"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Chilonzor tumanida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi

“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan “Mevazor” mahallasida fuqarolar bilan sayyor va ommaviy qabul tashkil etildi.

Qabul davomida aholining gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari joyida o‘rganilib, kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish va zarur ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Hududgaz Poytaxt”
GTF Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida 449 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda. Gaz taʼminoti filiali mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Mirobod tumani Lokomotiv koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro U. J. tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgan holda, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 449 million 107 ming soʻm zarar hisoblandi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod tumanida gaz taʼminotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda

Yashnobod tumani “Olmos” MFY hududida gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, quvurlar estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, xonadonlarga bosim rostlagichlar oʻrnatilib, gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazilmoqda.

Bundan tashqari, eskirgan gaz taqsimlash punktlari bosqichma-bosqich demontaj qilinib, ularning oʻrniga zamonaviy, xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan gaz taqsimlash punktlari oʻrnatilmoqda.

Mazkur ishlar aholiga barqaror, xavfsiz va sifatli gaz yetkazib berishni taʼminlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
📜 BUGUN — BUYUK MUTAFAKKIR ALISHER NAVOIY TUG‘ILGAN KUN

Bugun o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

U kishining bebaho adabiy merosi, insonparvarlik va ma’naviyatni ulug‘lovchi asarlari asrlar davomida xalqimiz uchun ma’naviy yo‘lchi yulduz bo‘lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi buyuk bobokalonimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Alisher Navoiy haykali (yodgorligi) poyiga tashrif buyurib, uning porloq xotirasini yod etdi.

Buyuk ajdodlarimiz merosini qadrlash va ularning ma’naviy merosiga sadoqat — barchamiz uchun sharafli burchdir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligida yangi yerlarni oʻzlashtirish va sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по освоению новых земель для сельского хозяйства и выведению науки в сфере на новый уровень.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #akademiya

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

“O‘zbekiston” radiosida o‘tkazilgan jonli muloqotda “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i M. Mansurov ishtirok etdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug’bek tumani “Iqtidor" MFY iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti 11-fevral kuni soat 09:00 dan 14:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati