"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.81K subscribers
5.69K photos
1.13K videos
3 files
2.39K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Audio
Soʻnggi yillarda xalq bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqot olib borish, joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish “Hududgaz Poytaxt”gaz ta’minoti filiali faoliyatida asosiy mezonga aylandi. Aholidan tushayotgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti. Yunusobod tumani, “Hamkorobod” mahallasidan, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallasidagi iste’molchilarni bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 200 metr joydan o’rta bosimli D - 159 mm yer usti gaz quvuri o’tkazildi. Natijada, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallalaridagi 500 dan ortiq aholi xonadonlarida bir me’yorda tabiiy gaz kirib borishiga erishiladi.

📻 “Mahalla” radiosining “Yangiliklar” dasturida bu borada so’z yuritildi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Бугун, 27 январь куни эрталаб соат 9:00 дан бошлаб шаҳарлараро йўналишлар бўйлаб, шунингдек, аксарият ҳудудларда газ қуйиш шохобчалари ишлай бошлайди.

Айни дамда Тошкент, Фарғона, Андижон ва Наманган вилоятлари бундан мустасно бўлиб, ушбу ҳудудларда газ таъминотининг иш режимини тиклаш ишлари олиб борилмоқда.

Эртага эрталабдан бошлаб республикамиздаги барча газ қуйиш шохобчалари иш фаолиятини тиклаш режалаштирилмоқда.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Aholiga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida

📺 “O’zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida batafsil so’z yuritildi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
#bildirish
Ayni vaqtda Toshkent shahrining bir qator tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi.

Shu munosabat bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan bosimni tiklash va isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrib bosqichma - bosqich tabiiy gaz taʼminotini tiklash yoʻlida harakat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda aholi isteʼmolchilaridan tabiiy gazda ishlatadigan barcha jihozlarni oʻchirib qoʻyish va binolarda gaz hidi yoʻqligini tekshirishlarini iltimos qilamiz.

Zarurat tugʻilganda 1104 koll - markaziga yoki 104 dispetcherlik xizmatiga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда газ қазиб олиш ҳажмларини ошириш учун конларда машаққатли касбларига садоқат билан хизмат қилаётган нефть ва газ ходимларининг ўрни беқиёс.

Водий нефть ва газ қазиб чиқариш бошқармаси объектларида суратга олинган ушбу бир неча дақиқалик видеолавҳада мамлакатимиз бўйлаб нефть-газ соҳаси мутахассисларининг машаққатли меҳнати ҳақида сўзлаб беради.

—————

Путь к стабильным условиям в наших домах и рабочих местах лежит через месторождения, где с полной отдачей, круглосуточно работают нефтяники и газовики страны.

Благодаря их профессионализму и трудолюбию идет добыча природного газа, повышается отдача месторождений. Эти несколько минут видео, снятые на объектах Нефтегазодобывающее управление Долины, красноречиво говорят о сложной работе специалистов нефтегазовой сферы по всей стране.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Forwarded from MINENERGY.UZ
Магистрал газ қувурлари тармоғидаги газ ҳайдаш агрегатларининг ишга туширилаётгани ҳақида маълумот

27 январь куни соат 12:00 ҳолатга кўра “Ўзтрансгаз” АЖ тизими орқали табиий газ етказиб бериш ҳажми соатига 6 892 минг метр кубни ташкил этмоқда.

Шу жумладан олинаётган табиий газ ҳажми:
▪️газ қазиб олувчи корхоналардан соатига 5 403 минг метр куб (25 январь куни соат 10.00 ҳолатига нисбатан 98%);
▪️Газни ер остида сақлаш иншоотларидан соатига 850 минг метр кубни ташкил этмоқда.

Мамлакатимиз умумтизимида кузатилган электр энергияси узилишлари туфайли “Ўзтрансгаз” АЖ компрессор станцияларидаги иш фаолияти тўхтаб қолган газ ҳайдаш агрегатларининг барчасида иш фаолияти тўлиқ тикланди.

Ҳозирги пайтда Фарғона водийси вилоятларига табиий газ узатувчи “Оҳангарон” КСни ишга тушириш чоралари кўрилмоқда.

Амалдаги иссиқлик электр станцияларидан фақатгина Тахиатош ИЭС табиий газ билан тўлиқ таъминланмоқда. Навоий, Сирдарё, Таллимаржон, Тошкент ва Янги-Ангрен ИЭСларида ҳозиргача табиий газ билан таъминланганлик даражаси 50-80% ни ташкил этмоқда. Табиий газ етказиб бериш магистрал газ қувурларига кириб келаётган босим ҳажмига қараб орттириб бориляпти.

Ҳозирча Фарғона водийси вилоятларига табиий газ узатувчи магистрал газ қувурларида босимнинг етарли эмаслиги боис Тўрақўрғон ИЭСга табиий газ узатиш йўлга қўйилгани йўқ.

Электр станцияларига зарурий кўрсаткичларда табиий газни етказиб бериш мақсадида электр таъминоти узилиши чоғида ишдан тўхтатилган саноат корхоналарига табиий газ етказиб бериш ҳозирча йўлга қўйилмади. АГТКШларига эса навбати билан табиий газ узатила бошланган.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Hurmatli iste’molchilar!

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan barcha iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida, foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlar onlayn tizimiga o‘tkazildi.

Endi, gaz uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda “Apelsin”, “Paynet”, “Payme”, “Joyda”, “Oson”, “Upay”, “Ipoteka Mobile”, “Davr Mobile” kabi mobil to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, “Mikrokreditbank”, “Qishloqqurilishbank”, “Asakabank”, “Savdogarbank”, “Trastbank”, “Tenge Bank”, “Xalq banki”, “O’zsanoatqurilishbank”, “Ipotekabank” hamda “Davr bank” tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud.

“Hududgazta’minot” AJ iste’molchilar to‘lovni amalga oshirishda gaz ta’minoti tashkilotlariga borib, qimmatli vaqtlarini ketkazishga hojat yo‘qligini ma’lum qilib, yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishni tavsiya etadi.

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan bosimni tiklash va isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrib, bosqichma - bosqich tabiiy gaz taʼminotini tiklash yoʻlida harakat qilmoqda. Albatta, bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad - isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash, turli ovoragarchiliklarning oldini olish ekan, gaz ta'minoti filiali tomonidan har bir jarayonga o'z vaqtida mas'uliyat bilan yondashilmoqda.

📺 “Toshkent” telekanalining “Toshkent 24” dasturida bu borada so’z yuritildi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan bosimni tiklash va isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrib bosqichma - bosqich tabiiy gaz taʼminotini tiklash yoʻlida harakat qilmoqda. Albatta, bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad - isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash, turli ovoragarchiliklarning oldini olish ekan, gaz ta'minoti filiali tomonidan har bir jarayonga o'z vaqtida mas'uliyat bilan yondashilmoqda.

“Toshkent” telekanalining “Toshkent 24” dasturida bu borada so’z yuritildi.
GAZ TAQSIMLASH QURILMALARI QAYTA NAZORATDAN O’TKAZILMOQDA

Poytaxtimizdagi barcha gaz taqsimlash qurilmalari qayta nazoratdan o’tkazilmoqda. Aholi xonadonlariga bir maromda tabiiy gaz yetib borishini ta’minlash uchun filialning barcha tuman bo’limlaridagi xodimlar ishga safarbar etilgan. Mamlakatimizda kuzatilgan kommunal tizimidagi uzilishlar bizni yanada tejamkor bo’lishga undadi deyishimiz mumkin. Har bir sohaning o’ziga yarasha mashaqqati bor. Jumladan, kechayu - kunduz uhlamasdan o’z kasbiga sodiq xizmat qilgan barcha gaz tizimidagi xodimlarning mehnati cheksizdir.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
POYTAXTDA GAZ BOSIMI QAYTA TIKLANMOQDA

Hozirda poytaxtimizda bosqichma - bosqich tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanmoqda. Filialga qarashli barcha tuman boʻlimlarining xodimlari joylardagi gaz taqsimlash qurilmalariga biriktirilgan bo’lib, gaz bosimini bir me’yorga keltirishda o’z hissasini qo’shmoqda.

👉Batafsil

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati