"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.5K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
🌧 Noqulay ob-havoga qaramay ishlar izchil davom etmoqda

Toshkent shahrida kuzatilayotgan yomg‘irli va noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari ishchi-xodimlari o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishda davom etmoqda.

Hududlarda gaz tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, iste’molchilarga tabiiy gazni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, kelib tushayotgan murojaatlar ham o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, muammolarni tezkor hal etish choralari ko‘rilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
💙💙💙

Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

Avval xabar berganimizdek, magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash, bir me’yorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Gaz bosimi pastligi bois, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun faoliyat yuritadi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” GTFda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda filialda faoliyat yuritayotgan ayol ishchi-xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv Raisi M. Xodjayevninig faxriy yorliqlari topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida san’atkorlarning chiqishlari xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha mo‘tabar ayol opa-singillarni samimiy muborakbod etadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось торжественное мероприятие по случаю Международного женского дня.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami!

Ayol – mehr-muhabbat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatning ko‘rki va hayotimizga fayz bag‘ishlovchi mo‘tabar zotdir. Uning sabr-toqati, fidoyiligi va matonati har qanday e’tirofga munosib.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Milliy TV” telekanali boshlovchisi Dilmurod G‘afurov tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda barcha tuman gaz bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan ayol ishchi-xodimalar samimiy muborakbod etildi.

Shuningdek, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman gaz bo‘limlari jamoasining barcha o‘g‘lonlari ham aziz va muhtarama opa-singillarimizni chin qalbdan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydilar.

🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va munis ayollar!

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yoʻldoshev Toshkent shahar Olmazor tumani “Guruch ariq” MFYda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida mahallaning Sariq suv koʻchasida bajarilgan qurilish-montaj ishlari, gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish natijalari hamda aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati koʻzdan kechirildi. “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddilari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Mazkur hududda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash ishlari toʻliq amalga oshirilib, loyiha asosida gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi hamda xonadonlarda gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi. Bu esa gaz bosimini barqarorlashtirish hamda isteʼmolchilarga “zangori yoqilgʻi”ni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy va xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi qurilmalarga almashtirildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi yurtimizdagi barcha aziz va mo‘tabar ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Jamiyatimiz hayotida ayollarning o‘rni va nufuzi beqiyosdir. Ularning mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi har bir oila mustahkamligi hamda jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka hamda ish va hayot yo‘lingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami!

Ayol – mehr va sadoqat ramzi, xonadon fayzi, jamiyat tayanchi va hayotimizning eng yorqin bezagidir. Uning matonati, oqilligi va cheksiz mehr-muhabbati doimo yuksak qadrlanadi.

Bahoriy va go‘zal ayyom munosabati bilan “Navo” telekanali hamda “Temp FM” radiostansiyasi boshlovchisi Otabek Tojiboyev tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va barcha tuman gaz bo‘limlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar samimiy qutlovlar bilan e’zozlandi.

Shu bilan birga, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz bo‘limlari jamoasining barcha yigitlari ham muhtarama opa-singillarimizga chin dildan ezgu tilaklarini bildirib, ularga mustahkam sog‘lik, xonadoniga baraka va xizmat faoliyatida yangi yutuqlar tilaydilar.

🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli ayollar!

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#rasmiy_xabar

Bektemir tumani "Gulbogʻ" MFY Turkiston koʻchasidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida hududdagi 250 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yoʻldoshev Toshkent shahar Olmazor tumani “Guruch ariq” MFYda gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
💙💙💙

Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikamizdagi “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM