"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухару.

По приглашению главы нашего государства Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 11 апреля посетит нашу страну с рабочим визитом. В рамках программы в Бухаре пройдут переговоры на высшем уровне и другие мероприятия.

#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #Qozogiston

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt gaz taʻminoti” filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun kinoteatrga tashrif tashkil etildi. Unda xodimlar “Amir Temur” badiiy filmini tomosha qilishdi.

Mazkur tadbir xodimlarda tarixiy merosimizga hurmatni oshirish, shuningdek, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat hududida gaz taʼminoti yaxshilanmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi kichik sanoat zonasida gaz taʼminotini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hududdagi qoʻshqator gaz quvurlari tartibga keltirilib, mavjud tarmoqlar texnik va estetik jihatdan yangilanmoqda. Shuningdek, eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy, xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan yangi qurilmalarga almashtirilmoqda.

Mazkur hududda olib borilayotgan ishlar jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddilari hamda “Hududgaz Poytaxt” GTF rahbariyati tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, xavfsizlik talablari va loyiha yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur chora-tadbirlar hududda gaz taʼminoti barqarorligini oshirish hamda isteʼmolchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Yoshlar bilan ochiq muloqot

9-aprel kuni “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi M.Xodjayev ishtirokida Buxoro davlat texnika universitetida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Jamiyat mutasaddilari, universitet rahbariyati, Buxoro viloyati gaz taʼminoti tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning kasbiy rivoji, ularni sohada bandligini taʼminlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, sohada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, stajirovka dasturlarini kengaytirish, ustoz-shogird anʼanasini rivojlantirish hamda oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olish imkoniga ega boʻldi.

Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga chet tillarini oʻrganish uchun vaucherlar topshirildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_va_yoshlar

Buxoroda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Unda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi Buxoro viloyati gaz taʼminoti tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda BDTU talabalari bilan suhbat qurdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Sharof Rashidov tumanida 3,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSH aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining topshirigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jamiyat Metrologik taʼminot boshqarmasi, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Ch. Y.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSH) xatlov oʻtkazildi.

Oʻrganish vaqtida AGTKSHdagi hisoblash uskunasiga oʻzboshimchalik bilan tashqi taʼsir oʻtkazilgani aniqlandi.

Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 3 milliard 166 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM