"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.73K photos
1.14K videos
3 files
2.41K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#energetika_haftaligi

Dastlabki soatlardanoq yuqori faollik va katta qiziqish

OGU va Power Uzbekistan 2026 koʻrgazmasida ayni paytda haqiqiy qizgʻin muhit hukm surmoqda — pavilyonlar soha mutaxassislari, xalqaro kompaniyalar vakillari, investorlar hamda energetika sohasi mutaxassislari bilan gavjum.

Faol muzokaralar, yangi hamkorlik aloqalari, innovatsion texnologiyalar taqdimotlari va ishtirokchilar stendlariga boʻlgan yuqori qiziqish Uzbekistan Energy Weekʻning mintaqa energetika sanoati uchun muhim platforma ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

—————
#энергетическая_неделя

Толпы посетителей, живой интерес и мощная энергетика с первых часов открытия

На OGU и Power Uzbekistan 2026 уже настоящий ажиотаж — павильоны заполнены специалистами отрасли, представителями международных компаний, инвесторами и экспертами энергетического сектора.

Активные переговоры, новые знакомства, презентации технологий и высокий интерес к стендам участников подтверждают: Uzbekistan Energy Week — ключевая площадка энергетической индустрии региона.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных услуг.

#Mirziyoyev #taqdimot #davlatxizmatlari #adliya

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Qirg‘iz Respublikasi Energetika vazirliklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

—————
#энергетическая_неделя
#сотрудничество

В рамках Энергетической недели Узбекистана состоялись встречи с представителями министерств энергетики Казахстана, Туркменистана, Азербайджана и Кыргызской Республики.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

Uzbekistan Energy Week 2026” doirasida yetakchi xalqaro energetika kompaniyalari va tashkilotlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Chen Junli —China National Nuclear Corporationvitse-prezidenti va yetakchi partiya guruhi aʼzosi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, ilgʻor texnologik yechimlarni joriy etish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda institutsional bazani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

—————
#энергетическая_неделя
#сотрудничество

В рамках «Uzbekistan Energy Week 2026» продолжаются двусторонние встречи и переговоры с представителями ведущих международных энергетических компаний и организаций.

Министр энергетики
Республики Узбекистан Журабек Мирзамахмудов провёл встречу с Chen Junli — вице-президентом и членом руководящей партийной группы «China National Nuclear Corporation».

В ходе переговоров стороны обсудили перспективы развития сотрудничества в сфере атомной энергетики, реализацию совместных проектов, внедрение передовых технологических решений, а также подготовку национальных кадров и развитие институциональной базы.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Vengriyaning yirik energetika kompaniyasi — “MOL Group” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

—————
#энергетическая_неделя
#сотрудничество

В рамках Энергетической недели Узбекистана состоялась встреча с представителями крупнейшей венгерской энергетической компании «MOL Group».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida energetika sohasidagi hamkorlik, xususan elektrlashtirish rejalari hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik boʻyicha tajriba va fikr almashildi.

Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va oʻzaro manfaatli loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladi.
—————
#энергетическая_неделя
#сотрудничество

В рамках Энергетической недели Узбекистана министр энергетики Республики Узбекистан Журабек Мирзамахмудов провёл встречу с делегацией Республики Беларусь во главе с министром энергетики Денисом Морозом.

В ходе встречи были обсуждены вопросы сотрудничества в энергетической сфере, в частности планы по электрификации и развитию электротехнической промышленности. Также состоялся обмен опытом и мнениями по взаимодействию с международными компаниями в области возобновляемых источников энергии.

Стороны подчеркнули заинтересованность в дальнейшем расширении сотрудничества в энергетической сфере, внедрении современных технологий и развитии взаимовыгодных проектов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24

O‘zbekiston xalqaro energetika haftaligi

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24

O‘zbekiston xalqaro energetika haftaligi

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24

Неделя энергетики Узбекистана

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

O‘zbekistonda yirik energetika loyihalari qurilishiga start berildi


“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “AMEA Power” kompaniyasi tomonidan yurtimizdagi yana bir yirik energetika loyihasi qurilishiga start berildi. Xususan:

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qiymati 86,1 mln dollar bo‘lgan 150 MVt quvvatli (300 MVt·soat) energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi.

Bundan tashqari kelgusida ushbu Hamkor bilan birgalikda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 200 MVt quvvatli (800 MVt·soat) energiya saqlash stansiyasi barpo etish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 200 mln dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida esa qiymati 1,06 mlrd dollar bo‘lgan 1 000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi va 40 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi ham amalga oshirmoqda.

Mazkur loyihalar yurtimiz energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

—————
#энергетическая_неделя
#сотрудничество

В Узбекистане дан старт строительству крупных энергетических проектов

В рамках «Энергетической недели Узбекистана – 2026» Министерство энергетики Узбекистана и компания «AMEA Power» из ОАЭ дали старт реализации очередных крупных энергетических проектов в нашей стране. В частности:

В Мирзо-Улугбекском районе Ташкента началось строительство системы хранения энергии мощностью 150 МВт (300 МВт·ч) стоимостью 86,1 млн долларов.

Кроме того, в будущем совместно с данным партнером планируется строительство станции хранения энергии мощностью 200 МВт (800 МВт·ч) в Гиждуванском районе Бухарской области. Общая стоимость проекта составляет 200 млн долларов.

Также в Кунградском районе Республики Каракалпакстан реализуется проект строительства ветряной электростанции мощностью 1 000 МВт и линии электропередачи протяженностью 40 км стоимостью 1,06 млрд долларов.

Данные проекты послужат дальнейшему укреплению энергетической инфраструктуры страны, расширению использования возобновляемых источников энергии и повышению стабильности энергоснабжения.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#energetika_haftaligi
#hamkorlik

O‘zbekiston energetika haftaligi”: “bp” xalqaro kompaniyasi Ustyurt hududidagi mahsulot taqsimotiga oid bitimga qo‘shildi

Mazkur bitim Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt mintaqasida joylashgan Boyterak, Terengquduq, Birqori, Haroy, Qoraqalpoq va Qulboy bloklarini qamrab oladi.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston neft va gazi – 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida imzolangan kelishuvda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov, Ozarbayjon Respublikasining SOCAR kompaniyasi prezidenti Rovshan Najaf hamda “bp” kompaniyasining Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya bo‘yicha mintaqaviy prezidenti Djiovanni Kristofoli ishtirok etdi.

Mazkur loyiha kompaniyaning O‘zbekistondagi ilk tashabbusi bo‘lib, u “O‘zbekneftgaz” va SOCAR bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Katta resurs salohiyatiga ega bulgan ushbu loyiha neft-gaz resurslarini qidirish va o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirish va uzoq muddatli manfaatlar yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB) “bp” kompaniyasining kidiruv portfelini kengaytirish va uzoq muddatli o‘sish strategiyasining muhim qismi ekani qayd etildi.

Bitimdagi tomonlarning ulushlari quyidagicha belgilangan:
“bp” kompaniyasi – 40 foiz,
“SOCAR” kompaniyasi – 30 foiz va “O‘zbekneftgaz” AJ – 30 foiz.

Ma’lumot uchun, ushbu MTB dastlab 2025-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” va SOCAR o‘rtasida imzolangan. Ayni paytda loyiha birinchi bosqichda bo‘lib, SOCAR operator sifatida seysmik qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt