"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.5K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#hashar

🌳 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va uning barcha tuman bo‘limlari xodimlari faol qatnashmoqda. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, daraxt va butalarni tartibga solish, ularni oqlash, ariqlarni tozalash hamda atrof-muhitni chiqindilardan xoli qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarida barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z mahallangiz va yashash joyingizning tozaligi hamda obodligiga hissa qo‘shing!

Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududlarni yanada obod va sifatli qilishga, balki yurtdoshlarimiz orasida birdamlik, hamjihatlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Keling, birgalikda yurtimizni yanada go‘zal, obod va farovon maskanga aylantiraylik!

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot Xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам совершенствования системы работы с обращениями, вывода деятельности Народных приемных на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.

#Mirziyoyev #videoselektor #murojaatlar #Xalqqabulxonalari

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ta’mirlash ishlari tufayli Uchtepa tumani Izza 1-2-3-4-tor kochalari iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 16-mart kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
#hashar

🌿 Bugun ham mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda uning barcha tuman bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etdi. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, daraxt va butalarni tartibga keltirish, ularni oqlash, ariqlarni tozalash hamda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

🤝 Jamoa bo‘lib amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar hududlarimizning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons_Teletahlil
🗓1️⃣7️⃣- Mart Seshanba
Teletahlil
Soat 21:00
📺"Toshkent" telekanalida

Facebook │ 🌐Instagram │ Telegram │ 📹Youtube
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ushbu murojaatlar Mirobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. Hududdagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda tumanning barcha isteʼmolchilariga tabiiy gaz uzluksiz va bir meʼyorda yetkazilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati