"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.56K photos
1.09K videos
3 files
2.34K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных общенациональных проектах в сфере экологии и охраны окружающей среды.

#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #iqlim

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murojaat va yechim

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olingan. Gaz taʼminoti tizimida murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, energetika sohasi korxonalari mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, hududlarda ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq murojaatlar qisqa muddatlarda oʻrganilib, mavjud muammolar joyida bartaraf etilmoqda. Samarqand viloyati Jomboy tumani “Naymantepa” MFYda istiqomat qiluvchi isteʼmolchining murojaati oʻsha kunning oʻzida ijobiy hal etildi.

Qayd etish kerak, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan har bir murojaat eʼtibor markazida boʻlib, ularni oʻz vaqtida va sifatli hal etish ustuvor vazifa hisoblanadi.

💬
Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi obyektlar loyihalari bilan tanishadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой в Новом Ташкенте созидательной работой и проектами новых объектов.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#teletahlil

Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlash choralari


“Toshkent” telekanalining “Teletahlil” koʻrsatuvida Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil soʻz bordi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energo_dayjest

🗣Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

🗣2026-yil 1-apreldan kommunal xizmatlar va yoqilg‘i to‘lovlari to‘liq naqdsiz shaklga o‘tadi

🗣Murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash maqsadida ishchi guruh tuzildi

🗣O‘zbekiston energetika tizimida energiya saqlash tizimlari rivojlanmoqda

🗣Elektr stansiyalar orqali ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davridagidan 107 foizga ko‘p bo‘ldi

🗣“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ xalqaro ESG reytingiga ega bo‘ldi

🗣GESlar yil boshidan buyon 1 mlrd kVt·soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqardi – bu rejaga nisbatan 106 foiz ko‘p

🗣Quyosh va shamol elektr stansiyalari 2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi — bu o‘tgan yilgidan 43 foizga ko‘p

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#rasmiy_xabar

Sergeli tumani "Soʻgʻdiyona" MFY Bagʻrikeng koʻchasidagi gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada hududdagi 30 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
📢Xorijdagi vatandoshlar bilan suhbat

2026-yil 25-mart kuni soat 12-00 da jonli efir tashkil qilinib, xorijda ishlayotgan vatandoshlarimizning murojaatlari, taklif va tavsiyalari qabul qilinadi.

Siz ham ishtirok eting va o'z murojaatingizni yo'llang.

Jonli efirga havola



📢Диалог с соотечественниками за рубежом

В 12-00 25 марта организуется прямой эфир, на котором принимаются обращения, предложения и рекомендации наших соотечественников работающих за рубежом.

Вы также можете принять участие и отправить обращение.

Ссылка на прямую трансляцию



📢Engaging with Overseas Citizens

Join us on Wednesday, March 25th, 2026, at 12-00 AM for a live stream where we will address questions, ideas, and feedback from our citizens residing abroad.

Feel free to join in and share your thoughts.

Link to stream

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ESKI MAGISTRAL GAZ VA SUV QUVURLARI YANGISIGA ALMASHTIRILMOQDA ⚡️

“O’zbekiston”
telekanalining “Jarayon” koʻrsatuvida Uchtepa tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil soʻz bordi.

#TOSHKENT

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent sport, zamonaviy jamoat joylari va madaniyatlararo muloqot shahri bo‘ladi.

Новый Ташкент будет городом спорта, современных общественных пространств и межкультурного диалога.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 26-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani (11:00 dan 13:00 gacha):
“Sarbon”, “Mevazor” va “Temuriylar” MFYlaridagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Sergeli tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Sadoqat” MFY Xonobod, Taraqqiyot va Tabarruk koʻchalari, “Xonobod” MFY Xonobod , Kichik soy koʻchalari va “Keng makon” MFY Buyuk avlod koʻchasidagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Zabardast‘” MFY Furqat koʻchasidagi yerli xonadonlar

Mirobod tumani (10:00 dan 12:00 gacha): Qoʻsh koʻprik va Mehribon koʻchalaridagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar
8-mart koʻchasidagi isteʼmolchilarda gaz bosimi pasayadi

Yashnobod tumani (10:00 dan 12:00 gacha): koʻp qavatli uylar va ulgurji isteʼmolchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Bektemir, Yakkasaroy, Uchtepa, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining quyidagi hududlariga 27-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani (11:00 dan 13:00 gacha):
“Alisher Navoiy” MFY Intizor va Zulayho koʻchalaridagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Sergeli tumani (10:00 dan 12:00 gacha): “Ko‘xna Qumariq” MFY Zarxal, Zamaxshariy va Shoshkent ko‘chalari, “Ziyolilar” MFY Obod, Fayz ko‘chalaridagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Majnuntol‘” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji  isteʼmolchilar

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Samarqand” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Uchtepa tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Qoziguzar” MFY Qoziguzar koʻchasidagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar

Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00 gacha): “Lutfiy” MFY Bog‘iston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji  isteʼmolchilar

Yunusobod tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Katta Hasanboy” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#naqdsiz_hisob_kitob

2026-yil 1-apreldan kommunal xizmatlar va yoqilg‘i to‘lovlari to‘liq
naqdsiz shaklga o‘tadi.

—————
#безналичный_расчёт

С 1 апреля 2026 года платежи за коммунальные услуги и топливо будут осуществляться полностью в
безналичной форме.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о проводимой в нефтегазовой отрасли работе по стабилизации объемов добычи и освоению новых запасов.

#Mirziyoyev #hisobot #energetika #neftgaz

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Angren shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Ushbu yoʻnalishda joylarda amaliy ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va tezkor hal etish maqsadida Toshkent viloyatining olis hududi hisoblangan Angren shahrining “Lashkarak” MFYda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Tadbirda “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali mutasaddilari hamda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etdi.

Yuzga yaqin murojaatchilar ishtirok etgan sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

“Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur sayyor qabulda Angren shahar hokimi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi. Bu esa fuqarolarning nafaqat gaz taʼminoti, balki boshqa yoʻnalishlardagi murojaatlarini ham kompleks tarzda koʻrib chiqish imkonini yaratdi.

Tadbir doirasida koʻrgazmali saf koʻrigi tashkil etilib, suyultirilgan va tabiiy gaz taʼminoti jarayonlari, xavfsizlik qoidalari hamda zamonaviy xizmatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, maxsus guruhlar tomonidan mahallada xonadonma-xonadon oʻrganish ishlari amalga oshirilib, mavjud muammolar joyida bartaraf etildi hamda aholiga xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, Angren shahridagi “Lashkarak”, “Nishbosh” va “Jigariston” mahallalarida jami 1,1 mingga yaqin suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, ular belgilangan reja-grafik asosida maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlab kelinmoqda.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni joyida hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM