"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Olmazor tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot

Bugun Olmazor tumanida, “Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki” binosida “Energiya resurslarini tejash, debitor qarzdorlikni undirish va yo‘qotishlarni qisqartirish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Olmazor tumani hokimi, Respublika Bosh prokuraturasi vakillari, “Hududgaz Poytaxt” GTF hamda Olmazor GTB rahbar va mutaxassislari, shuningdek, sohaga tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, tuman fuqarolari bilan bevosita muloqot olib bordilar.

🔹 Aholini qiynab kelayotgan muammolar joyida tinglanib, tezkor choralar ko‘rildi.
🔹 Qarzdorlikni qisqartirish, energiya tejamkorligiga rioya qilish va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan aholi va mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
🔹 Fuqarolar bildirgan e’tiroz va takliflar asosida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

👉 Ochiq muloqot samimiy ruhda o‘tdi. Aholining fikr va takliflari inobatga olinib, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi, Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Neft-gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.


Bu haqda FM 101.0 “O'zbegim Taronasi” radiosining “News Uz” informatsion dasturida so‘z bordi.

"Hududgaz Poytaxt" GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, ularni qoʻllab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilyapti. Joriy yil 14-fevralda oʻtkazilgan Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, “Hududgaztaʼminot” AJ ham ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda va yoshlarga yaqindan koʻmak koʻrsatishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan.

“Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida “Hududgaz Toshkent” va “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiallari hamda Jamiyatga biriktirilgan Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot oʻtkazildi. Jami 300 ga yaqin yoshlar ishtirok etgan tadbirda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi Marufxon Xodjayevning ishonchli vakili, Jamiyat rahbarining birinchi oʻrinbosari Davron Maksudov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularning kelajakdagi rejalari va qiziqishlari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot jarayonida Jamiyat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning hayotda munosib oʻrin topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Tadbirda gaz taʼminoti tizimida oʻzining yetakchilik fazilatlari, masʼuliyati va tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan faol yoshlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Uchrashuv davomida Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qilayotgan yoshlarga oʻzlarini qiziqtirgan kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha Jamiyat tomonidan maxsus yoʻllanmalar va zaruriy ish qurollari topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida D. Maksudov yoshlarga ishonch bildirib, ularni doimo izlanishga, bilim va kasb oʻrganishga, tashabbuskor boʻlishga undadi. Shuningdek, Jamiyat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi bunday tashabbuslar izchil davom ettirilishi alohida taʼkidlandi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgazta’minot” AJ rahbariyati yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isitish mavsumida muhtoj aholi qatlamlari qo‘llab-quvvatlanishini bilasizmi?

📅 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun 2025-yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi.

💵 Moddiy yordam kimlarga beriladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
“Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar;
qo‘shimcha ravishda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida yuqoridagi Reyestrlarga kiritilmagan, biroq kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga.

🖋 Qo‘shimcha ro‘yxat qanday shakllantiriladi:

“Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirishda:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;
nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar;
Gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
Bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birgalikda yashovchi oilalar inobatga olinadi.

Agar Siz ushbu toifalarga mos kelib ehtiyojmand oila bo‘lsangiz joriy yilning 25-sentyabrga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Шавкат Мирзиёев ФИФА раҳбарини "Дўстлик" ордени билан мукофотлади. Давлатимиз раҳбарига финтех соҳасини ривожлантиришга оид режалар тақдимот қилинди. Ўзбекистон ва Қатар етакчилари телефон орқали мулоқот қилдилар.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Шавкат Мирзиёев ФИФА баслығын "Дўстлик" ордени менен сыйлықлады. Мәмлекетимиз басшысына финтех тараўын раўажландырыўға байланыслы режелер таныстырылды. Өзбекстан ҳәм Қатар жетекшилери телефон арқалы сөйлести.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев наградил главу ФИФА орденом «Дўстлик». Главе государства доложено о планах по развитию финтеха. Лидеры Узбекистана и Катара провели телефонный разговор.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev awarded the FIFA President with the “Dustlik” Order. The Head of State was briefed on plans for the development of fintech.

Facebook|Instagram|X