"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Bugun, 11-fevral kuni Toshkent shahrida mavjud bo‘lgan 74 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH)ning 74 tasi to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.

Ushbu shaxobchalar aholining uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning barqaror ishlashi mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Gaz ta’minotidagi uzluksizlik va barqarorlik – iste’molchilarga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatning yana bir ko‘rinishidir.


https://t.me/poytaxt_agtksh

https://t.me/HToshGaz

https://www.instagram.com/press_hududgazpoytaxtgtf/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mehnat jamoasining “Hududgazta’minot” AJning 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda FM 101.0 "O'zbegim taronasi" radiosining “NEWS UZ” informatsion dasturida so‘z bordi.

https://t.me/HToshGaz

https://www.instagram.com/press_hududgazpoytaxtgtf/

"Hududgaz Poytaxt" GTF  Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам по социально-экономическому развитию Навоийской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Navoiy #rejalar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩸Ko‘rinmas qotil

Afsuski kundalik hayotdagi kichik e’tiborsizlik sabab ulkan fojialar hamon yuz bermoqda. Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz. U xonaga asta-sekin to‘planadi va bir necha daqiqada inson hayotiga nuqta qo‘yadi.

Hurmatli iste’molchi! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#eslatma

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan — 500 kub metr


Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr qilib belgilangan.

Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.

Bundan tashqari, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:
💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

💵 Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.

Eslatib o‘tamiz, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Qayd etish kerak, xonadonlarni isitishda energiya tejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, isitish tizimi quvurlarini izolyatsiyalash tabiiy gaz sarfini kamaytirishga yordam beradi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma

“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali hamda Favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlaridagi gavjum joylarda ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taxiatosh tumanidagi uchta AGTKSHda jami 8,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiiy gazdan foydalanish holatlarini oʻrganish jarayonida Taxiatosh tumanidagi bir nechta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) qoidabuzarliklar aniqlandi.

Taxiatosh tumanidagi “I. R. 1” va “I. R. 2” MCHJlarga qarashli AGTKSHlar xatlovdan oʻtkazilganda, har ikki “metan zapravka”dagi hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir etish holatlari aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2 milliard 468 million soʻm hamda 2 mlrd 330 mln soʻmlik zararlar qayd etildi.

Tumanda joylashgan “T. M. S.” MCHJga qarashli AGTKSHda esa hisoblagichning harorat datchigi koʻrsatkichini oʻzgartirish maqsadida moslamalar oʻrnatilgani aniqlandi. Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki xulosalarga koʻra, 3 mlrd 831 mln soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#jarayon

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi M. Xodjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida boʻlib, “Qoʻngʻirot” gaz toʻldirish shoxobchasi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida shoxobchaning ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va aholiga yetkazib berish tizimi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur shoxobcha orqali Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Shumanay va Moʻynoq tumanlaridagi isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. 2025-yil davomida ushbu hududlarga shoxobcha orqali jami 928,9 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

Jamiyat rahbari aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror va oʻz vaqtida taʼminlash, logistika jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda nazoratni kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM