, направленную на обеспечение равных возможностей для сотрудников, поддержку женщин в энергетической отрасли, развитие гендерного баланса в кадровой политике, а также предупреждение дискриминации и предвзятого отношения по гендерному признаку.
Участники обсудили вопросы карьерного роста женщин в высокотехнологичных сферах, преодоления культурных и институциональных барьеров, развития эмоционального интеллекта и лидерских качеств, баланса между работой и личной жизнью, продвижения STEM-образования, а также повышения интереса девушек к науке и технологиям.
По итогам сессии была подчеркнута важность расширения возможностей женщин в энергетической сфере, их поддержки и создания более благоприятных условий для профессионального развития.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#energetika_haftaligi
O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Energetika vazirligi hamda Turkiyaning “Artibir Group” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Toshkent shahridagi issiqlik markazlarida kogeneratsion gaz-porshenli elektr stansiyalarini qurish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, issiqlik markazlari hududida kogeneratsion gaz-porshenli elektr stansiyalarini barpo etish loyihasi doirasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
—————
#energetika_haftaligi
В рамках Энергетической недели Узбекистана состоялась встреча между руководством Министерства энергетики и турецкой компании «Artibir Group».
В ходе диалога были обсуждены вопросы строительства когенерационных газопоршневых электростанций на теплоцентралях города Ташкента.
В частности, достигнута договоренность о сотрудничестве в рамках проекта по строительству когенерационных газопоршневых электростанций на территории теплоцентралей.

😊😊😊😊😊
⚡️“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
https://hududgaz.uz/ads?id=16749
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!
Tabiiy gazning portlash xususiyatiga ega ekanligini doimo yodda tuting. Kundalik hayotda tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
Sizning farovon hayot kechirishingiz uchun barcha qulay sharoitlar yaratilmoqda. Buni qadrlang hamda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish yoki to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik yurtimiz iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati

Bugun “Uzbekistan Energy Week 2026” xalqaro energetika haftaligining yakuniy kuni
Yakuniy kun dasturi doirasida ishbilarmonlik sessiyalari va B2B uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Unda energetika sohasining dolzarb tendensiyalari muhokama qilinib, zamonaviy innovatsion texnologiyalar hamda ilg‘or yechimlar taqdim etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun “Uzbekistan Energy Week 2026” xalqaro energetika haftaligining yakuniy kuni
Yakuniy kun dasturi doirasida ishbilarmonlik sessiyalari va B2B uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Unda energetika sohasining dolzarb tendensiyalari muhokama qilinib, zamonaviy innovatsion texnologiyalar hamda ilg‘or yechimlar taqdim etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Eng yaxshi startap loyiha”lar tanlovi yakunlandi
“O‘zbekiston energetika haftaligi” hamda 28-xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi” (OGU-2026) ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi startap loyiha” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov neft-gaz sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish, yoshlarning ilmiy va ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratildi.
Yakuniy bosqichga saralangan loyihalar orasidan quyidagilar g‘olib deb topildi:
🥇1-o‘rin — Abduaziz Ochilov (“Uzbekistan GTL” MChJ)
— GTL texnologiyasi asosida ishlab chiqarilayotgan sintetik dizel mahsulotining moylovchanlik xossasini yaxshilovchi qo‘shimchani mahalliy xomashyolar asosida sintez qilish loyihasi.
🥈2-o‘rin — Dilshod Xomidov (“Buxoro NQIZ” MChJ)
— Neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlari uchun polimer germetik modulli ponton loyihasi.
🥉3-o‘rin — Muzaffar Hazratqulov (“Sho‘rtan GKM” MChJ)
— Sanoat va maishiy oqova suvlarni qayta ishlab, daraxtlarni sug‘orish suvi sifatida foydalanish loyihasi.
G‘oliblar pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, eng yaxshi loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda grant dasturlariga tavsiya qilish rejalashtirilgan.

#yoshlar_uchrashuv
“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🎓⚡️Bugun, 14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Energetika vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.