"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.49K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
“Teletahlil” ko‘rsatuvi jamoasi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi

Toshkent telekanalining “Teletahlil” ko‘rsatuvi ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi ulgurji iste’molchilarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda tibbiyot muassasalarida gazdan foydalanish sharoitlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi va tizimning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mutasaddilar tomonidan iste’molchilarga gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar ham berildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
💙💙💙

Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.

Gaz bosimining pastligi sababli, birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgan bo‘lib, yetarli miqdоrda yetkazib berilmoqda.

Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz. Vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Qonun (O‘RQ–1121-son, 11.03.2026-y.) bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,

fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

🗒 Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish,

BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

📙 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik, –

BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

👉 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Forwarded from MINENERGY.UZ
#yoshlar_uchrashuv

🎓
Ayni daqiqalarda Energetika vazirining navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lajak energetiklar bilan bo‘lib o‘tmoqda.

Unda energetika sohasidagi oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq talabalar ishtirok etmoqda.

—————

🎓 В настоящее время проходит очередной открытый диалог министра энергетики с будущими энергетиками.

В мероприятии принимают участие более 100 студентов высшего учебного заведения энергетической отрасли.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ushbu murojaat Mirzo Ulug'bek tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. Hududdagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda tumanning barcha isteʼmolchilariga tabiiy gaz uzluksiz va bir meʼyorda yetkazilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#10_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
💙💙💙

Ertaga, 14-mart kunidan boshlab “metan zapravkalar” faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydi

Shoxobchalarning ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Bugun “metan zapravkalar” faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Hurmatli yurtdoshlar!

🌳Yurtimizda 13-14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🌿Yangi O‘zbekistonda hashar – do‘stlik, birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlarda, manzillar obodligi, ko‘ngillarni charog‘on qilishdek ezgu ishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Qadrli yurtdoshlar! Barchani hasharda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

—————

🇺🇿 Уважаемые соотечественники!


🌳13–14 марта в стране пройдет общенациональный благотворительный хашар под девизом «Благоустройство страны начинается прежде всего с махалли».

🌿В Новом Узбекистане хашар ярко отражает такие благородные качества, как дружба, солидарность, доброта и сострадание, а также стремление к чистоте, благоустройству и духовному возвышению.

Дорогие соотечественники! Призываем всех активно участвовать в хашаре!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Gaz va elektr ta’minoti idoralarining rahbarlari haftaning bir kunini xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatishga bag‘ishlaydi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#hashar

🌳 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va uning barcha tuman bo‘limlari xodimlari faol qatnashmoqda. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, daraxt va butalarni tartibga solish, ularni oqlash, ariqlarni tozalash hamda atrof-muhitni chiqindilardan xoli qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarida barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z mahallangiz va yashash joyingizning tozaligi hamda obodligiga hissa qo‘shing!

Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududlarni yanada obod va sifatli qilishga, balki yurtdoshlarimiz orasida birdamlik, hamjihatlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Keling, birgalikda yurtimizni yanada go‘zal, obod va farovon maskanga aylantiraylik!

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot Xizmati