"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.09K photos
980 videos
3 files
2.18K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Qashqadaryo viloyatida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullarini joriy etish davlat tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, “Hududgaztaʼminot” AJda murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali oʻrganish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilayotgani evaziga aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar oʻz yechimini topmoqda.

Joriy yilning 16-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Yuzga yaqin qatnashchi ishtirok etgan sayyor qabulda isteʼmolchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan koʻplab masalalar ijobiy hal etildi, qoʼshimcha oʼrganish talab qilingan murojaatlarni nazoratga olish hamda joyiga chiqib oʼrganish boʼyicha tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʼi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, toʼlov madaniyati, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, energotejamkor uskunalarining afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.

Qayd etish kerak, xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini roʻyobga chiqarishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarning oʻrni ulkan boʻlmoqda.

Batafsil
: https://hududgaz.uz/news?id=11547

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
E’lon!

“Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i va mutasaddilari ishtirokida joriy yilning 20-avgust kuni Toshkent shahar Sergeli tumani “Nog‘oyqo‘rg‘on” MFYda soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Mutasaddilar iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaat va takliflarini o‘rganib chiqadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 20-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
Sergeli-4 va Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 789 ta yerli xonadon
va 10 ta ko‘p qavatli uylardagi 80 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 26 ta

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Otchopar-2” MFY Chinobod, Otchopar, Obiravon, 8-tor Chinobod ko‘chalaridagi 180 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta

Yashnobod tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
Osh ko‘chasidagi
5 ta ko‘p qavatli uylardagi 250 ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
E’lon!

“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i va mutasaddilari ishtirokida joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani “Xayrabod” MFYda soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Mutasaddilar iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaat va takliflarini o‘rganib chiqadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Нукус шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқоти бўлиб ўтди.

В Нукусе состоялся очередной открытый диалог Президента Республики Узбекистан с предпринимателями.

#Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #Qoraqalpogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontuhur, Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 21-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Orzu”, “Quyosh” va “Chustiy” MFYlaridagi 40 ta ko‘p qavatli uydagi 4604 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 35 ta

Shayxontuhur tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
Huvaydo, S-27 va S-26 dahalaridagi 60 ta yerli xonadon
va 66 ta ko‘p qavatli uydagi 2588 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 38 ta

Shayxontuhur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Beltepa” MFYdagi 582 ta yerli xonadon
va ko‘p qavatli uylardagi 487 ta xonadon
“Ipakchi” MFYdagi 1103 ta yerli xonadon
va ko‘p qavatli uylardagi 447 ta xonadon
“Katta Jarariq” MFYdagi 1032 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 346 ta xonadon
“O‘zbekiston” MFYdagi 1171 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uydagi 19 ta xonadon
“Eski Jarariq” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 662 ta xonadon
“Yangi Jarariq” MFYdagi 454 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 434 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 176 ta

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Chinor” MFYdagi
ko‘p qavatli uylardagi 660 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 20 ta

Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“A.Yassaviy” MFYdagi 4 ta ko‘p qavatli uylardagi 336 ta xonadon


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF