"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.03K photos
964 videos
3 files
2.15K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Buxoro viloyatida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Joylarda muntazam oʻtkazib kelinayotgan sayyor qabullar tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida aholini qiynab kelayotgan masalalarni oʻrganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokidagi sayyor qabulning navbatdagisi Buxoro viloyatining Buxoro shahrida oʻtkazildi. Yuzdan ziyod odam qatnashgan tadbirda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul doirasida isteʼmolchilarning murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan masalalar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, toʻlov madaniyati, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, energotejamkor uskunalarining afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.

“Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati xalq bilan uchrashuvlarni har bir viloyatda uyushtirib, isteʼmolchilarni qiynayotgan savollarga yechim topish va ularning taklif-mulohazalarini oʻrganishda davom etmoqda.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=11515

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 8-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari:
“Orzu” MFYdagi 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 222 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta


Sergeli tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Junariq” MFY Choshtepa va Junariq ko‘chalaridagi 978 ta yerli xonadon

Yangihayot tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Choshtepa” MFY Choshtepa va Uzar ko‘chalaridagi 1157 ta yerli xonadon

Sergeli va Yangihayot tumanlari
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 68 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
📣E’lon!

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida joriy yilning 9-avgust kuni Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “Shirin” madaniyat saroyida soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Mazkur qabulda iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaat va takliflari o‘rganib chiqiladi.


Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 9-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani
(soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Alisherobod” MFYdagi 347 ta yerli xonadon va 2 ta ko‘p qavatli uydagi 20 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 16 ta

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Eshonbuloq” MFY Muqanna va Xonobod ko‘chalaridagi 467 ta yerli xonadon
“Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo ko‘chalaridagi 730 ta xonadon
“Xonobod” MFY Kichik soy ko‘chasidagi 125 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 24 ta

Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: 2 ta ko‘p qavatli uydagi 60 ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Navoiy viloyatida oʻtkazildi

Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish davlat idoralari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Oʻz navbatida “Hududgaztaʼminot” AJda ham isteʼmolchilar bilan muloqot tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni vaqtda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur oʻrgangan holda tegishli chora koʻrishning natijador vositasi boʻlib xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joriy yilning 9-avgust kuni “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilib, unda 100 dan ziyod fuqarolar qatnashdi.

Qabul davomida isteʼmolchilarning gaz taʼminotiga oid murojaat, taklif va mulohazalari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, boshqalari boʻyicha tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar boʻyicha joyiga chiqib oʻrgangan holda masalani yechish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga yigʻilganlarga gaz taʼminotiga oid qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar, tejamkorlik va energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Oʻz navbatida sayyor qabulga tashrif buyurgan isteʼmolchilar bunday yuzma-yuz uchrashuvlar har ikki tomon uchun manfaatli boʻlganini taʼkidlagan holda ushbu tashabbusli harakatlarni davom ettirayotgan gaz taʼminoti tizimi mutasaddilariga minnatdorchilik bildirishdi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=11523

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Газ билан боғлиқ бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш асосан қандай чора-тадбирларга боғлиқ? (+видео)

Мамлакатимизда газ таъминоти тизимини рақамлаштириш ва модернизация қилиш, тўлов интизомини мустаҳкамлаш, газни етказиб бериш инфратузилмасини такомиллаштириш ва бошқарув тизимини оптималлаштириш борасида қатор тадбирлар олиб борилмоқда.

📽 https://youtu.be/W_4YKFXkQgo

Батафсил: https://uza.uz/posts/623715

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Olimpiya oʻyinlaridagi tarixiy natija bilan tabriklaymiz!

Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan holda umumiy reytingda 13-oʻrinni egalladi. Hamyurtlarimiz Olimpiadalar tarixidagi oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etishdi.

Parij–2024 sovrindorlari:
🥇
Diyora Keldiyorova
Ulug‘bek Rashitov
Hasanboy Doʻstmatov
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
Lazizbek Mullojonov
Razambek Jamalov
Abdumalik Xalokov
Bahodir Jalolov


🥈
Akbar Joʻrayev
Svetlana Osipova


🥉
Muzaffarbek Toʻraboyev
Alisher Yusupov
Gʻulomjon Abdullayev


“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi ushbu tarixiy natija bilan barcha sovrindorlar, ularning oila aʼzolari va butun xalqimizni chin koʻngildan muborakbod etadi. Gʻalabali yurishlar davomli boʻlaversin!

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Uchtepa tumanining ayrim hududlariga 12-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: TXAY ko‘chasidagi 5 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF