"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.5K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yoʻldoshev Toshkent shahar Olmazor tumani “Guruch ariq” MFYda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida mahallaning Sariq suv koʻchasida bajarilgan qurilish-montaj ishlari, gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish natijalari hamda aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati koʻzdan kechirildi. “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddilari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Mazkur hududda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash ishlari toʻliq amalga oshirilib, loyiha asosida gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi hamda xonadonlarda gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi. Bu esa gaz bosimini barqarorlashtirish hamda isteʼmolchilarga “zangori yoqilgʻi”ni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy va xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi qurilmalarga almashtirildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi yurtimizdagi barcha aziz va mo‘tabar ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Jamiyatimiz hayotida ayollarning o‘rni va nufuzi beqiyosdir. Ularning mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi har bir oila mustahkamligi hamda jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka hamda ish va hayot yo‘lingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami!

Ayol – mehr va sadoqat ramzi, xonadon fayzi, jamiyat tayanchi va hayotimizning eng yorqin bezagidir. Uning matonati, oqilligi va cheksiz mehr-muhabbati doimo yuksak qadrlanadi.

Bahoriy va go‘zal ayyom munosabati bilan “Navo” telekanali hamda “Temp FM” radiostansiyasi boshlovchisi Otabek Tojiboyev tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va barcha tuman gaz bo‘limlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar samimiy qutlovlar bilan e’zozlandi.

Shu bilan birga, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz bo‘limlari jamoasining barcha yigitlari ham muhtarama opa-singillarimizga chin dildan ezgu tilaklarini bildirib, ularga mustahkam sog‘lik, xonadoniga baraka va xizmat faoliyatida yangi yutuqlar tilaydilar.

🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli ayollar!

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#rasmiy_xabar

Bektemir tumani "Gulbogʻ" MFY Turkiston koʻchasidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida hududdagi 250 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yoʻldoshev Toshkent shahar Olmazor tumani “Guruch ariq” MFYda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
💙💙💙

Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikamizdagi “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

#infografika

Hurmatli isteʼmolchilar!

⚡️Tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiling
.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки инженерных кадров для сельского и водного хозяйства.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #kadrlar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе реализации задач, поставленных в нефтегазовой отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #neftgaz

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent shahrida kuzatilayotgan noqulay va sovuq ob-havo sharoitlariga qaramasdan, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari aholini barqaror va bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy ishlarni olib bormoqda.

Gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining holati doimiy nazorat qilinmoqda, yuzaga kelayotgan muammolar navbatchi avariya brigadalari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati