"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
🩺 TIBBIY KO‘RIK: XODIMLAR SALOMATLIGI DOIMIY NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi me’yoriy hujjatlari hamda belgilangan talablariga muvofiq, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar navbatdagi majburiy davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida jami 336 nafar xodim Respublika markaziy diagnostikasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tibbiy ko‘riklar xodimlar salomatligini muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan.

Tibbiy ko‘riklar belgilangan tartib va tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz hamda xavfsiz taʼminlash va hududlardagi gaz tarmoqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bu haqda FM 101.0 "O'zbegim taronasi" radiosining “NEWS UZ” informatsion dasturida so‘z bordi.

https://t.me/HToshGaz

https://www.instagram.com/press_hududgazpoytaxtgtf/

"Hududgaz Poytaxt" GTF  Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Исламской Республики Пакистан Шахбаза Шарифа отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent shahrida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mehnat jamoasining “Hududgazta’minot” AJning 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada jami 36 nafar delegatdan 32 nafari ishtirok etdi. Unda “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Ahmedov, filialning tegishli bo‘lim rahbarlari va mutaxassislari qatnashdi.

Konferensiya kun tartibiga muvofiq, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2025-yildagi faoliyati hamda taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2025-yildagi faoliyati qoniqarli deb topildi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Shuningdek, Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha qarorlar bir ovozdan qabul qilinib, konferensiya o‘z ishini yakunladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Chilonzor tumanida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi

“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan “Mevazor” mahallasida fuqarolar bilan sayyor va ommaviy qabul tashkil etildi.

Qabul davomida aholining gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari joyida o‘rganilib, kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish va zarur ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Hududgaz Poytaxt”
GTF Matbuot xizmati