"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.8K subscribers
5.68K photos
1.13K videos
3 files
2.38K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Bektemir, Yakkasaroy, Uchtepa, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining quyidagi hududlariga 27-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani (11:00 dan 13:00 gacha):
“Alisher Navoiy” MFY Intizor va Zulayho koʻchalaridagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Sergeli tumani (10:00 dan 12:00 gacha): “Ko‘xna Qumariq” MFY Zarxal, Zamaxshariy va Shoshkent ko‘chalari, “Ziyolilar” MFY Obod, Fayz ko‘chalaridagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Majnuntol‘” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Samarqand” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Uchtepa tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Qoziguzar” MFY Qoziguzar koʻchasidagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar

Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00 gacha): “Lutfiy” MFY Bog‘iston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Yunusobod tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Katta Hasanboy” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#naqdsiz_hisob_kitob

2026-yil 1-apreldan kommunal xizmatlar va yoqilg‘i to‘lovlari to‘liq
naqdsiz shaklga o‘tadi.

—————
#безналичный_расчёт

С 1 апреля 2026 года платежи за коммунальные услуги и топливо будут осуществляться полностью в
безналичной форме.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о проводимой в нефтегазовой отрасли работе по стабилизации объемов добычи и освоению новых запасов.

#Mirziyoyev #hisobot #energetika #neftgaz

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Angren shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Ushbu yoʻnalishda joylarda amaliy ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va tezkor hal etish maqsadida Toshkent viloyatining olis hududi hisoblangan Angren shahrining “Lashkarak” MFYda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Tadbirda “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali mutasaddilari hamda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etdi.

Yuzga yaqin murojaatchilar ishtirok etgan sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

“Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur sayyor qabulda Angren shahar hokimi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi. Bu esa fuqarolarning nafaqat gaz taʼminoti, balki boshqa yoʻnalishlardagi murojaatlarini ham kompleks tarzda koʻrib chiqish imkonini yaratdi.

Tadbir doirasida koʻrgazmali saf koʻrigi tashkil etilib, suyultirilgan va tabiiy gaz taʼminoti jarayonlari, xavfsizlik qoidalari hamda zamonaviy xizmatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, maxsus guruhlar tomonidan mahallada xonadonma-xonadon oʻrganish ishlari amalga oshirilib, mavjud muammolar joyida bartaraf etildi hamda aholiga xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, Angren shahridagi “Lashkarak”, “Nishbosh” va “Jigariston” mahallalarida jami 1,1 mingga yaqin suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, ular belgilangan reja-grafik asosida maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlab kelinmoqda.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni joyida hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Angren shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Yuzga yaqin murojaatchilar ishtirok etgan sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doimiy nazoratda.

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Yangihayot tumani “Tashabbus” MFYdagi yer osti quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida hududdagi 6 ta ko‘p qavatli uyda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent va Buxoroda o‘tgan sermahsul uchrashuvlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Плодотворные встречи Президентов Узбекистана и Таджикистана, прошедшие в Ташкенте и Бухаре, стали еще одним важным шагом в укреплении вековых уз дружбы, добрососедства и взаимного уважения.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimiz hududlarida iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman gaz ta’minoti bo’limlari tomonidan kompleks ishlar olib borilmoqda.

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 30-mart kuni Yashnabod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnabod tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) - Chashma, Z.Shamsuddinova va Shavkat ko’chalari

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha) - “Ustozlar” MFY Nurli y’ol ko’chasi

Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00gacha) - "Beshyog’och” MFY Furqat ko’chasi

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati