"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.58K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish

“Hududgazta’minot” AJning “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalari yuzasidan berilgan topshirig‘iga asosan Toshkent shahrida hududlararo seminar-treninglar boshlandi. Dastlabki seminar Mirobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislariga tegishli tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida aholi murojaatlarini qabul qilish va ularni tezkor hamda sifatli ko‘rib chiqish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlab, ularning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab oldilar.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

#Amir_Temur #690_yilligi

Bugun - yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Temur bobomiz tavallud topgan kun


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Murojaatlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilmoqda

“Hududgazta’minot” AJning “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalari yuzasidan berilgan topshirig‘iga asosan Toshkent shahrida hududlararo seminar-treninglar davom etmoqda. Navbatdagi seminar Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislariga tegishli tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni qisqa muddatlarda samarali ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini kuchaytirish, shuningdek, kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida muammolarning ildiz sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda aholi bilan samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 10-aprel kuni Yangihayot, Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Xushnud” MFY.

Olmazor tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Miskin” MFY.

Yunusobod tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Jomiy”, “Yangiariq”, “Turkqo'rg'on” va “Usta Shirin” MFYlar.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining “Humoyun” va “A. Yugnakiy” MFYlaridagi aholi iste’molchilarida 10-aprel kuni soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Yangihayot tumani “Tashabbus” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda ta’minot vaqtincha to‘xtatildi.

“Tashabbus” MFY Sergeli 5A mavzesidagi 10 ta ko‘p qavatli uy
“Yangi umid” MFY Sergeli 5A mavzesidagi 15 ta ko‘p qavatli uy

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухару.

По приглашению главы нашего государства Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 11 апреля посетит нашу страну с рабочим визитом. В рамках программы в Бухаре пройдут переговоры на высшем уровне и другие мероприятия.

#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #Qozogiston

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt gaz taʻminoti” filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun kinoteatrga tashrif tashkil etildi. Unda xodimlar “Amir Temur” badiiy filmini tomosha qilishdi.

Mazkur tadbir xodimlarda tarixiy merosimizga hurmatni oshirish, shuningdek, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat hududida gaz taʼminoti yaxshilanmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi kichik sanoat zonasida gaz taʼminotini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hududdagi qoʻshqator gaz quvurlari tartibga keltirilib, mavjud tarmoqlar texnik va estetik jihatdan yangilanmoqda. Shuningdek, eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy, xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan yangi qurilmalarga almashtirilmoqda.

Mazkur hududda olib borilayotgan ishlar jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddilari hamda “Hududgaz Poytaxt” GTF rahbariyati tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, xavfsizlik talablari va loyiha yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur chora-tadbirlar hududda gaz taʼminoti barqarorligini oshirish hamda isteʼmolchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati