📢 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida “Siyosiy ma’rifat” soati va "Milliy libos" kuni bo'lib o'tdi.
Filial xodimlari ishtirokida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat” soati tashkil etilib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy-ijtimoiy jarayonlar va qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, davlat xizmatchisining kasbiy odobi, xizmat intizomi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat va yuksak ma’naviyat tamoyillari haqida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, jamoada milliy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib etish maqsadida Milliy liboslar kuni ham o‘tkazildi. Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, an’analari va qadriyatlarini ifodalaydigan timsoldir. Ushbu tadbir orqali filial xodimlari milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat va milliy g‘ururni namoyon etdilar.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati

Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash ishlari tufayli 2-mart kuni Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shayxontohur tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) - "Ming terak" ko'cha
Olmazor tumani (11:00 dan 15:00 gacha) - “Qizg'aldoq” MFY
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

🌸 15-fevral – 15-mart: “Ayollarni e’zozlash oyligi”
Yurtimizda 15-fevraldan 15-martga qadar davom etayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” GTF tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi.
Mazkur oy doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va totuv muhitni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jamoada samarali mehnat qilayotgan opa-singillarimizning yutuqlari e’tirof etilib, ularga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlash yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etilib, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
“Ayollarni e’zozlash oyligi” — bu xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va ehtiromning amaliy ifodasidir.

📚 Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Adiblar xiyoboni hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o‘zbek xalqining sevimli adibasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Diydor baxti nasib yana Siz bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Dasturga muvofiq, Adiblar xiyobonida Zulfiya haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng tadbirning rasmiy ochilish qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, ijodkorlar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida she’riy va musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi, ma’naviy uchrashuvlar tashkil qilindi. Shoiraning boy ijodiy merosi, Vatanga muhabbat, sadoqat va yuksak ma’naviyat g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.
Shuningdek, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Xotin-qizlar kengashi raisi va “Ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar tadbirda faol ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular tomonidan ma’naviy qadriyatlarni asrash, ayollar va yoshlar faolligini oshirish, milliy adabiyotimizga hurmat ruhini mustahkamlash borasida qator tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ezgu fazilatlarni mustahkamlash, milliy adabiyotimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qildi.

Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar
1-martdan gaz narxlari oshirilgani yo‘q
Ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan tabiiy gaz narxi oshdi” mazmunida xabarlar eʼlon qilindi.
Shuni maʼlum qilamizki, 1-martdan tabiiy gaz narxi oshirilmadi. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi.
Biroq, bugun, 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgardi.
Avval xabar berganimizdek, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.
Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.
Bu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida amal qiladi.
Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.
Shu sababli, bugun, 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Jumladan, kompensatsiya miqdori:
💡 Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨👩👧👦 Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
1-martdan gaz narxlari oshirilgani yo‘q
Ijtimoiy tarmoqlarda “1-martdan tabiiy gaz narxi oshdi” mazmunida xabarlar eʼlon qilindi.
Shuni maʼlum qilamizki, 1-martdan tabiiy gaz narxi oshirilmadi. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi.
Biroq, bugun, 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgardi.
Avval xabar berganimizdek, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.
Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.
Bu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida amal qiladi.
Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.
Shu sababli, bugun, 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Jumladan, kompensatsiya miqdori:
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Yangihayot tumanida gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda
Yangihayot tumanining “Binokor”, “Xo‘jauchqun” hamda “Jaloir” MFYlarida gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Hududdagi ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punkti yangisiga almashtirildi. Hududlardagi gaz quvurlari estetik jihatdan yangilanib, belgilangan tartibda bo‘yoqlanmoqda. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar gaz ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tuman gaz xizmati mahalla gazchilari tomonidan aloqasida muammo kuzatilgan gaz hisoblagichlari qayta aloqaga chiqarilmoqda. Shuningdek, eskirgan gaz yondirgichlari xavfsiz va tejamkor zamonaviy uskunalarga almashtirilib, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, aholiga 2026-yil 1-apreldan tabiiy gaz uchun toʻlovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilib, toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilmoqda.