"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.6K photos
1.1K videos
3 files
2.35K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
🇺🇿 Mustaqillik – milliy g‘urur va qudrat timsoli!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tgan tadbirlarda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, tashabbuskor va fidoyi xodimlar taqdirlandi. Ularning gaz ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki va jamiyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

👏 Shu bilan birga, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ijro apparati “Yirik iste’molchilar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i Ergashev Qodir G‘ayrat o‘g‘li ham sohadagi samarali mehnati va fidoyiligi uchun taqdirlandi.

🎉 Bayramona ruhda o‘tgan tadbir xodimlar qalbida ko‘tarinki kayfiyat, faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi hamda ularni kelgusida ham mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarishga chorlab qo‘ydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_31_son

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

"Hududgazta’minot" AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyatida filial komplaens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reydlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Bo‘stonliq tumanining "Xo‘jakent" MFYdagi xonadonda joylashgan "K. G." nomli dala hovlida loyiha texnik hujjatsiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha qayta-hisob kitob amalga oshirildi va 3 milliard 43 million so‘mlik zarar aniqlandi.

Yana bir noqonuniy holat Ohangaron tumanining "Ilg‘or" MFYda joylashgan, fuqaro X. Sh. ga qarashli uyda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tijorat maqsadida novvoyxona tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 395 million 900 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Yuqoridagi noqonuniy holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?0&id=14826

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

⚡️ “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni”ga bag‘ishlanadi!

Fidoyi gazchilarimiz har kuni xalqimiz farovonligi va Vatan taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilishdan charchamaydi.


🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli neft va gaz sanoati fidoyilari!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarga sog‘liq-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy totuvlik va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
——
Уважаемые работники нефтегазовой отрасли!

Поздравляем вас с профессиональным праздником!
Выражаем глубокую признательность за ваш самоотверженный труд и преданность выбранному делу, благодаря которым обеспечивается развитие страны и благополучие народа.

Желаем вам крепкого здоровья, семейного счастья, благополучия и больших успехов в работе!

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida 364 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"Hududgazta’minot" AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" GTF komplaens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Yashnobod tumani "Shohsanam" MFYda joylashgan xonadonda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchi tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 364 million so‘mlik zarar hisoblandi. Mazkur ishga aloqador barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?0&id=14828

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Toshkent shahri “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali – 2025–2026 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni

Bugungi kunda filial ishchi-xodimlari aholiga barqaror gaz yetkazib berish uchun muntazam mehnat qilmoqda.

🔹 8813 km gaz quvuri faoliyat yuritmoqda:
▪️ Yuqori bosim – 222 km
▪️ O‘rta bosim – 1509 km
▪️ Past bosim – 7081 km

🔹 3686 dona GTP xizmat ko‘rsatmoqda:
▪️ 184 ta yuqori bosim
▪️ 3502 ta o‘rta bosim

Xodimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
• 3,1 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi
• 165 dona GTP mukammal ta’mirlandi
• 3292 dona GTP texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
• 3183 km yer osti quvurlari tekshirildi
• 282 km gaz quvuri ta’mirlandi
• 215 km quvurlarda zichlik sinovi va tozalash ishlari bajarildi

⚡️ 2024-yil davomida ham samarali natijalarga erishildi:
• 7035 dona regulyator o‘rnatildi
• 136 ta gaz taqsimlash punktlari demontaj qilindi
• Qo‘shimcha 518 dona yangi regulyator o‘rnatildi

👉 Bu ko‘rsatkichlar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasining fidokorona mehnati, mas’uliyati va tinimsiz xizmatining natijasidir.

🇺🇿 Maqsadimiz – poytaxt aholisi va yirik iste’molchilarni kuz-qish mavsumida uzluksiz, xavfsiz va sifatli gaz ta’minoti bilan ta’minlashdir.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gaz jihozlarini zamonaviysiga almashtiring va gazdan oqilona foydalaning!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!
Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot tumani “Yangi Darxon” va "Olchazor" MFYlarida 2025-yil 9-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
😊😊😊😊😊

⚡️Xitoy kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

“Hududgazta’minot” AJ hamda Xitoyning “Tianjin Changlong Hongye Gas Equipment Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar amaliy bosqichga ko‘tarildi.

Joriy yilning 8 sentabr kuni mazkur kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari D. Maksudov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbir doirasida Samarqand va Andijon viloyatlaridagi gaz to‘ldirish inshootlari o‘rganilib, uskunalarni modernizatsiya qilish yuzasidan takliflar berildi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz ta’minoti sohasida avtomatlashtirish va raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etish, mavjud inshootlarni modernizatsiya qilish hamda texnik audit o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik doirasida kelgusida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM