"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

⚡️ “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni”ga bag‘ishlanadi!

Fidoyi gazchilarimiz har kuni xalqimiz farovonligi va Vatan taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilishdan charchamaydi.


🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli neft va gaz sanoati fidoyilari!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarga sog‘liq-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy totuvlik va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
——
Уважаемые работники нефтегазовой отрасли!

Поздравляем вас с профессиональным праздником!
Выражаем глубокую признательность за ваш самоотверженный труд и преданность выбранному делу, благодаря которым обеспечивается развитие страны и благополучие народа.

Желаем вам крепкого здоровья, семейного счастья, благополучия и больших успехов в работе!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida 364 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"Hududgazta’minot" AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" GTF komplaens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Yashnobod tumani "Shohsanam" MFYda joylashgan xonadonda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchi tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 364 million so‘mlik zarar hisoblandi. Mazkur ishga aloqador barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?0&id=14828

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Toshkent shahri “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali – 2025–2026 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni

Bugungi kunda filial ishchi-xodimlari aholiga barqaror gaz yetkazib berish uchun muntazam mehnat qilmoqda.

🔹 8813 km gaz quvuri faoliyat yuritmoqda:
▪️ Yuqori bosim – 222 km
▪️ O‘rta bosim – 1509 km
▪️ Past bosim – 7081 km

🔹 3686 dona GTP xizmat ko‘rsatmoqda:
▪️ 184 ta yuqori bosim
▪️ 3502 ta o‘rta bosim

Xodimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
• 3,1 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi
• 165 dona GTP mukammal ta’mirlandi
• 3292 dona GTP texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
• 3183 km yer osti quvurlari tekshirildi
• 282 km gaz quvuri ta’mirlandi
• 215 km quvurlarda zichlik sinovi va tozalash ishlari bajarildi

⚡️ 2024-yil davomida ham samarali natijalarga erishildi:
• 7035 dona regulyator o‘rnatildi
• 136 ta gaz taqsimlash punktlari demontaj qilindi
• Qo‘shimcha 518 dona yangi regulyator o‘rnatildi

👉 Bu ko‘rsatkichlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasining fidokorona mehnati, mas’uliyati va tinimsiz xizmatining natijasidir.

🇺🇿 Maqsadimiz – poytaxt aholisi va yirik iste’molchilarni kuz-qish mavsumida uzluksiz, xavfsiz va sifatli gaz ta’minoti bilan ta’minlashdir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gaz jihozlarini zamonaviysiga almashtiring va gazdan oqilona foydalaning!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot tumani “Yangi Darxon” va "Olchazor" MFYlarida 2025-yil 9-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
😊😊😊😊😊

⚡️Xitoy kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

“Hududgazta’minot” AJ hamda Xitoyning “Tianjin Changlong Hongye Gas Equipment Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar amaliy bosqichga ko‘tarildi.

Joriy yilning 8 sentabr kuni mazkur kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari D. Maksudov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbir doirasida Samarqand va Andijon viloyatlaridagi gaz to‘ldirish inshootlari o‘rganilib, uskunalarni modernizatsiya qilish yuzasidan takliflar berildi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz ta’minoti sohasida avtomatlashtirish va raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etish, mavjud inshootlarni modernizatsiya qilish hamda texnik audit o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik doirasida kelgusida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🇺🇿 “Hududgaz Poytaxt” GTFda bayram tadbiri

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi, Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Neft-gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

🎙 Tadbirda filial direktori Grabovich Timur Viktorovich so‘zga chiqib, jamoani samimiy tabrikladi hamda fidoyi xodimlarni taqdirladi.

🏅 “Hududgaz ta’minot” AJ rahbari Xodjayev Marufxon Maqsudovich nomidan xodimlarga “VATANNING SADOQATLI FARZANDI — FIDOIY INSON” ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar topshirildi. Mukofotlarni “Vatanning sadoqatli farzandlari” NNT rahbari Amonov Lochinbek tantanali tarzda taqdim etdi.

Bayram dasturxoni, o‘yin-kulgular va raqslar xodimlarga chinakam bayram kayfiyati bag‘ishladi.

📌 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati
😊😊😊😊😊

🛑 Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling!

⚠️ Eslab qoling: oddiy ehtiyot choralar hayotingizni saqlab qolishi mumkin!


#IsGazi #Profilaktika #Xavfsizlik

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumani “Mirobod" MFYsida 2025-yil 10-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov “Hududgaztaʼminot” AJ faoliyati bilan tanishdi

Tashrif davomida aholi, ijtimoiy soha va yirik isteʼmolchilarni tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan maʼlumot berildi.

Xususan, suyultirilgaz gaz isteʼmolchilari roʻyxatini elektron tarzda yuritish, ID-kartadagi NFC funksiyasi va Face-ID orqali shaxsni aniqlash, avtotransport harakatini onlayn kuzatish imkoniyatlari joriy etilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi yetkazib berishda Yaponiya tajribasiga asoslangan texnologiyadan foydalanish ishlari ham namoyish etildi.

Uchrashuvda gaz taʼminoti samaradorligini oshirish, aholiga manzilli xizmat koʻrsatish, gazdan oqilona foydalanishni targʻib qilish va noqonuniy ulanishlarni oldini olish masalalari muhokama qilindi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM