Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
⚡️Gaz ta’minotida raqamli transformatsiya: yangi loyiha ustida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
"Hududgazta’minot" AJda Birlashgan Arab Amirliklarining "Esyasoft Holding" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekiston gaz ta’minoti tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan investitsion takliflar muhokama qilindi.
"Esyasoft Holding" sun’iy intellekt asosidagi raqamli yechimlarni energetika hamda kommunal xo‘jalik infratuzilmasiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga keng joriy etib kelayotgan yirik kompaniyalardan biridir.
Kompaniya O‘zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda "Hududgazta’minot" AJ tizimida "Tabiiy gaz iste’molini boshqarishning raqamli tizimini joriy etish" loyihasi taqdim etildi.
Mazkur loyiha respublika bo‘yicha tabiiy gaz taqsimoti va iste’molini aniq hisobga olish, shuningdek, mavjud yo‘qotishlarni sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Taklif etilayotgan yechimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- o‘rta bosimli quvurlarni zamonaviy hisoblash uskunalari bilan jihozlash;
- gaz taqsimlash tarmoqlarining elektron xaritasini shakllantirish.
"Esyasoft Holding" kompaniyasi loyiha amalga oshirilishi natijasida tijorat va texnik yo‘qotishlar 70–80 foizga kamayishi, gaz hisobida 99,8 foiz aniqlikka erishilishi, tizim operatsion xarajatlari 25 foizga qisqarishi hamda avariyaviy holatlarda tezkor choralar ko‘rish tezligi 60 foizga oshishini ko‘zda tutmoqda.
Muzokaralar yakunida tomonlar taklif etilgan texnologik yechimlarni sinovdan o‘tkazish va loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
"Hududgaztaʼminot" AJ matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur murojaat Yunusobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. Hududda olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari doirasida yer ustidan gaz quvurlari montaj qilinmoqda. Mazkur quvur orqali tabiiy gaz ta’minoti amalga oshirilmaganligi sababli ushbu quvur payvandlash yo‘li bilan olib tashlandi.
Hududgaz Poytaxt GTF matbuot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har bir uyda energiya tejash mumkin!
Zamonaviy energiya tejamkor uskunalardan foydalanish – bu gazni tejashning eng oddiy, xavfsiz va samarali usulidir.
Bunday uskunalar oila byudjetini sezilarli darajada tejaydi, chunki ular gaz sarfini kamaytiradi, ortiqcha xarajatlarning oldini oladi va xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradi.
Energiya resurslarini oqilona ishlatish nafaqat bugungi kun uchun, balki farzandlarimiz kelajagi uchun ham muhimdir.
“Hududgaztaʼminot” AJ energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Yashnobod tumani, Izzat ko‘chasi 58/5-uy, 308-sonli GTP
Diametri 76 mm bo‘lgan past bosimli gaz kranidan gaz sizib chiqishi aniqlandi.
Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida Tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan kranni almashtirish ishlari olib boriladi.
⚠️ Ishlarni xavfsiz bajarish uchun:
• 2 ta ko‘p qavatli uy
• 350 ta xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
✅ Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Diametri 76 mm bo‘lgan past bosimli gaz kranidan gaz sizib chiqishi aniqlandi.
Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida Tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan kranni almashtirish ishlari olib boriladi.
⚠️ Ishlarni xavfsiz bajarish uchun:
• 2 ta ko‘p qavatli uy
• 350 ta xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
✅ Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlanadi
Har bir bosgan izing tarixda qolar,
Mening bor bisotim faqat oʻzingsan.
Butun dunyo bizga lol boʻlib qolar,
Quchogʻingda sherdek yashayman vatan...
Vatanimiz mustaqilligining 34-yilligi keng nishonlamoqda. Mustaqillik xalqimizga erkinlik, tinchlik va farovonlik baxsh etgan ulugʻ neʼmatdir. Shu qisqa muddat ichida yurtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, xalqimizning hayot sifati yuksaldi, Oʻzbekiston butun dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻldi.
Ayni kunlarda “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallarida bayram shukuhi hukm surmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz
📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mustaqillikning 34 yilligi va Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlarining Shon-sharaf muzeyiga tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi hamda Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida xodimlar Ikkinchi jahon urushi davrida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va mardlik, Vatan himoyachilarining tarixiy qahramonligi aks etgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muzeyda yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhit xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va yurtimiz istiqloli yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

⚡️ “Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning erkin va ozod hayotini, farovon kelajagini ta’minlaydigan ulug‘ ne’matdir.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, har bir xonadon fayzu baraka, totuvlik va baxt-saodatga to‘lsin.
🕊 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan barchangizni chin qalbdan muborakbod etadi!
Mustaqillik – xalqimizning azaliy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqargan, erkin va farovon hayotimizga keng yo‘l ochib bergan ulug‘ tarixiy sana hisoblanadi.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lib, el-yurtimiz hamjihatlik va totuvlikda yashasin. Har bir xonadonga sog‘liq, fayz-u baraka, baxt va saodat yor bo‘lsin.
🕊 Mustaqilligimiz abadiy, Yangi O‘zbekistonimizning taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Mustaqillik – xalqimizning azaliy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqargan, erkin va farovon hayotimizga keng yo‘l ochib bergan ulug‘ tarixiy sana hisoblanadi.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lib, el-yurtimiz hamjihatlik va totuvlikda yashasin. Har bir xonadonga sog‘liq, fayz-u baraka, baxt va saodat yor bo‘lsin.
🕊 Mustaqilligimiz abadiy, Yangi O‘zbekistonimizning taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak!
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati va “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali jamoasi barchangizni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Mustaqillik — xalqimizning azaliy orzusi, milliy g‘urur va iftixor manbai, taraqqiyotimizning poydevoridir. Bugun yurtimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib, Yangi O‘zbekiston sari dadil qadam tashlamoqda.
Yurtimizda tinchlik va barqarorlik doimiy bo‘lsin. Har bir xonadonda totuvlik, sog‘lik, baxt va farovonlik hukm sursin.
🕊 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тяньцзинь шаҳрида “ШҲТ плюс” форматидаги учрашувда нутқ сўзлади.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на встрече в формате «ШОС плюс» в городе Тяньцзине.
#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на встрече в формате «ШОС плюс» в городе Тяньцзине.
#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X