"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.79K subscribers
5.03K photos
963 videos
3 files
2.15K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qator mutasaddi hamda tegishli idoralar tomonidan metan gaz narxini barqarorlashtirish hamda narxlarning asossiz oshirib yuborilishini oldini olish bo‘yicha jiddiy nazorat olib boriladi

AOKAda Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz narxining erkinlashtirilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi:

Ishlab chiqaruvchilar va importerlar tomonidan birja savdolariga suyultirilgan gaz qo‘yish hajmlari kamayib, mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi iyul oyi boshidagiga nisbatan 25 foiz (6 mln so‘mdan → 7,5 mln so‘mgacha) oshgan.

Avgust oyining 7-sanasidan e’tiboran “Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan kuniga yana qo‘shimcha 100 tonnadan suyultirilgan gaz birja savdolariga qo‘yib boriladi.

Bugungi kunda suyultirilgan gazning tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinishiga hech qanday taqiq va cheklovlar mavjud emas.

Joriy yilning o‘tgan davrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 1 601 ta holatda 369 mlrd so‘mlik 217 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgan iste’molchilar aniqlandi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar miqdorining 155 mlrd so‘mlik qismini tashkil etuvchi 42 foizi 1 568 ta har xil toifadagi iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelsa-da, uning 214 mlrd so‘mlik 58 foizi 33 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tomonidan talon-toroj qilingan.

2025-yil 1-yanvarga qadar barcha shoxobchada gaz to‘ldirish ustunlariga qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilib, realizatsiya qilinayotgan gaz hajmi onlayn kuzatib boriladi.

Endilikda sotilayotgan yoqilg‘ilarning narxlarini sun’iy ravishda oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ularga yoqilg‘i yetkazib berilishi to‘xtatiladi.

Hurmatli iste’molchilar, agar siz metan gaz narxining asossiz ravishda oshirilishi holatlariga duch kelsangiz, Raqobat qo‘mitasining 71-207-47-00, 71-207-48-00 yoki 1159 qisqa raqamiga, shuningdek, Bosh prokuraturaning 1007 qisqa raqami hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning 71-200-02-86 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi bilan muloqot, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va sohadagi yangicha yondashuvlar

“O‘zbekiston 24” telekanalining
“Maxsus reportaj” dasturida Andijon viloyati gaz ta'minotida amalga oshiralayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 5-avgust kuni soat 10:00 dan 17:30 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari:
“Xastimom” MFYdagi 197 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta


Shayxontohur tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Gulbozor” MFYdagi 85 ta yerli xonadon, 65 ta kotej, 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 244 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlariga 5-avgust kuni soat 10:30 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: Sultoniya ko‘chasidagi 247 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 6-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Bektemir tumani
(soat 09:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Oltintopgan” MFYdagi 322 ta yerli xonadon
“Zabardast” MFYdagi 45 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta


Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni
“Xo‘ja Uchqun” MFY Markaziy ko‘chasidagi 45 ta yerli xonadon

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Madaniyat” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 28 ta ko‘p qavatli uylardagi 1851 ta xonadon
“Xalqobod” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 1189 ta xonadon
“Birdamlik” MFY Qo‘yliq 6-mavzesidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1483 ta xonadon

“Shukrona” MFY Qo‘yliq 7-mavzesidagi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 641 ta xonadon
U.Mahmudov ko‘chasidagi 210 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 32 ta


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 7-avgust kuni soat 14:30 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: “Qushqo‘rg‘on” MFY Qushqo‘rg‘on, Oybek va O‘qituvchilar ko‘chalaridagi 803 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Buxoro viloyatida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Joylarda muntazam oʻtkazib kelinayotgan sayyor qabullar tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida aholini qiynab kelayotgan masalalarni oʻrganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokidagi sayyor qabulning navbatdagisi Buxoro viloyatining Buxoro shahrida oʻtkazildi. Yuzdan ziyod odam qatnashgan tadbirda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul doirasida isteʼmolchilarning murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan masalalar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, toʻlov madaniyati, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, energotejamkor uskunalarining afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.

“Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati xalq bilan uchrashuvlarni har bir viloyatda uyushtirib, isteʼmolchilarni qiynayotgan savollarga yechim topish va ularning taklif-mulohazalarini oʻrganishda davom etmoqda.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=11515

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 8-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari:
“Orzu” MFYdagi 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 222 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta


Sergeli tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Junariq” MFY Choshtepa va Junariq ko‘chalaridagi 978 ta yerli xonadon

Yangihayot tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Choshtepa” MFY Choshtepa va Uzar ko‘chalaridagi 1157 ta yerli xonadon

Sergeli va Yangihayot tumanlari
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 68 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
📣E’lon!

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida joriy yilning 9-avgust kuni Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “Shirin” madaniyat saroyida soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Mazkur qabulda iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaat va takliflari o‘rganib chiqiladi.


Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 9-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani
(soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Alisherobod” MFYdagi 347 ta yerli xonadon va 2 ta ko‘p qavatli uydagi 20 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 16 ta

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Eshonbuloq” MFY Muqanna va Xonobod ko‘chalaridagi 467 ta yerli xonadon
“Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo ko‘chalaridagi 730 ta xonadon
“Xonobod” MFY Kichik soy ko‘chasidagi 125 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 24 ta

Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: 2 ta ko‘p qavatli uydagi 60 ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Navoiy viloyatida oʻtkazildi

Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish davlat idoralari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Oʻz navbatida “Hududgaztaʼminot” AJda ham isteʼmolchilar bilan muloqot tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni vaqtda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur oʻrgangan holda tegishli chora koʻrishning natijador vositasi boʻlib xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joriy yilning 9-avgust kuni “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilib, unda 100 dan ziyod fuqarolar qatnashdi.

Qabul davomida isteʼmolchilarning gaz taʼminotiga oid murojaat, taklif va mulohazalari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, boshqalari boʻyicha tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar boʻyicha joyiga chiqib oʻrgangan holda masalani yechish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga yigʻilganlarga gaz taʼminotiga oid qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar, tejamkorlik va energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Oʻz navbatida sayyor qabulga tashrif buyurgan isteʼmolchilar bunday yuzma-yuz uchrashuvlar har ikki tomon uchun manfaatli boʻlganini taʼkidlagan holda ushbu tashabbusli harakatlarni davom ettirayotgan gaz taʼminoti tizimi mutasaddilariga minnatdorchilik bildirishdi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=11523

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz