"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.51K photos
1.06K videos
3 files
2.31K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
📚 Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Adiblar xiyoboni hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o‘zbek xalqining sevimli adibasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Diydor baxti nasib yana Siz bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Dasturga muvofiq, Adiblar xiyobonida Zulfiya haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng tadbirning rasmiy ochilish qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, ijodkorlar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida she’riy va musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi, ma’naviy uchrashuvlar tashkil qilindi. Shoiraning boy ijodiy merosi, Vatanga muhabbat, sadoqat va yuksak ma’naviyat g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.

Shuningdek, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Xotin-qizlar kengashi raisi va “Ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar tadbirda faol ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular tomonidan ma’naviy qadriyatlarni asrash, ayollar va yoshlar faolligini oshirish, milliy adabiyotimizga hurmat ruhini mustahkamlash borasida qator tashabbuslar ilgari surildi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ezgu fazilatlarni mustahkamlash, milliy adabiyotimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qildi.

Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar

1-martdan gaz narxlari oshirilgani yo‘q

Ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan tabiiy gaz narxi oshdi” mazmunida xabarlar eʼlon qilindi.

Shuni maʼlum qilamizki, 1-martdan tabiiy gaz narxi oshirilmadi. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi.
Biroq, bugun, 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgardi.


Avval xabar berganimizdek, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.

Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.
Bu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida amal qiladi.
Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.

Shu sababli, bugun, 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Jumladan, kompensatsiya miqdori:
💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Yangihayot tumanida gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda

Yangihayot tumanining “Binokor”, “Xo‘jauchqun” hamda “Jaloir” MFYlarida gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Hududdagi ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punkti yangisiga almashtirildi. Hududlardagi gaz quvurlari estetik jihatdan yangilanib, belgilangan tartibda bo‘yoqlanmoqda. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar gaz ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tuman gaz xizmati mahalla gazchilari tomonidan aloqasida muammo kuzatilgan gaz hisoblagichlari qayta aloqaga chiqarilmoqda. Shuningdek, eskirgan gaz yondirgichlari xavfsiz va tejamkor zamonaviy uskunalarga almashtirilib, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, aholiga 2026-yil 1-apreldan tabiiy gaz uchun toʻlovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilib, toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
#bilasizmi

Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun yil o‘n ikki oy kompensatsiya beriladi


Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:
👨‍👩‍👧‍👦Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
⚡️Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi👆

—————
#знаете_ли_вы

Нуждающимся семьям выплачивается компенсация за газ и электроэнергию круглый год


Согласно постановлениям Президента, нуждающимся семьям государством будет ежемесячно предоставляться компенсация за потреблённую электроэнергию и природный газ.

Размер компенсации:
👨‍👩‍👧‍👦За электроэнергиюдо 150 кВт·ч в месяц сверх базовой нормы (свыше 200 кВт·ч);
⚡️За природный газ — в зимние месяцы до 250 кубометров, в другие месяцы — до 150 кубометров будет предоставлена компенсация за часть, использованную сверх базовой нормы.

📆 Если ранее компенсация выплачивалась только в зимние месяцы, то теперь она будет предоставляться ежемесячно в течение всего года.

Компенсация будет предоставляться с 1 мая 2025 года по 1 апреля 2027 года следующим семьям 👆

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Yangihayot tumani Yangi Choshtepa MFY O’zar ko‘chasidagi yer osti quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida hududdagi 66 ta ko‘p qavatli uyda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar
uzaytirildi

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.

15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
________________
#официальное_сообщение

Базовая норма потребления природного газа на отопительный сезон
продлена во всех регионах Республики до 15 марта

Согласно обновлённым прогнозам погоды, в связи с поступлением холодных воздушных масс в регионы страны, базовая норма потребления в объёме 500 кубических метров, установленная на отопительный сезон, продлена во всех регионах Республики до 15 марта 2026 года.

После 15 марта, при необходимости, дополнительные меры будут приниматься с учётом погодных условий.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
🌸 15-fevral – 15-mart “Ayollarni e’zozlash oyligi” hamda yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami doirasida tadbirlar davom etmoqda

15-fevral – 15-mart “Ayollarni e’zozlash oyligi” hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida ayollarga ehtirom va e’tibor ko‘rsatishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, filialning Xotin-qizlar kengashi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi hamda Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan gaz sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan nuroniy ayol xodimlar holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga borildi.

Faxriy opa-singillarimizning ko‘p yillik fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi e’tibor va e’zoz ayollarga bo‘lgan hurmat va qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir.

Zero, ayol — jamiyat tayanchi, oila farovonligi va ma’naviyat ko‘zgusidir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati