"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.78K subscribers
5.03K photos
965 videos
3 files
2.15K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Surxondaryoning togʻli hududida joylashgan qishloqdagi suyultirilgan gaz taʼminoti bilan tanishdi

Sariosiyo tumani markazidan qariyb 100 km uzoqlikda joylashgan Xushxabar qishlogʻiga borish uchun avtomobil yoʻlidan soʻng Toʻpalang suv omborini qayiqda, uyogʻiga esa ot-ulov orqali yoki piyoda bosib oʻtish talab etiladi. Mazkur qiyinchiliklarga qaramay yuzga yaqin fuqaro yashaydigan ushbu hududga maishiy gaz ballonlari oʻz vaqtida yetkazib beriladi.

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev viloyatga tashrifi davomida mazkur hududdagi gaz taʼminoti bilan bogʻliq vaziyatni koʻzdan kechirdi. Suv omboridan qayiqda oʻtgandan keyin togʻ oralab ikki soat yoʻl bosib, qishloqqa yetib borildi. U yerda tashkilot rahbari qishloq aholisining murojaat va takliflarini tingladi. Murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Yoʻldagi ekstremal sharoitlarga qaramasdan yoqilgʻi taʼminotining muntazam yoʻlga qoʻyilgani alohida eʼtirof etildi.

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnobod tumanining ayrim hududlariga 15-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: Energetiklar ko‘chasidagi 240 ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#Kun_fotosi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev Surxondaryo viloyatining olis tog‘li hududida joylashgan Xushxabar qishlog‘idagi suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq vaziyatni koʻzdan kechirdi

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 16-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
(soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Ziyo”, “G‘. A’zamov” va “Achaobod” MFYlaridagi 1102 ta yerli xonadon va 11 ta ko‘p qavatli uydagi 1074 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Xonobodtepa” MFY Xonobodtepa 1-2-3-tor ko‘chalaridagi 280 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Bektemir” MFY Billur, Ixlos, Olmos va Bektemir shox ko‘chalaridagi 445 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 29 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Qashqadaryo viloyatida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullarini joriy etish davlat tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, “Hududgaztaʼminot” AJda murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali oʻrganish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilayotgani evaziga aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar oʻz yechimini topmoqda.

Joriy yilning 16-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Yuzga yaqin qatnashchi ishtirok etgan sayyor qabulda isteʼmolchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotiga oid murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan koʻplab masalalar ijobiy hal etildi, qoʼshimcha oʼrganish talab qilingan murojaatlarni nazoratga olish hamda joyiga chiqib oʼrganish boʼyicha tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʼi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, toʼlov madaniyati, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, energotejamkor uskunalarining afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.

Qayd etish kerak, xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini roʻyobga chiqarishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarning oʻrni ulkan boʻlmoqda.

Batafsil
: https://hududgaz.uz/news?id=11547

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz