"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
📜 BUGUN — BUYUK MUTAFAKKIR ALISHER NAVOIY TUG‘ILGAN KUN

Bugun o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

U kishining bebaho adabiy merosi, insonparvarlik va ma’naviyatni ulug‘lovchi asarlari asrlar davomida xalqimiz uchun ma’naviy yo‘lchi yulduz bo‘lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi buyuk bobokalonimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Alisher Navoiy haykali (yodgorligi) poyiga tashrif buyurib, uning porloq xotirasini yod etdi.

Buyuk ajdodlarimiz merosini qadrlash va ularning ma’naviy merosiga sadoqat — barchamiz uchun sharafli burchdir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligida yangi yerlarni oʻzlashtirish va sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по освоению новых земель для сельского хозяйства и выведению науки в сфере на новый уровень.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #akademiya

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

“O‘zbekiston” radiosida o‘tkazilgan jonli muloqotda “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i M. Mansurov ishtirok etdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug’bek tumani “Iqtidor" MFY iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 11-fevral kuni soat 09:00 dan 14:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Bugun, 11-fevral kuni Toshkent shahrida mavjud bo‘lgan 74 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH)ning 74 tasi to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.

Ushbu shaxobchalar aholining uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning barqaror ishlashi mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Gaz ta’minotidagi uzluksizlik va barqarorlik – iste’molchilarga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatning yana bir ko‘rinishidir.


https://t.me/poytaxt_agtksh

https://t.me/HToshGaz

https://www.instagram.com/press_hududgazpoytaxtgtf/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mehnat jamoasining “Hududgazta’minot” AJning 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda FM 101.0 "O'zbegim taronasi" radiosining “NEWS UZ” informatsion dasturida so‘z bordi.

https://t.me/HToshGaz

https://www.instagram.com/press_hududgazpoytaxtgtf/

"Hududgaz Poytaxt" GTF  Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам по социально-экономическому развитию Навоийской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Navoiy #rejalar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩸Ko‘rinmas qotil

Afsuski kundalik hayotdagi kichik e’tiborsizlik sabab ulkan fojialar hamon yuz bermoqda. Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz. U xonaga asta-sekin to‘planadi va bir necha daqiqada inson hayotiga nuqta qo‘yadi.

Hurmatli iste’molchi! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
#eslatma

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan — 500 kub metr


Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr qilib belgilangan.

Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.

Bundan tashqari, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:
💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

💵 Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.

Eslatib o‘tamiz, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Qayd etish kerak, xonadonlarni isitishda energiya tejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, isitish tizimi quvurlarini izolyatsiyalash tabiiy gaz sarfini kamaytirishga yordam beradi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz