"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#jarayon

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi M. Xodjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida boʻlib, “Qoʻngʻirot” gaz toʻldirish shoxobchasi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida shoxobchaning ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va aholiga yetkazib berish tizimi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur shoxobcha orqali Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Shumanay va Moʻynoq tumanlaridagi isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. 2025-yil davomida ushbu hududlarga shoxobcha orqali jami 928,9 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

Jamiyat rahbari aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror va oʻz vaqtida taʼminlash, logistika jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda nazoratni kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi “Qo‘ng‘irot” gaz to‘ldirish shoxobchasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Mazkur shoxobcha orqali Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Shumanay va Moʻynoq tumanlaridagi isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. 2025-yil davomida ushbu hududlarga shoxobcha orqali jami 928,9 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” Gaz Ta’minoti Filiali Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tumani “Quyosh” MFY hududida aholi xonadonlarining gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda

Shu bilan birga, hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punkti o‘rniga yangi, zamonaviy gaz taqsimlash punkti o‘rnatildi hamda gaz quvurlari estetik jihatdan belgilangan tartibda bo‘yalib, tartibga keltirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xoʻjayli tumanida 626 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan joylarda ishchi guruhlar tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan tartiba olib borilmoqda.

Jamiyat ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Xoʻjayli tumanida oʻtkazilgan tadbirda qoidabuzilish holati fosh etildi.

Tumanning “Janga jap” OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. xonadonida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 626 million 664 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

📍Taxtakoʻpir tumanidagi “Beltov” OFY – Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududi. Nukus shahridan qariyb 150 kilometr uzoqlikda joylashgan mazkur hududda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash ishlari izchil tashkil etilgan.

Suyultirilgan gaz ballonlari har qanday ob-havo sharoitida oʻz vaqtida yetkazib berilib, aholi murojaatlari tezkorlik bilan koʻrib chiqilmoqda va bartaraf etilmoqda. Asosiy maqsad — eng olis hududlarda ham barqaror va sifatli gaz taʼminotini taʼminlash.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Ахангаранский район Ташкентской области и ознакомится с деятельностью предприятий в технопарке электротехнической промышленности.

Также под председательством главы нашего государства состоится видеоселекторное совещание по приоритетным задачам обеспечения высоких темпов экономического роста в отраслях и регионах.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #no_comment

Sergeli tumani “Jo‘nariq” MFY hududida gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib, eskirgan gaz taqsimlash punktlari zamonaviy turiga almashtirilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar hudud aholisiga xavfsiz va barqaror gaz ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Kichik va o‘rta korxonalar yiliga 5 milliard kub metr gaz va 20 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilmoqda.

Endilikda kichik va o‘rta korxonalarda ham energiya samaradorlik bo‘yicha yangicha tizim bo‘ladi va uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Har bir tumandagi energiya sarfi eng yuqori 5 tadan korxonada energiya auditi o‘tkaziladi, ushbu korxonalarda energiya tejamkor choralarni amalga oshirish uchun 100 million dollar arzon resurs jalb qilinadi.

Mutasaddilar va hokimlar 2026-yilda kichik va o‘rta korxonalarda 100 million kub metr gaz va 500 million kilovatt-soat elektrni tejash choralarini ko‘rishi muhimligi qayd etildi.

Yana bir masala – respublikadagi 917 mingta yoritish chiroqlari yiliga 330 million kilovatt-soat elektr sarflayapti. Chiroq kunduzi ham yoniq turgan holatlar kam emas.

Yoritish ustunlariga kichik quyosh paneli, batareya, kun yorishishiga qarab, o‘zi o‘chib-yonadigan datchik o‘rnatishni boshlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Forwarded from MINENERGY.UZ
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarlar yuborish holatlari ko‘paymoqda.

Xususan, oxirgi kunlarda Energetika vaziri nomidan yaratilgan shunday soxta profil orqali yoqilg‘i-energetika tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga turli yolg‘on ma’lumotlar va topshiriqlar yuborilmoqda.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligi barcha rahbar va mas’ul xodimlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk xabarlarga ishonmasliklarini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raydi.

Hozirda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash, soxta akkauntlar orqali yaqinlaringiz nomidan qarz so‘rash hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlar ko‘paymoqda.

Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga alohida e’tibor qarating, shubhali xabarlar va noma’lum akkauntlarga ishonmang.

Shuni ma’lum qilamizki, yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina Energetika vazirligining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
😊😊😊😊😊

Mustahkam oila sari: ayollar uchun bilim va tajriba almashinuvi

"Hududgazta'minot" AJ Markaziy apparati hamda hududiy gaz ta’minoti filiallarida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun “Oila va uning mustahkamlik omillari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sobir Xodjayev tomonidan olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi ayollarning oiladagi o‘rni va mas’uliyatini mustahkamlash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish hamda ish va oila o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalariga qaratildi.

Seminar davomida oilaning barqarorligi va mustahkamligini ta’minlovchi omillar, jumladan, o‘zaro hurmat va ishonch, samarali muloqot, nizoli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish, farzandlar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati hamda psixologik barqarorlik masalalari batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, trening jarayonida ayollarning o‘z ustida ishlashi va shaxsiy rivojlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, stressni boshqarish, ijobiy fikrlashni shakllantirish, doimiy bilim olish va o‘z salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu jihatlar ayollarning nafaqat oilaviy hayotida, balki kasbiy faoliyatida ham muvaffaqiyatga erishishida muhim omil ekani ta’kidlandi.

Seminar-trening interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va hayotiy misollar asosida o‘tkazilib, qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida bunday seminarlar ayollarning oilaviy farovonligi va xizmat faoliyatidagi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.


Batafsil
: https://hududgaz.uz/news?4&id=16150

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlandi

Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda va iste’dodli shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida tavallud topgan. U temuriylar sulolasining munosib davomchisi sifatida nafaqat markazlashgan davlat barpo etgan, balki boy adabiy meros ham qoldirgan. Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asari o‘z davrining muhim tarixiy-manaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Uning g‘azal va ruboiylari yuksak badiiy mahorat va chuqur falsafiy mushohada bilan ajralib turadi.

Mazkur sana munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” GTFda ham badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi, g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Bunday ma’naviy tadbirlar jamoa xodimlarining milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
#hamkorlik

🇺🇿🇰🇬🇰🇿🇹🇯O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 13-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari Energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri T.Ibrayev, Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Y.Akkenjenov hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri D.Juma ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur mamlakatlar energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul mutaxassislari ham qatnashdi.

Muzokaralar chog‘ida so‘nggi yillarda do‘st va qardosh davlatlar Prezidentlari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, xususan, yoqilg‘i-energetika sohasida ham izchil va samarali rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.


Uchrashuv davomida joriy kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, vegetatsiya davrida suv-energetika tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar tarmoqlar ish rejimlari bo‘yicha grafiklarni kelishib oldilar.

—————
#сотрудничество

🇺🇿🇰🇬🇰🇿🇹🇯Состоялась очередная встреча министров энергетики и водного хозяйства Узбекистана, Кыргызстана, Казахстана и Таджикистана

Сегодня, 13 февраля, в Ташкенте состоялась очередная рабочая встреча министров энергетики и водного хозяйства Узбекистана, Кыргызстана, Казахстана и Таджикистана.

В ней приняли участие министр энергетики Республики Узбекистан Ж.Мирзамахмудов, министр водного хозяйства Республики Узбекистан Ш.Хамраев, министр энергетики Кыргызской Республики Т.Ибраев, министр энергетики Республики Казахстан Е.Аккенженов и министр энергетики и водных ресурсов Республики Таджикистан Д.Джума. На встрече также присутствовали руководители и ответственные специалисты энергетических компаний этих стран.

В ходе переговоров было особо отмечено, что многостороннее сотрудничество, инициированное в последние годы президентами дружественных и братских государств, последовательно и эффективно развивается по всем направлениям, в частности в топливно-энергетической сфере.


В ходе встречи подробно обсуждены вопросы безопасного прохождения текущего осенне-зимнего периода, обеспечения стабильной и бесперебойной работы водно-энергетических систем в вегетационный период, а также дальнейшего углубления взаимного сотрудничества. Стороны согласовали графики режимов работы сетей.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz