"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.03K photos
963 videos
3 files
2.15K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
#Live #Jarayon

Chilonzor tumani “Beshyog‘och” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga daraxt qulashi natijasida yuzaga kelgan avariya holati bartaraf etilmoqda

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan noqulay ob-havo natijasida yuzaga kelgan avariya holatlari bartaraf etildi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.

Natijada "Bogʻbon" MFYdagi 300 ta yerli xonadon, "Argʻin " MFYdagi 400 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Avariya-tiklash ishlari yakunlangandan soʻng isteʼmolchilarni ogohlantirgan holda gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Forwarded from MINENERGY.UZ
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor 1-aprelga qadar uzaytirildi

Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.

________________

Базовая норма потребления природного газа в отопительный сезон продлена до 1 апреля

Как известно, с 1 марта в нашей стране было предусмотрено снижение базовой нормы в 500 кубометров, установленной на отопительный сезон для потребления природного газа, до 100 кубометров.

Однако, учитывая, что в марте ожидается понижение температуры воздуха, а в некоторые дни ночная и дневная температура может опускаться ниже 0°C, что будет холоднее, чем обычно, а также в целях создания удобств для населения, согласно поручению Главы нашего Государства, соответствующим постановлением Кабинета Министров базовая норма в 500 кубометров, установленная для отопительного сезона, продлена до 1 апреля 2025 года.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

O‘zbekiston Respublikasidagi tabiiy gaz bilan ta’minlangan iste’molchilar soni va ularga yetkazib berilgan gaz hajmlari

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahar Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasidan oʻtuvchi oʻrta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5-mart 12:00 dan 6-mart 08:00 gacha tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Yashnobod tumani

Aholi isteʼmolchilari: “Obisher” MFYdagi 16 ta koʻp qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta koʻp qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 35 ta


Mirobod tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta koʻp qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta koʻp qavatli uy va 125 ta yerli xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta


Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinkoʻl”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5-mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta

Shayxontohur tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta koʻp qavatli uy
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from MINENERGY.UZ
Metan zapravkalar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.

Ertaga, 6-mart kuni soat 09:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 6-mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta

Shayxontohur tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta koʻp qavatli uy
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
🎓 “HGT Ma'naviyat” Telegram kanali ishga tushirildi

"Hududgataʼminot" AJ va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini jadallashtirish va xodimlarning maʼnaviy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi telegram kanali ishga tushirildi!

👥 Kanalning asosiy maqsadi:

⭕️ Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va intellektual salohiyatini oshirish.

⭕️ Kasb odobnomasi, axloqiy meʼyorlar bo‘yicha taʼlim berish.

⭕️ O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini keng targ‘ib qilish va uning amaliyotdagi ahamiyatini oshirish.

⭕️ Maʼnaviy qadriyatlarni yuksaltirish va jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy muhit yaratish.

📚 Kanalda sizni quyidagi materiallar kutmoqda:

⭕️ Treninglar, seminarlar va maʼruzalar;

⭕️ Motivatsion kontent va kasbiy axloq bo‘yicha maslahatlar;

⭕️ O‘zbek tilini rivojlantirishga oid materiallar va ko‘nikmalar.

📌 Kanalga qo‘shiling va birgalikda yana-da kuchli, intellektual va maʼnaviy rivojlangan jamiyatni yaratishga hissa qo‘shing!

Kanalga ulanish: @Hududgaz_manaviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ayol eʼtiborda

Mamlakatimizda barcha sohalarda xotin-qizlar muhim oʻrin tutadi. Bugungi kunda gaz taʼminoti tizimida mingga yaqin ayol fidokorona mehnat qilmoqda va ularning ulushi yil sayin ortib bormoqda. Mashaqqatli va yuqori masʼuliyat talab qiladigan sohada erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan bu aziz ayollarni eʼtirof etish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning barcha filial va boʻlimlarida tantanali tadbirlar oʻtkazilmoqda.

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi tizimdagi barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabriklab, mamlakat ravnaqi yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, ularga oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, bahoriy kayfiyat va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ayol-qizlar koʻrsatilayotgan bu eʼtibor va hurmatdan cheksiz mamnun ekanliklarini bildirib, bunday eʼtirof ularga yanada kuch-gʻayrat bagʻishlashini, mehnatga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshirishini taʼkidladilar.

📱Video

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM