"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 10-aprel kuni Yangihayot, Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Xushnud” MFY.

Olmazor tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Miskin” MFY.

Yunusobod tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Jomiy”, “Yangiariq”, “Turkqo'rg'on” va “Usta Shirin” MFYlar.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining “Humoyun” va “A. Yugnakiy” MFYlaridagi aholi iste’molchilarida 10-aprel kuni soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Yangihayot tumani “Tashabbus” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda ta’minot vaqtincha to‘xtatildi.

“Tashabbus” MFY Sergeli 5A mavzesidagi 10 ta ko‘p qavatli uy
“Yangi umid” MFY Sergeli 5A mavzesidagi 15 ta ko‘p qavatli uy

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухару.

По приглашению главы нашего государства Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 11 апреля посетит нашу страну с рабочим визитом. В рамках программы в Бухаре пройдут переговоры на высшем уровне и другие мероприятия.

#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #Qozogiston

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt gaz taʻminoti” filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun kinoteatrga tashrif tashkil etildi. Unda xodimlar “Amir Temur” badiiy filmini tomosha qilishdi.

Mazkur tadbir xodimlarda tarixiy merosimizga hurmatni oshirish, shuningdek, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat hududida gaz taʼminoti yaxshilanmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi kichik sanoat zonasida gaz taʼminotini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hududdagi qoʻshqator gaz quvurlari tartibga keltirilib, mavjud tarmoqlar texnik va estetik jihatdan yangilanmoqda. Shuningdek, eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy, xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan yangi qurilmalarga almashtirilmoqda.

Mazkur hududda olib borilayotgan ishlar jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddilari hamda “Hududgaz Poytaxt” GTF rahbariyati tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, xavfsizlik talablari va loyiha yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur chora-tadbirlar hududda gaz taʼminoti barqarorligini oshirish hamda isteʼmolchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Yoshlar bilan ochiq muloqot

9-aprel kuni “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi M.Xodjayev ishtirokida Buxoro davlat texnika universitetida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Jamiyat mutasaddilari, universitet rahbariyati, Buxoro viloyati gaz taʼminoti tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning kasbiy rivoji, ularni sohada bandligini taʼminlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, sohada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, stajirovka dasturlarini kengaytirish, ustoz-shogird anʼanasini rivojlantirish hamda oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olish imkoniga ega boʻldi.

Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga chet tillarini oʻrganish uchun vaucherlar topshirildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz