"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.58K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 2-aprel kuni Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yakkasaroy tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — “Yakkasaroy” MFY Sh.Rustaveli ko‘chasi 140, 142, 144, 146, Farhod ko‘chasi 7a, 10, 12-ko‘p qavatli uylar

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘lkamizda fasllar kelinchagi – bahor nafasi kezib, yangilanish va yasharish fasli kirib kelgan ushbu fayzli kunlarda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi.

Bayram munosabati bilan doshqozonlarda sumalaklar qaynatilib, soha faxriylari, tizimda faoliyat olib borayotgan tuman bo‘limlari vakillari taklif etildi. Shuningdek, filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi hamkorligida milliy an’analarimizga xos bayram dasturxoni yozilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, jamoa birdamligini mustahkamlash va keksalarga hurmat ko‘rsatishning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir tumani “Iyk ota" MFY iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 3-aprel kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida 2,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining toshirigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura ishchi guruhi, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etildi.

Tumanning “Guzarboshi” MFY Hurriyat koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Oʻ. oʻz yashash manzilida sumalak tayyorlash sexi tashkil qilib, tarmoqqa rezina shlang orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 442 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot tumani “Toshkent" MFY iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 6-aprel kuni soat 11:00 dan 14:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Samarqand tumanida 1,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura, “Hududgaztaʼminot” AJ, filial kompleans nazorat tuzilmalari va Oʻzenergoinspeksiya hamkorligida Samarqand tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Tumanning “Shirinobod” MFYda joylashgan “S. I. D.” oilaviy korxonasiga qarashli parrandachilik fermasida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1,1 milliard soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir tumani Iyk Ota" MFY iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 7-aprel kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Uchtepa tumanida kommunal toʻlovlar uchun navbat yuzaga kelgani aks etgan holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Videoda tasvirlangan kassa gaz taʼminoti tashkilotiga tegishli boʻlmagan, balki tender asosida tashqi xizmat koʻrsatuvchi korxona tomonidan tashkil etilgan nuqta hisoblanadi. Bu yerda koʻrsatiladigan xizmatlar gaz taʼminoti tizimiga kirmaydi va ular faoliyati yuzasidan Jamiyat tomonidan qoʻshimcha haq undirilishi haqida maʼlumot mavjud emas. Qayd etish kerak, gaz taʼminoti boʻlimlari huzuridagi kassalar faoliyati toʻxtatilgan boʻlib, barcha hisob-kitoblar zamonaviy raqamli tizimlar orqali amalga oshirilmoqda.

Oʻrganishlar davomida ushbu holat qish mavsumida, oy boshida nafaqa oluvchi fuqarolarning bir vaqtning oʻzida kommunal toʻlovlarni amalga oshirish uchun tashrif buyurgani natijasida yuzaga kelgani aniqlandi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda gaz taʼminoti uchun toʻlovlar toʻliq raqamlashtirilib, naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Fuqarolar toʻlovlarni bank ilovalari, toʻlov tizimlari hamda boshqa onlayn platformalar orqali qulay va navbatlarsiz amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida 2,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 8-aprel kuni Bektemir, Chilonzor, Yangihayot, tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — Gulbog' MFY

Chilonzor tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Beshqo'rg'on” va "Bekto'pi" MFYlar

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Mash'al”, MFY

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Vazirlik, idora va tashkilotlarda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi namuna bo‘lib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar sport zali bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi bo‘yicha yiliga 2 marta musobaqa tashkil qilib, g‘oliblarni taqdirlash topshirildi.

Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkazilishi belgilandi.

Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 9-aprel kuni Yunusobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 13:00 gacha) — “Otchopar”, “Bobodehqon”, “Gulzor” va “Ibrohim ota” MFYlar.

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Binokor” MFY.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish

“Hududgazta’minot” AJning “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalari yuzasidan berilgan topshirig‘iga asosan Toshkent shahrida hududlararo seminar-treninglar boshlandi. Dastlabki seminar Mirobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislariga tegishli tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida aholi murojaatlarini qabul qilish va ularni tezkor hamda sifatli ko‘rib chiqish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlab, ularning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab oldilar.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

#Amir_Temur #690_yilligi

Bugun - yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Temur bobomiz tavallud topgan kun


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Murojaatlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilmoqda

“Hududgazta’minot” AJning “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalari yuzasidan berilgan topshirig‘iga asosan Toshkent shahrida hududlararo seminar-treninglar davom etmoqda. Navbatdagi seminar Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislariga tegishli tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni qisqa muddatlarda samarali ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini kuchaytirish, shuningdek, kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida muammolarning ildiz sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda aholi bilan samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 10-aprel kuni Yangihayot, Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Xushnud” MFY.

Olmazor tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — "Miskin” MFY.

Yunusobod tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Jomiy”, “Yangiariq”, “Turkqo'rg'on” va “Usta Shirin” MFYlar.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining “Humoyun” va “A. Yugnakiy” MFYlaridagi aholi iste’molchilarida 10-aprel kuni soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati