"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.08K subscribers
3.25K photos
555 videos
3 files
1.5K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
"Oltin tepa" mahallasidagi 3 500 nafar aholi bugun xursand

Sababi ularning murojaati yechim topdi.

Qariyb 4 kun muddatda "Mirzo Ulug‘bektumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan Yashnobod tumani "Maxtumquli" ko'chasidan Mirzo Ulug'bek tumanining "Oltin tepa"mahallasi "Qarnoq" ko'chasiga d-102mmli gaz quvurlarini tortish ishlari yakunlandi. Aholiga tabiiy gaz ta'minoti yaxshilandi.

Bugun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali mas'ullari mahallaga yangi tabiiy gaz tarmog‘i ulanganidan keyingi holat bilan tanishdilar. Iste'molchilar bilan qilingan suhbat davomida gaz xodimlari 24 soat davomida faoliyat olib borayotganligi, bundan asosiy maqsad esa ularga issiqlikni yetkazib berish ekanligi ta'kidlandi.


"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tomonidan Toshkent shahri tabiiy gaz iste'molchilari uchun amalga oshirilayotgan amaliy ishlar – "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida yoritildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida tabiiy gaz iste'molchilarga uzluksiz gaz yetkazib berish bo‘yicha xayrli ishlar davom etmoqda.
Bu haqida "Zo‘r TV" telekanalining "Bu kun" informatsion dasturida lavha yoritildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from Aktualno.uz
В Ташкенте потеплело не только на улице, но и в домах

#Потребитель

👉 https://aktualno.uz/ru/news/7873

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste'molchilar, gaz jihozlarining sozligiga e'tibor qaratishni unutmang!

Ushbu rolikda Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi iste'molchilarining gaz jihozlarida yuzaga kelgan muammolari bartaraf etildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"HUDUGAZ POYTAXT" GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

Kuni kecha
"NazoratUz" ijtimoiy telegram kanali orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quydagilarni ma'lum qiladi.

Ushbu murojaat "Chilonzortumangaz" bo'limi mas'ullari tomonidan Chilonzor tumani, Algoritm dahasi "Bek to‘pi" mahallasi, Diydor ko‘chasiga borgan holda o‘rganildi. Mahalla raisi va faollari ishtirokida xonadonlardagi mavjud gaz bosimi bilan tanishildi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, tumandagi Algoritm dahasi "Bek to‘pi" mahallasi, Diydor ko‘chasida hozir gaz bosimi bir me'yorda va uzluksiz yetkazib berilmoqda.
Holat bo‘yicha tuman gaz ta'minoti bo‘limi mahalla raisi guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG'BEK TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI

Mirzo Ulug'bek tumani A.Temur ko'chasidagi gaz quvurida, gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Shu sababli joriy yilning 22-yanvar kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tumanning Geofizika ko'chasidagi 2 ta ko'p qavatli uylardagi 90 ta aholi xonadonlarida hamda Geofizika, Soybo'yi, Tabassum, Matonat, Bunyodkorlik ko'chalari va Vatan ko'chasi 1-2-3-4-5-6-7-8, O'tar ko'chalaridagi jami 990 ta uy xo'jaliklarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali rasmiy munosabati

Bugun “
Ogoh.uz” telegram kanali orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ushbu murojaat yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" GTF masʼullari Olmazor tumani «Kalonova» mavzesida bo‘lib holat bilan tanishdi. Masʼullar mahalla raisi, inspektor va aholi bilan suhbat o‘tkazdilar. Natijada, hududda joylashgan 8 ta ko‘p qavatli uylarning tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida, mahallaga qo‘shimcha ravishda D-57mmli uzunligi 500 metrlik gaz quvuri tortish ishlari boshlab yuborildi.

Hozirda mahalladagi mavjud gaz taqsimlash punkti texnik taftishdan o‘tkazilib, gaz bosimi ko‘tarildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
TA'MIRLASH ISHLARI SABABLI YANGIHAYOT TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI

Toshkent shahri Yangihayot tumani "Xo‘ja Uchqun" MFYdan o‘tgan o‘rta bosim D-102mmli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari hamda Bektemir tumanidagi gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida gaz quvurini halqalash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli joriy yilning 24-yanvar kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar tumandagi Zafarabod, Istiqbol va Iltifot ko‘chalaridagi jami 313 ta uy xo'jaliklarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minotin qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi aholi xonadonlari  va ulgurji tashkilotlardagi maishiy gaz uskunalarini ta'mirlash xizmati xodimlari tomonidan 24 soatlik tezkor navbatchilik guruhlari tashkil etilgan.

🧭 Xodimlar iste'molchilardan kelib tushgan gaz jihozlari bilan bog'liq muammolarni tezkorlik bilan hal etmoqda.

📝 “Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti bo'limining ADX (avariya dispetcherlik xizmati)ga 10-yanvardan bugungi kunga qadar jami 305 ta murojaatlar kelib tushgan va ularning barchasi ADX tezkor guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganilib, bartaraf etilgan.

***

  В филиале газоснабжения "Янгихаёттумангаз"созданы круглосуточные аварийные дежурные группы в составе сотрудников службы ремонта бытового газового оборудования в домах жителей и оптовых организациях.

🧭  Сотрудники оперативно решают проблемы с газовым оборудованием потребителей, согласно поступающим заявкам.

📝 Всего с 10 января по сегодняшний день в АДС (аварийно-диспетчерская служба) ФГС «Янгихаёттумангаз» поступило 305 обращений, все они были изучены и решены оперативной группой АДС.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment

"Bektemirtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti o‘rnatilish ish jarayonlaridan lavha.

Natijada, Yangihayot tumani "Zafarobod" MFYdagi 313 ta aholi xonadonlarida va Bektemir tumanidagi "Musaffo", "Nurli yo‘l" MFYlardagi jami 1524 ta aholi xonadonlarida gaz bosimi yaxshilandi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
TA'MIRLASH ISHLARI SABABLI ERTAGA BEKTEMIR TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI

Bektemir tumani "Zabardas" MFY Parkent Trak ko‘chasida joylashgan yuqori bosim GTPni baypas qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli joriy yilning 25-yanvar kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar "Ustozlar", "Zabardas", "Nurli yo‘l" MFYlarda joylashgan 4 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 203 ta aholi xonadonlariga hamda 2 229 ta uy xo‘jaliklariga va hududdagi jami 73 ta ulgurji iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati