"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 30-mart kuni Yashnabod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnabod tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) - Chashma, Z.Shamsuddinova va Shavkat ko’chalari

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha) - “Ustozlar” MFY Nurli y’ol ko’chasi

Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00gacha) - "Beshyog’och” MFY Furqat ko’chasi

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj

Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi

“Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
👍 Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Avvalroq mamlakatimiz axborot makonida yilning eng yirik ta’limiy-amaliy voqeligi — butun respublikani qamrab oluvchi “Media haftalik” loyihasi o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.

Orolbo‘yi hududida start olgan ilk haftalik doirasida qatnashchilar zamonaviy media muhitidagi dolzarb masalalar yuzasidan ko‘nikmalarini oshiradi.

Mashg‘ulotlar samaradorligini ta’minlash hamda har bir kasbiy yo‘nalishlar kesimida chuqurlashtirilgan va ixtisoslashgan bilimlarni berish maqsadida, o‘quv-seminarlar sessiyalarga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda.

Dastur kontent yaratish, matnli va vizual formatlar hamda janrlarning qo‘llanishi, axborot xavfsizligi, strategik kommunikatsiya, media menejment, SMM hamda sun’iy intellektdan foydalanish kabi ko‘plab muhim mavzularni qamrab oladi.

Trening va mahorat darslari davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Tadbirda ilg‘or ekspertlar, amaliyotchi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar hamda mutaxassislar spiker sifatida qatnashmoqda. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.

“Media haftalik”ning muhim jihati — ishtirokchilarga alohida e’tibor qaratilgani bilan ajralib turadi. Tadbir davomida o‘nlab intervyular, ochiq muloqotlar va fikr almashinuvlar tashkil etilib, ishtirokchilarning o‘zlari media sohasidagi muammolar, kutilayotgan natijalar va erishilgan yutuqlar haqida fikr bildiradi. Bu esa loyiha samaradorligini yanada oshirib, real natijalarni namoyon etishga xizmat qiladi.

📇 Haftalik doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus sessiyalar tashkil etilgan:
• bosma va internet nashrlari jurnalistlari,
• telejurnalistlar va operatorlar,
• davlat organlari matbuot kotiblari,
• blogerlar va kontent yaratuvchilar,
• mobilograflar va SMM mutaxassislari.


Shuningdek, davlat organlarining ochiqligi, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborot siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

⚡️ Haftalik yakunida Media forum tashkil etilib, unda tadbir natijalari sarhisob qilinadi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan axborot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению прогнозных экономических показателей в первом квартале 2026 года и смягчению негативного влияния нестабильной ситуации на мировом рынке на национальную экономику.

#Mirziyoyev #axborot #iqtisodiyot #barqarorlik

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tumani “Zarhal” MFYda gaz taʼminoti infratuzilmasini yaxshilandi

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda bu kabi muammolarni manzilli hal etish, murojaatlarni mahallalar kesimida oʻrganish va joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, qish mavsumida kamchiliklar aniqlangan hududlarda gaz taʼminotini yaxshilash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumani “Zarhal” MFY avval gaz taʼminoti bilan bogʻliq ayrim muammolar kuzatilgan mahallalardan biri boʻlib, aholidan bu borada murojaatlar kelib tushgan. Hududdagi gaz infratuzilmasi tartibga keltirilib, 2,1 km qoʻshqator hamda tartibsiz gaz quvurlari bitta tarmoqqa birlashtirildi va ularning texnik-estetik holati yaxshilandi. Jami 336 ta xonadon ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazilib, avtomatlashtirilgan mahalla isteʼmol nazorat-hisob balansi joriy etildi. Bundan tashqari, 282 ta muammoli gaz hisoblagich xatlovdan oʻtkazilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi va 100 dan ortiq nostandart gaz uskunalari zamonaviysiga almashtirildi.

Natijada hududdagi isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti sezilarli darajada yaxshilandi. Mazkur ishlar aholi murojaatlarini kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va gaz taʼminotida barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 31-mart kuni Yakkasaroy, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yakkasaroy tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Shoxjahon” MFY

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Yangi turmush” MFY

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “A. Navoiy”, “Geologlar”, “Jasorat” va “Geofizika” MFYlar

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Sohibqiron”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, “Ziynat” MFYlar

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Katta Qani” MFY

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 1-aprel kuni Bektemir, Chilonzor, Yangihayot va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — Gulbog‘ MFY

Chilonzor tumani (soat 12:00 dan 14:00 gacha) — “Navbahor” MFY

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Mash’al”, “Uzumzor”, “Choshtepa” MFYlar

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “O‘rda” MFY

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari boshqa kunga qoldirilgani munosabati bilan mazkur hududlarda 1-aprel kuni gaz taʼminoti toʻxtatilmasligini maʼlum qilamiz.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
❗️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.

“Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin:

☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)

📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz

📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz

📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” GTB avariya-dispetcherlik xizmati — kecha-kunduz siz bilan!

Tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq har qanday muammo yoki nosozlik yuzaga kelganda, darhol murojaat qiling.

104 yoki 1104 — 24/7 xizmatda.

Sizning xavfsizligingiz va qulayligingiz — biz uchun ustuvor!

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati