"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.14K subscribers
3.55K photos
574 videos
3 files
1.56K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari ishtirokidagi Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

“Hududgaztaʼminot” AJ va uning tizim korxonalarida yoshlar oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. 29-iyun kuni Toshkentdagi “Zakovat arena”da 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi. Mingdan ortiq gazchilar, yuzlab yoshlar ishtirokida oʻtgan hududiy saralash bosqichida gʻolib chiqqan jamoalar sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib bordi.

Mazkur tadbirda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Eshmuratov tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Jamiyat rahbari yoshlarni bayram bilan tabriklab, tizimda yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash samarali yoʻlga qoʻyilgani haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Soha rivojida yoshlarning oʻrni nihoyatda katta ekani alohida qayd etildi.

Ana shunday yosh kadrlardan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali jamoasi aʼzosi Nuriddin Abdumalikov mazkur musobaqa haqida fikr bildirar ekan, bu uning uchun ulkan tajriba boʻlganini taʼkidladi. “Gaz taʼminoti tizimida men kabi yoshlarga ulkan imkoniyatlar yaratilgan va biz ulardan foydalanishga intilyapmiz. Bugungi oʻyinda tajriba va yoshlik shijoatining uygʻunlashuviga guvoh boʻldik. Turli viloyatlardan kelgan hamkasblar bilan tanishish, ular bilan bilim maydonida doʻstona kurash biz uchun ulkan tajriba boʻldi”, — deydi 21 yoshli mutaxassis.

Musobaqada “Zakovat” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan tayyorlangan savollar xodimlarning turli sohalarga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Murosasiz kechgan bahslardan keyin sovrindorlar aniqlandi:

1-oʻrin: “Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati
2-oʻrin: “Hududgaz Surxondaryo” GTF
3-oʻrin: “Hududgaz Qashqadaryo” GTF

Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.

Musobaqa yakunida B. Eshmuratov xodimlar intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Zakovat oʻyinlari soha vakillari orasida muntazam oʻtkazib turilishini taʼkidladi. Shu bilan birga Jamiyat rahbari yoshlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

Facebook
| Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaztaʼminot” AJ tizim korxonalari ishchi-xodimlari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlarining quyidagi hududlariga 2-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Sergeli tumani
(soat 11:00 dan 17:00 gacha): “Bunyodkor” va “Yangi Bunyodkor” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2328 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta


Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha): “Yangi Sebzor” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: ko‘p qavatli uydagi 108 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta


Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): “Oq uy” MFY Eski otchopar ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 42ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 3-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani
(soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Do‘stlik” va “Chingeldi” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 1320 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 28 ta


Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Nurli yo‘l” MFY Yashil vodiy, Shodiyona, A.Ikromov, A.Temur, Bektemir shox ko‘chalari, “Zabardast” MFY Yangi hayot ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 476 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta


Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Mirishkor” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: 510 ta yerli xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 4-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Sergeli tumani
:
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Nog‘ayqo‘rg‘on” MFY Mohidil, Mohichehra, Gulzor, Erkinlik ko‘chalaridagi 426 ta yerli xonadon;
“Qubaytepa” MFY Parizod va Qubaytepa ko‘chalaridagi 392 ta yerli xonadon;
Choshtepa ko‘chasidagi 65 ta yerli xonadon;
Daryo bo‘yi ko‘chasidagi 82 ta yerli xonadon.


Ulgurji iste’molchilar soni: 14 ta


Olmazor tumani:
Aholi isteʼmolchilari soni: “Orzu” MFY 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 222 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga 4-iyul kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni:
Chilonzor tumani
“Mevazor”, “Yakkabog‘”, “2-Qatortol” MFYlaridagi1124 ta yerli xonadon;
“Kichik Xirmontepa”, “Xirmontepa”, “Bo‘rijar”, “Mehirjon” va “Shuhrat” MFYlari ko‘p qavatli uylaridagi 6095 ta xonadon

Uchtepa tumani
Uchtepa 11-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 1895 ta xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 29 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur murojaat “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. “Al-Xorazmiy” mavzeyida daraxt qulab ketishi oqibatida shikastlangan gaz quvurlari o‘sha kunning o‘zida ta’mirlangan va muammo bartaraf etilgan.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида бўлиб ўтган ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств-членов ШОС, состоявшемся в городе Астане.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Yangihayot, Sergeli va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 5-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Chilonzor tumani
(soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Beshyog‘och” MFYdagi 220 ta yerli xonadon;
“Katta Olmazor” va “Beshyog‘och” MFYlari ko‘p qavatli uylaridagi 1505 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 30 ta


Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: Navoiy ko‘chasi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 240 ta xonadon

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni
“Humo” MFYdagi 176 ta yerli xonadon;
“Mash’al” MFYdagi 90 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta


Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: “Sofdil” MFYdagi 70 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta


Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: “Orzu” MFY 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 237 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

“Adolat ko‘zgusi” gazetasida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

“Yo‘lariq” MFY 4-b uydan tushgan murojaat bo‘yicha “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur murojaat “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan nazoratga olingan. Ayni vaqtda murojaatda ko‘rsatilgan masalani o‘rganish jarayoni ketmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali