"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.61K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ va BAAning International Holding Company investitsion kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Esyasoft Holding Ltd oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Gaz taʼminoti tizimida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, gaz tarmoqlaridan samarali foydalanish va gazni hisobga olishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish bugungi kunda Jamiyatning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Shu maqsadda xalqaro tajribani nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda oʻrganish muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumot uchun, Esyasoft Holding kompaniyasi Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropa davlatlarida gaz taqsimlash tarmoqlarida intellektual tizimlarni joriy etib, 30 mln isteʼmolchini qamrab olgan loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuv davomida tomonlar “Hududgaztaʼminot” AJning bugungi kunda erishilgan yutuqlari hamda kelgusida gaz taʼminoti tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish orqali tizimni yanada shaffof, xavfsiz va samarali boshqarish imkoniyati yaratilishi mumkinligi qayd etildi.

Xorijiy kompaniya vakillari moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda tarmoqlarga yetkazib berilgan gaz hajmlarini toʻliq hisobga olish, yoʻqotishlarini kamaytirish, shuningdek, tizimni zamonaviy, xavfsiz va “aqlli” boshqaruvini joriy etish yoʻllari boʻyicha asoslantirilgan takliflarini ishlab chiqilishi va “Hududgaztaʼminot” AJga taqdim etilishini taʼkidlab oʻtdilar.

Uchrashuv yakunida “Hududgaztaʼminot” AJ hamda Esyasoft Holding kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

🛠 Yangihayot tumanida gaz quvurlari rekonstruksiya qilinmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yangihayot tumanidagi gaz tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mavjud yer osti gaz quvurlari bosqichma-bosqich yer ustiga olib chiqilmoqda.

Mazkur ishlar aholining tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlanishini, shuningdek, tizimdagi uzilishlarning oldini olishni maqsad qilgan. Quvurlarni yer ustiga chiqarish esa xizmat ko‘rsatish va profilaktik tekshiruvlarni soddalashtirib, tizimning samaradorligini oshiradi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 18-sentyabr kuni Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirobod tumani
– "Birodarlik" MFY (soat 10:00 dan 16:00 gacha)

Yakkasaroy tumani
– "Boshliq" MFY (soat 10:00 dan 15:00 gacha)

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda

Bu haqda “Zo‘r TV” telekanalining “Bu Kun” informatsion dasturida so’z bordi
.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi Fargʻona viloyatida kuz-qish mavsumiga shaylik holatini oʻrgandi

Kuz-qish mavsumida aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash “Hududgaztaʼminot” AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Jamiyat boshqaruv raisi M. Xodjayev Fargʻona viloyatida boʻlib, mazkur yoʻnalishda olib borilgan ishlarni shaxsan koʻzdan kechirdi.

Dastlab, Fargʻona shahridagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida isitish tizimining mavsumga shaylik holati koʻrib chiqildi.

Shuningdek, shaharning “Shodiyona” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga hozirligi oʻrganildi. Tashrif davomida isteʼmolchilar fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Shu bilan birga “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari Margʻilon shahridagi koʻmir omborida boʻlib, isitish mavsumida aholini muqobil yoqilgʻi bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif yakunida masʼul mutasaddilar va mahalliy gaz taʼminoti xodimlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish hamda isitish mavsumida uzluksiz taʼminotni taʼminlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=14978

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 19-sentyabr kuni Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.


Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) – "Shohjahon", "Rakat", "Konstitutsiya", "Rakatboshi", "Tepa", "Belariq", "Muhandislar", "Bobur", "A.Qahhor", "Armug'on" va "Boshliq" MFYlari;

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) – "Baynalminal", "Yangi Mirobod", "Mirobod" va "Avloniy" MFYlari

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 20-00 gacha) - Bobur ko'chasi

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17-00 gacha) - "Yorqin hayot", "Xushnud", "Zarbdor" va "Olchazor" MFYlari

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda

Bu haqda “Yoshlar” radiosining “Davr yangiliklari” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Hurmatli iste’molchilar!

Ta’mirlash ishlari tufayli 20-sentyabr kuni Bektemir va Chilonzor tumanlaridagi ayrim isteʼmolchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani – “Zabardast" MFY (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

Chilonzor tumani – "Katta Olmazor" MFY, A.Navoiy ko’chasi (soat 10:00 dan 20:00 gacha)

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Chilonzor tumani Olmazor massividagi yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Olmazor massividagi 9 ta va A. Navoiy ko‘chasidagi 8 ta ko‘p qavatli uylarda tabiiy gaz ta'minoti vatincha to'xtatildi.

Ayni vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida tabiiy gaz ta'minoti 21-sentyabr kuni qayta tiklanadi.
Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasidagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida mazkur hududdagi 25 ta koʻp qavatli uyda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.