"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов работы и приоритетным задачам на следующий год по сокращению бедности и обеспечению занятости населения.

#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Rasmiy Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Yangi hayot va Sergeli tumanlarida gaz bosimi pasaygani haqidagi tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hududlarda bunday muammo qayd etilmagan.

Gaz ta’minoti obyektlari reja asosida nazoratdan o‘tkazilib borilmoqda va barcha iste’molchilar tabiiy gaz bilan uzluksiz hamda belgilangan me’yorda ta’minlanmoqda.
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlarida 21-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi, ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Sergeli tumani: “Nurhayot”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Daryo bo‘yi”, “Sofdil” va “So‘g‘diyona” MFYlari
Aholi xonadonlari soni: 124 ta ko‘p qavatli uy, 833 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi
Ulgurji iste’molchilar soni: 71 ta

Yangihayot tumani: “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Yangi turmush”, “Tashabbus”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent” va “Fayzli” MFYlari
Aholi xonadonlari soni: 45 ta ko‘p qavatli uy, 899 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi
Ulgurji iste’molchilar soni: 89 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumani “Salar” MFY iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti 22-noyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
#rasmiy_xabar

Bektemir tumanida yuk mashinasi gaz quvurini urib yuborishi natijasida ayrim isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Toshkent shahar Bektemir tumani "Gulbogʻ" MFYdagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada hududdagi 280 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent” telekanali va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida — “Ochiq muloqot”

Ko‘rsatuv davomida hokimlik vakillari, ta’minot va xizmat ko‘rsatish sohasi mutasaddilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2025-2026 kuz-qish mavsumga shaylik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur dasturda Shayxontohur tuman gaz ta’minoti bo‘limi rahbari ishtirok etib, mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 25-noyabr kuni Bektemir,Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani (10:00 dan 17:00 gacha) – "Oltintopgan" MFY

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) - "Quruvchilar" mavzesi

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “Olchazor” MFY

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 26-noyabr kuni Yashnobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani (09:00 dan 18:00 gacha) – "Olmos" MFY

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “Olchazor” va "Mashal" MFY

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanishi darajasi chuqur tashvish uyg‘otayotgani, poytaxt aholisini haqli ravishda xavotirga solayotgani, bu holat tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etayotgani qayd etildi.

Administratsiya rahbari mas’ullarning atmosfera havosining hozirgi holati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, jamoatchilikning taklif va tashabbuslari to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi. Mavjud vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda o‘rnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi. Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘qligi va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerakligi qayd etildi.

Saida Shavkatovna shu kunlarda tezkor tartibda ishlab chiqilgan ekspert xulosalariga asoslanib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, tezkor choralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan tizimli yechimlargacha qamrab olgan kompleks takliflarni ilgari surdi.

Xususan, Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu chora-tadbirlar yaqin orada davlatimiz rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сегодня руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Саида Мирзиёева провела совещание по неотложным мерам для улучшения экологической ситуации в Ташкенте с участием руководства Администрации и причастных ведомств.

Выражена глубокая озабоченность уровнем загрязнения воздуха, наблюдаемым в последние дни, отмечено, что эта ситуация вызывает справедливую тревогу у жителей столицы и требует незамедлительных и скоординированных действий.

Руководитель Администрации заслушала доклады ответственных руководителей о текущем состоянии атмосферного воздуха, поступающих обращениях граждан, а также предложениях и инициативах общественности. Были детально рассмотрены ключевые факторы, влияющие на сложившуюся ситуацию, и возможные пути минимизации негативного воздействия на здоровье людей и экологию.

Отдельно было подчеркнуто, что в случаях нарушения норм необходимо принимать решительные меры против загрязняющих производств. Здоровье людей не может быть предметом компромисса, и этот принцип должен быть единым как для государства, так и для бизнеса, отмечено на совещании.

Опираясь на экспертные заключения, проработанные в последние дни в ускоренном режиме, Саида Шавкатовна представила комплекс предложений, охватывающий ближайшую, среднесрочную и долгосрочную перспективу – от оперативных шагов до системных решений, направленных на предотвращение повторения подобных ситуаций в будущем.

В частности, руководителем Администрации Президента инициированы меры по усилению экологического контроля, ограничению деятельности загрязняющих объектов, ужесточению требований к строительству, масштабному озеленению города и созданию современной системы мониторинга качества воздуха.

Эти меры лягут в основу готовящегося проекта Указа Президента Республики Узбекистан, который будет внесен на рассмотрение главы государства в ближайшее время.

Facebook|Instagram|X
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X