"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.51K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Yangihayot tumani Yangi Choshtepa MFY O’zar ko‘chasidagi yer osti quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida hududdagi 66 ta ko‘p qavatli uyda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar
uzaytirildi

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.

15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
________________
#официальное_сообщение

Базовая норма потребления природного газа на отопительный сезон
продлена во всех регионах Республики до 15 марта

Согласно обновлённым прогнозам погоды, в связи с поступлением холодных воздушных масс в регионы страны, базовая норма потребления в объёме 500 кубических метров, установленная на отопительный сезон, продлена во всех регионах Республики до 15 марта 2026 года.

После 15 марта, при необходимости, дополнительные меры будут приниматься с учётом погодных условий.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
🌸 15-fevral – 15-mart “Ayollarni e’zozlash oyligi” hamda yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami doirasida tadbirlar davom etmoqda

15-fevral – 15-mart “Ayollarni e’zozlash oyligi” hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida ayollarga ehtirom va e’tibor ko‘rsatishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, filialning Xotin-qizlar kengashi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi hamda Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan gaz sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan nuroniy ayol xodimlar holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga borildi.

Faxriy opa-singillarimizning ko‘p yillik fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi e’tibor va e’zoz ayollarga bo‘lgan hurmat va qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir.

Zero, ayol — jamiyat tayanchi, oila farovonligi va ma’naviyat ko‘zgusidir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan boshlab tabiiy gaz uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Endilikda to‘lovlarni bank kartalari, mobil ilovalar hamda elektron to‘lov tizimlari orqali qulay va tezkor tarzda amalga oshirishingiz mumkin.

Mazkur tartib to‘lovlar shaffofligini ta’minlash, qulayliklarni oshirish hamda aholi uchun yanada oson va xavfsiz to‘lov muhitini yaratishga qaratilgan.

Tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz. O‘z vaqtida to‘lov — barqaror va uzluksiz gaz ta’minoti kafolatidir.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida gaz ta’minoti sifati yangi bosqichda

“O‘zbekiston” telekanalining “Jarayon” informatsion dasturida Toshkent shahar Sergeli tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati
🌧 Noqulay ob-havoga qaramay jarayonlar davom etmoqda

“Hududgaz Poytaxt” GTF hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari ishchi-xodimlari Toshkent shahrida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan ado etmoqda.

Hududlarda gaz tarmoqlarini nazorat qilish, aniqlangan nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda iste’molchilarga uzluksiz va xavfsiz gaz yetkazib berish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, murojaatlar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli, isteʼmolchilar!

2026-yil 1-apreldan boshlab gaz uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarni barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqalionlayn amalga oshirish mumkin.

Zamonaviy to‘lov tizimlaridan foydalaning. Vaqtingizni tejang.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
💙💙💙

Havo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha Respublikamizdagi “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
💙💙💙

Bugun, 5-mart kuni “metan zapravkalar”
soat 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi

Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 15-fevral – 15-mart: “Ayollarni e’zozlash oyligi”

  Yurtimizda 15-fevraldan 15-martga qadar davom etayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” GTF tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi.

  Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida so‘z bordi.

  “Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Rasmiy xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda mart oyida tabiiy gaz uchun bazaviy meʼyorlarni hisoblash tartibi boʻyicha bildirilgan turli savollar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

2026-yil mart oyining dastlabki kunlarida havo haroratining sovuq kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan isitish mavsumi uchun belgilangan bazaviy meʼyor amal qilish muddati 15-martga qadar uzaytirildi.

Tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar yuqoridagi oʻzgarishlarga muvofiq qayta hisoblanib, isteʼmolchilar shaxsiy hisobvaraqlarida toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanadi.

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur hollarda mart oyining ikkinchi yarmida ham qo‘shimcha choralar kiritilishi mumkinligini inobatga olib, billing tizimida mazkur tartib asosida hisob-kitoblarni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha texnik o‘zgartirishlar kiritiladi.
——-
Официальное сообщение

В социальных сетях поднимаются вопросы, касающиеся порядка расчёта базовой нормы потребления природного газа в марте. В этой связи сообщаем.

Из-за понижения температуры воздуха в начале марта 2026 года Кабинетом Министров Республики Узбекистан срок действия базового норматива, установленного на отопительный сезон, продлён до 15 марта.

Начисления за природный газ будут скорректированы с учётом данных изменений, а обновлённая информация будет корректно отражена в лицевых счетах потребителей.

При необходимости, с учётом дальнейших погодных условий во второй половине марта, в биллинговую систему будут внесены дополнительные технические корректировки для обеспечения правильного расчёта.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz