"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#jarayon

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi M. Xodjayev “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali masʼul xodimlari bilan birgalikda Fargʻona viloyatining shahar va tumanlarida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Oʻrganishlar davomida Margʻilon va Fargʻona shaharlarida joylashgan gaz taqsimlash stansiyalaridagi holatlar nazorat qilindi, gaz taʼminoti obyektlarining texnik holati koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, rejim-sozlash ishlarini muntazam olib borish hamda gaz tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Oʻrganishlar boʻyicha aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gazni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha masʼullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Keyingi bosqichda Oltiariq gaz toʻldirish shoxobchasi hamda “Oltiariqtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida ham holatni oʻrganish rejalashtirilgan.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

Toshkent shahar Bektemir tumani "Oltin topgan" MFYdagi gaz quvuriga avtomobil tomonidan shikast yetkazilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada hududdagi 400 ta xonadon va 6 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ushbu murojaat Mirobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. Hududdagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda tumanning barcha isteʼmolchilariga tabiiy gaz uzluksiz va bir meʼyorda yetkazilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩸Ko‘rinmas qotil

Afsuski kundalik hayotdagi kichik e’tiborsizlik sabab ulkan fojialar hamon yuz bermoqda. Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz. U xonaga asta-sekin to‘planadi va bir necha daqiqada inson hayotiga nuqta qo‘yadi.

Hurmatli iste’molchi! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Namangan viloyatida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayev ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning kasbiy rivoji, bandligini taʼminlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvining ikkinchi bosqichi Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasida o‘tkazildi. U yerda mahallada amalga oshirilgan innovatsion loyiha, yaʼni mahalla isteʼmol-nazorat hisob balansi taqdimoti boʻlib o‘tdi.

📹 Video

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan ma’lum qilamizki, ushbu murojaat Uchtepa tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroga hisob-kitob masalalari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJda prokuratura xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

Bosh prokuratura hamda hududiy prokuratura organlarining Yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi masʼullari “Hududgaztaʼminot” AJ markaziy apparatiga tashrif buyurib, jamiyat tizimida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida ishtirokchilar “Hududgaztaʼminot” AJning Vaziyatlar markazida boʻlib, bu yerda tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizimlarning imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Xususan, gazni yetkazib berish jarayonlarini real vaqt rejimida monitoring qilish, hisob-kitoblarning shaffofligini taʼminlash, tizimda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida joriy etilayotgan yangi texnologiyalar, logistika va nazorat tizimlarini takomillashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan ham taqdimot oʻtkazildi. Seminar davomida tizim faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida prokuratura xodimlari va mutaxassislar oʻrtasida savol-javoblar oʻtkazilib, yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash, resurslardan oqilona foydalanish va davlat manfaatlarini himoya qilish masalalarida oʻzaro fikr almashildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM